loyiha ishga tushadigan joylarini ajratilishi va shu sababli infratuzilmani rivojlantirish maqsadida qo’shimcha xarajatlarning kiritilishi;
davlat yoki mintaqaning iqtisodiy-ijtimoiy holatiga ta’siri.
Shu kabi xarakterga ega bo’lgan loyihalarni misol qiladigan bo’lsak, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Andijon - Osh - Irkeshtom - Qashqar avtomagistrali, gazni qayta ishlovchi zavodlar. Yirik loyihalarning o’ziga xos xususiyatlaridan quyidagi bir qator omillarni hisobga olish kerak bo’ladi:
loyihaning faoliyatini sifatli tekshirib turish maqsadida uni har xil bo’limlarga bo’lib o’rganish kerak;
loyiha amalga oshirilayotgan mintaqaning ijtimoiy - iqtisodiy holatini to’liq tahlildan o’tkazish shart bo’ladi;
loyihaning fazalarini mustaqil ravishda ishlab chiqish kerak bo’ladi;
rejani loyihalashtirish davomida doimiy yangilanishlarni tatbiq etib borish;
loyihaning fazalaridagi ehtimoliy yo’qotishlar va risklarni boshqarish uchun tezkor rejalarini ham rejalashtirish kerak bo’ladi;
yirik loyihalarni takrorlanmasligini hisobga olgan bo’lishi kerak.
Yuqoridagi omillarda ko’rsatilganidek, risklarni ko’pligi yirik loyihalarni amalga oshirishda bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Risklarni ko’p bo’lishiga asosiy sabablardan yana biri bu loyihaning ishtirokchilarining ko’pligidir. Shu o’rinda loyihaning ishtirokchilari haqida quyidagilarni ko’rsatib o’tish mumkin.