Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


AMALIY MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH BO’YICHA KO’RSATMA VA TAVSIYALAR



Yüklə 110 Kb.
səhifə13/15
tarix02.01.2022
ölçüsü110 Kb.
#40353
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
mahalliy o'sim sho'rlangan, dor o'sm yet 2019

AMALIY MASHG’ULOTLARNI TASHKIL ETISH BO’YICHA KO’RSATMA VA TAVSIYALAR

Amaliy mashg’ulotlar mavzuning xiliga qarab auditoriyada va dalada o’tkaziladi. O`zbekiston florasining sistematik va ekologik tarkibi hamda endem va relikt turlarga oid mavzular auditoriyada o’tkaziladi. Bunda amaliy mashg’ulotlarga oid kitob va qo’llanmalar, tarqatma materiallar, elektron ma’lumotlar, ma’ruza matnlari, jadvallardan va boshqa qo’shimcha materiallardan foydalaniladi.



Tavsiya etilayotgan amaliy mashg’ulotlarning mavzulari ro’yhati:


  1. Markaziy Osiyo o’simliklari qoplamiga oid asarlar bilan tanishish.

  2. Gipsli cho’lda tarqalgan o’simliklarning ichki va tashqi ko’rinishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  3. Galofil cho’lda tarqalgan o’simliklarning ichki va tashqi ko’rinishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  4. Psammofil (qumli) cho’lda tarqalgan o’simliklarning ichki va tashqi ko’rinishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  5. Quyi va yuqori adirda uchraydigan o’t o’simliklarning ichki va tashqi ko’rinishini, ko’payishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  6. Quyi tog’da tarqalgan daraxt va butalarning ichki va tashqi ko’rinishini, ko’payishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  7. Yuqori tog’da tarqalgan o’t o’simliklarning ichki va tashqi ko’rinishini, ko’payishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  8. O’zbekiston to’qayzorlarida keng tarqalgan assosiasiya va formasiyalar tarkibini tashkil qiluvchi o’simliklarning ichki va tashqi ko’rinishini, ko’payishini aks ettiruvchi jadval va gerbariy nusxalari bilan tanishish va ularning rasmlarini chizish.

  9. Efemer va efemeroid o’simliklarga umumiy tavsif berish, vakillari, Yer yuzida tarqalishi, ko’payishi va ahamiyati.

  10. Gipsofil, Galofil va Psammofil o’simliklarga umumiy tavsif berish, vakillari, Yer yuzida tarqalishi, ko’payishi va ahamiyati.

  11. Adir mintaqasida tarqalgan Chinniguldoshlar oilasining Zurcha turkumiga umumiy tavsif berish, turlari, Yer yuzida tarqalishi, ko’payishi va ahamiyati.

  12. Tog’ va yaylov mintaqalarida tarqalgan o’simliklar turkum va turlari. Yer yuzida tarqalishi, ko’payishi va ahamiyati.

  13. Markaziy Osiyoning foydali o’simliklari.

Ilova: fanning shchi dasturini shakillantirish jarayonida o’quv rejada ko’rsatilgan soatlarga mos holda tanlab o’qitiladi. Qo’shimcha va o’zgartirish kiritish mumkin.


Yüklə 110 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin