Ўзбекистон Республикаси Олий ва њрта махсус таълим вазирлиги


© I.Sh. Xujayarov, R.B. Kudratov. 2022



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə2/10
tarix02.10.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#64442
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
OT Mustaqil ta\'lim uchun uslubiy ko\'rsatma Sirtqi ta\'lim uchun 2022

© I.Sh. Xujayarov, R.B. Kudratov. 2022
© Muhammad al-Xorazmiy nomidagi
© TATU Samarqand filiali. 2022


MUNDARIJA

USLUBIY KO‘RSATMA 1
"OPERATSION TIZIMLAR" 12
HISOBOTI 12



Kirish
Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurishda, o‘quv-tarbiya jarayonining ahamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muxim urin egallaydi. Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, mustaqil ishlash deganda shunday o‘quv faoliyati tushuniladiki, unda bilimlar egallanishi bilan birga, ko‘nikmalar shakllantirish ham mustaqil tashkil etilishi ta’minlanadi.
Talabaning ushbu fan bo‘yicha mustaqil ishini bajarishdan asosiy maqsad - o‘qituvchining rahbarligi va nazorati ostida nazariy va laboratoriya mashg‘ulotlari doirasida hamda auditorya mashg‘ulotlaridan tashqari mavzuga oid materiallarni mustaqil ravishda chuqur o‘rganish, kelajakda zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
Ushbu uslubiy ko‘rsatmada talabalarning mustaqil ishlarini tashkillashtirish uchun zarur mavzular va ularni bajarish uchun tavsiyalar keltirilgan hamda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etilgan.
Uslubiy ko‘rsatma Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialida tahsil olayotgan barcha ta’lim yo‘nalishlari talabalari uchun mo‘ljallangan. Mazkur ko‘rsatmadan talabalar o‘z bilimlarini mustaqil oshirish maqsadida foydalanishlari tavsiya etiladi.
“Operatsion tizimlar” fani Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning qoshidagi filiallarda uzluksiz dastur tizimiga kiritilgan va ta’lim yo‘nalishlarining Malaka talablariga asoslanadi.
Ushbu fanni o‘qitish jarayonida talabalar zamonaviy kompyuterlar bilan ishlashni o‘rganish bilan birga, bevosita dasturiy vositalar ishlab chiqish, algoritmlardan foydalanish, amaliy masalalarni kompyuter yordamida hal qilish uchun amaliy dasturlar paketlaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantiradilar.
Mazkur uslubiy ko‘rsatmada talabaning mustaqil ta’lim ishini tashkillashtirishda quyidagi mezonlar asos qilib olingan:

  • Mustaqil ta’lim ishi bevosita “Operatsion tizimlar" fani bo‘yicha aniq topshiriqlardan iborat;

  • Mustaqil ta’lim ishi o‘qituvchi tomonidan doimiy ravishda nazorat qilinadi. Ushbu mezonlarning bajarilishini ta'minlash maqsadida talabalarni quyidagi

shart-sharoitlar bilan ta'minlash maqsadga muvofiq hisoblanadi:

  • Talaba tomonidan bajariladigan mustaqil ishning aniq bir uslubda bo‘lishini ta'minlash;

  • Zarur uslubiy axborot ta'minotining mavjudligi, masalan, o‘quv adabiyotlari, elektron darsliklar va boshqalar;

  • O‘z-o‘zini tekshirish va baholash uchun nazorat savollari (test materiallari, qizigarli masalalar) ning mavjudligi;

  • Texnik ta'minotning mavjudligi (kompyuter, chop qilish qurilmalari va h.k.);

  • Talabaga mustaqil ishni bajarishi uchun aniq vaqtning belgilanishi;

  • O‘qituvchilar tomonidan maslahatlarni tashkillashtirish;

  • Mustaqil ishlarni dolzarbligini ta'minlash;

  • Talabalar o‘rtasida olingan natijalar bo‘yicha uslubiy seminarlar tashkillashtirish;

  • Olingan natijalar bo‘yicha talabalarni rag‘banlashtirish - baholash.

Talaba mustaqil ta’lim ishini tashkil etishda quyidagi shakllardan foydalaniladi:

  1. Darslik, o‘quv-uslubiy majmua va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;

  2. Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  3. Maxsus adabiyotlar bo‘yicha fanlar bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;

  4. Yangi texnikalarni, apparaturalarni, jarayonlar va texnologiyalarini o‘rganish;

  5. Talabaning o‘quv-ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan fanlar bo‘limlari va mavzularni chuqur o‘rganish;

  6. Faol va muammoli o‘qitish uslubidan foydalaniladigan o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish;

  7. Masofaviy ta’lim platformalaridan foydalanish va boshqalar.

Shulardan kelib chiqqan holda talabalar ushbu kursni o‘rganishi mobaynida nafaqat nazariy va amaliy (laboratoriya) mashg‘ulotlarida, balki mustaqil holda ham ishlashlari ham zarur bo‘ladi, chunki ajratilgan soatlarning kamligi, bevosita mavjud bo'lgan dasturiy va texnikaviy vositalarni o'rganish zaruriyati va hozirgi kunda doimiy yangilanib borilayotgan adabiyotlar bilan tanishib borish muntazam ravishda shug‘ullanishni talab qiladi.

  1. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar “Operatsion tizimlar” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash va iqtisodiyotdagi amaliy masalalarni yechishda ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qituvchilari rahbarligida mustaqil ish bajaradilar. Talaba mustaqil ishni tayyorlashda mazkur fanning xususiyatlarini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanishi tavsiya etiladi:

  • Darslik, o‘quv-uslubiy majmua va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan mavzularini o‘rganish;

  • Tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruzalar qismini o‘zlashtirish;

  • Kompyuter texnologiyalari tizimlari bilan ishlash;

  • Dasturlash tillari (C++, C#, Python) bilan ishlash;

  • Linux operatsion tizimlarida ishlash;

  • Windows operatsion tizimida konsol ekrani (cmd) da ishlash;

  • Linux operatsion tizimida konsol ekrani (terminal) da ishlash;

  • Maxsus adabiyotlar bo‘yicha referat va ma’rnzalar tayyorlash;

  • Berilgan vazifalar bo‘yicha dasturlar tuzish;

  • Talabaning o‘quv, ilmiy tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘lik bo‘lgan adabiyotlar, monografiya va ilmiy to‘plamlarni chuqur o‘ganish;

  • Masofaviy (distansion) ta’limni tashkil etishda qatnashish.


Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin