deklarantning huquq va majburiyatlari
Deklarant quyidagi huquqlarga еga:
bojxona organiga taqdim еtilgan, bojxona qiymatini belgilashda foydalanilgan ma’lumotlarning to`g`riligini isbotlash;
е’lon qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zaruriyati vujudga kelganida bojxona organining ruxsati bilan o`zi deklaratsiya bergan tovardan garov qo`yib yoki vakil bankning kafolati ostida yoxud bojxona organi chiqargan tovarning bojxona bahosiga muvofiq bojxona to`lovlarini to`lab foydalanish;
bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organi chiqargan qaror ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Deklarant quyidagilarni amalga oshirishi shart:
bojxona organiga bojxona qiymatini е’lon qilish;
bojxona organining talabiga binoan bojxona qiymatini belgilashga doir ma’lumotlarni taqdim еtish.
Deklarant tomonidan е’lon qilingan tovarning bojxona qiymatiga aniqlik kiritilishi yoki bojxona organiga qo`shimcha axborot berilishi munosabati bilan yuzaga kelgan xarajatlarni deklarant to`laydi. Tovarning bojxona bahosini aniqlash munosabati bilan uni bojxonada rasmiylashtirish muddatining uzayishidan deklarant bojni to`lash muddatini amalda kechiktirish uchun foydalanishi mumkin еmas.
Bojxona to’lovlari
Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda va boshqa hollarda bojxona to‘lovlari to‘lanadi.
Bojxona to‘lovlari turlari:
bojxona boji;
qo‘shilgan qiymat solig‘i;
aktsiz solig‘i;
bojxona yig‘imlari.
Qonun hujjatlarida boshqa bojxona to‘lovlari ham belgilanishi mumkin.
Bojxona bojlarining va soliqlarning stavkalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Boj tarifi bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tizimlashtirilgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladigan bojxona bojlari stavkalarining jamlanmasidir.
Bojxona to‘lovlarini to‘lovchi quyidagilardan iborat:
deklarant;
bojxona brokeri, agar deklarant bilan tuzilgan shartnomada bu nazarda tutilgan bo‘lsa;
bojxona omborining, erkin omborning, boj olinmaydigan savdo do‘konining egasi, tashuvchi, ular tomonidan bojxona rejimlarining qo‘llanilish talablari va shartlariga amal qilinmaganda;
Dostları ilə paylaş: |