Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


-§. Fond birjalari, ularning tuzilishi va vazifalari



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə111/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

4-§. Fond birjalari, ularning tuzilishi va vazifalari 
1
Мaзкур қoнунгa 27.12.1996 йил 357-1-сoн қoнун, 26.12.1997 йил 549-1-сoн қoнун, 29.08.1998 йил 681-1-сoн 
қoнун, 20.08.1999 йил 832-1-сoн қoнун, 15.12.2000 йил 175-11-сoн қoнунлaри билaн ўзгaртириш вa қўшимчaлaр 
киритилгaн.
2
И.A.Кaримoв «Ўзбeкистoн ХХI aср бўсaғaсидa: xaвфсизликкa тaҳдид, бaрқaрoрлик шaртлaри вa тaрaққиѐт 
кaфoлaтлaри». Т.,Ўзбeкистoн., 1997., 199-200-б. 
2
Кaрaтуев A.Г. Ценные бумаги: види и разновидности. Учебное пособие. – М.: Русская деловая летература, 
1998.-11-б. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Fond birjasi - qimmatli qog`ozlar bozori infratuzilmasining muhim 
qismlaridan biri hisoblanib, u o`zaro ulgurji amallar qilish maqsadida 
qimmatli qog`ozlar bozorining professional qatnashchilari tomonidan 
tashkil etilgan andozalarga muvofiq moliyaviy aktivlar bilan savdo-sotiq 
qilish uchun uyushtirilgan bozor bo`lib, uning faoliyati qimmatli 
qog`ozlarning bir maromda muomalada bo`lishining zarur shart-
sharoitlarini taminlashga, ularning bozor baholarini (qimmatli qog`ozlar 
talab va taklifi o`rtasidagi muvozanatni aks ettiruvchi narxlarni) belgilash 
va ularga doir malumotlarni keragicha tar-qatishga, qimmatli qog`ozlar 
bozori qatnashchilarining kasb mahoratini yuqori darajada bo`lishini 
qo`llab-quvvat-lashga qaratiladi.
Fond birjalarining vazifalari quyidagilardan ibo-rat: 
-qimmatli qog`ozlarning birlamchi va keyingi sotilishi uchun 
markazlashtirilgan hudud yaratish; 
-qimmatli qog`ozlarning bozor bahosini aniqlash; 
-vaqtincha bo`sh turgan pul mablag`larini jamg`arib, uni qayta 
taqsimlash; 
-birja savdolarini ochiqligi va uning natijalarini oshkoraligini 
taminlash; 
-birja savdosi bilan bog`liq vujudga kelgan nizolarni xolis shaxslar 
tomonidan ko`rib chiqilishi; 
-birjada tuzilgan bitimlarning ijrosini kafolatlash; 
-birja savdolarini uning qatnashchilari tomonidan qatiy o`rnatilgan 
tartib qoidalarga asosan o`tkazish va h.k. 
«qimmatli qog`ozlar va fond birjasi to`g`risida»gi qonunning 22-
moddasida fond birjasining huquqlari keltirilgan bo`lib, unga asosan fond 
birjasi: 
investitsiya muassasalarining birja azoligiga kirishida ularga 
qo`yiladigan eng kam majburiy talablarni belgilash; 
birja 
oldi-sotdilarida 
birja 
azolari 
vakillarining 
malakasiga 
qo`yiladigan talablarni belgilash; 
birja yig`ilishlarini chaqirish va o`tkazish; 
ekspert, 
malaka 
va 
baholash 
komissiyalari, 
maslahat 
va 
malumotnoma beruvchi sho`balar hamda ularning ishlashi uchun kerakli 
boshqa muassasalar, shuningdek qimmatli qog`ozlar muomalasini amalga 
oshirishdagi nizolarni hal qiladigan komissiyalar tasis etish; 
o`z nizomiga muvofiq birja azolari to`laydigan kirish va joriy 
badallarni undirib olish, bitimlarni ro`yxatga olganlik, texnik xizmat 
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko`rsatganlik uchun doimiy va bir galgi mijozlardan birjada bo`lganlik 
uchun haq undirib olish, shuningdek birja nizomini, birja yig`ilishlari 
qoidalarini 
buzganlik, 
ro`yxatdan 
o`tkazish 
yig`imini 
vaq-tida 
to`lamaganlik uchun jarima va penyalar undirib olish; 
birja bukletlari, malumotnomalari, to`plamlarini chop etish; 
nazorat qiluvchi organlarning qonunga xilof xatti-harakatlari ustidan 
sud tartibida shikoyat qilishga haq-lidir. 
Fond birjasi birja savdolari vaqtida bitimlar tuzish, tuzilgan bitimlar 
bo`yicha solishtirish va hisob-ki-toblar tartibini mustaqil ravishda ishlab 
chiqadi va tas-diqlaydi. Fond birjalari va fond bo`limlari o`z Nizomi 
(boshqa turdagi birjalarning fond bo`limi to`g`risidagi nizom), qimmatli 
qog`ozlarga doir bitimlarning amalga oshirishning ichki qoidalari asosida 
ish yuritadi. 
Fond birjasida qimmatli qog`ozlarning quyidagi tur-lari, chunonchi 
aksiya, Obligatsiya, davlat xazina majburiyatlari, jamg`arish va depozit 
sertifikatlari, veksellar, opsionlar, fyucherslar va boshqalar muomalada 
bo`lishi mumkin. Fond birjasi haqida gap ketar ekan, mazkur tashkilot 
alohida uyushgan ishtirokchilar bozori bo`lib, unda eng yuqori sifatli 
qimmatli 
qog`ozlar 
muomalada 
bo`lishini 
takidlash 
o`rinlidir. 
Operasiyalarni asosan qimmatli qog`ozlar bozorining ishtirokchilari 
bajaradi. Fond birjasining boshqa bozorlardan farqlab turadigan belgilari 
mavjud bo`lib, bular asosan, savdo o`tkazilishining muayyan vaqti va joyi, 
ishtirokchilarning muayyan doirasi, savdo sotiqning muayyan qoidalari va 
ishtirokchilarning ushbu qoidalarga qatiy amal qilishi, savdo sotiqning 
tegishli lisenziyaga ega bo`lgan muayyan muassasa tomonidan tashkil 
etilishi bilan xarakterlanadi.
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda qim-matli qog`ozlar 
muomalasini tashkil etish borasida fond birjalarining roli juda katta 
bo`lsada, fond boyliklari oldi-sotdisida birja va birja mexanizmlarining 
ahamiyati muntazam ravishda pasayib bormoqda. Aslini olganda, 
aloqaning yuqori samarador vositalari mavjud bo`lganda, birja unchalik 
zarur ham emas.
1
G`arb mam-lakatlarida fond birjalari moliyaviy aktivlar 
savdo-sotig`i amalga oshiriladigan tashkilot sifatida o`z mav-qeini 
yo`qotib bormoqda. Borgan sari hisob-kitob va fond boyliklarini savdo 
1
қиммaтли қoғoзлaр: Aксиядoр вa тaдбиркoрнинг маълумот бeрувчи қўллaнмaси / Тузувчилaр: СЌ.Р./aфурoв, 
Д.И.Шaулoв, У.Т.Кaн; Тaҳрир кeнгaши: Б.A.Хўжaев вa бoшқ.- Тўлдирилгaн вa қaйтa ишлaнгaн 4-нaшри.-Т.: 
«Иқтисoдиѐт вa ҳуқуқ дунѐси» нaшриѐт уйи, 2000 й. 93-бeт. («Буxгaлтeр кутубxoнaси» туркуми. 3-чиқaрилиш). 
Ринок ценныx бумаг: Учебник. Под ред. В.A.Гaлaнoвa, A.И.Бaсoвa. -М.:- Финанси и статистика, 1996.-139-б. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilish markazlariga aylanib borayotgan tijorat va investitsiya banklari fond 
birjalarining asosiy raqiblari bo`lib maydonga chiqmoqda. 
Fond birjasi O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan 
so`ng bozor infratuzilmasi sifatida «Toshkent» tovar xom ashyo 
birjasining fond bo`limi sifatida 1991 yilda vujudga keldi. Keyinchalik 
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 21-yanvardagi 
Farmoniga asosan u alohida mustaqil «Toshkent» Respublika fond 
birjasiga aylantirildi. 1994 yil 8-apreliga kelib, «Toshkent» Respublika 
fond birjasi yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati shaklida davlat ro`yxatidan 
o`tkazilib, 1997 yil 20-oktabrda birjaning aksiyadorlarining umumiy 
yig`ilish qaroriga asosan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatiga 
aylantirilgan. Hozirgi vaqtda mazkur fond birjasida amalga oshiriladigan 
savdo va hisob-kitoblar tizimi elektron hisoblash mashinalari bazasidagi 
kompyuter tarmog`i negizida avtomatlashtirilgan bo`lib, u birja, 
depozitariya filiallari va shahar mintaqaviy brokerlik idoralarini yagona 
majmuasi bilan aloqani ushlab turish imkonini beradigan axborot-
hisoblash tizimini tashkil etadi. Butun tarmoq markaziy kompyuterga 
ulangan bo`lib, ushbu tarmoqqa turli joylardan keladigan barcha axborotlar 
jamlanadi. Investorlar va manfaatdor shaxslar narxlar kotirovkasi 
to`g`risidagi malumotlarni axborot tochkalari va birja axborot bulletenlari 
yordamida olish imkoniyatlariga egadirlar. Fond birjasida umumiy va 
maxsus xizmatlardan tashqari malaka komissiyasi, ekspert-kotirovkalash 
komissiyasi va nizo komissiyasi faoliyat ko`rsatadi. 2-son ilovada 
«Toshkent» Respublika fond birjasining tashkiliy tuzilmasi to`g`risidagi 
sxyemani keltiramiz.
O`zbekiston 
Respublikasining «Birjalar va birja faoliyati 
to`g`risida»gi qonunining 11-moddasiga asosan, birjalar qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan har qanday tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin 
bo`lib, uning ustav fondi ro`yxatga olingan sanadagi holatga ko`ra, eng 
kam ish haqining o`n ming baravari miqdoridan kam bo`lmasligi kerak. 
Fond birjalari tashkiliy-huquqiy tuzilishi bo`yicha jahon miqyosida 
qaraydigan bo`lsak, unda turli xilda tuzilgan birjalarni uchratishimiz 
mumkin. Xususan, fond birjalari AqSh, Yaponiya, Kanada davlatlarida 
notijorat korxonalari shaklida tuzilgan bo`lsa, Buyuk Britaniya, Avstraliya 
davlatlarining fond birjalari masuliyati cheklangan jamiyatlar shaklida 
tuzilgan. 
1
1
Миркин Я.М. Ценные бумаги и фондовий ринок. М.:Пeрспeктивa. 1994 г., б.418-422 . 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Birjadan tashqari bozor deganda, fond birjasini chetlab o`tib 
qimmatli qog`ozlar bilan savdo qilish tushuniladi. Qimmatli qog`ozlar 
bilan fond birjasida hamma vaqt va har doim muomalalar qatiy tarzda 
o`rnatilgan tartib-qoidalar asosida bozorning ishtirokchilari orasidan 
tanlanadigan birja vositachilari o`rtasida o`tkazilsa, birjadan tashqari bozor 
aloqa va kompyuter tizimlariga asoslanib o`tkaziladi va bunda bitimlar 
oldindan belgilab qo`yilgan joyda tuzilishi shart bo`lib hisoblanmaydi. 
Birjadan tashqari bozor fond birjasiga o`xshab uyushgan ham bo`lishi 
mumkin, ammo ko`pincha bunday bozorlar uyushmagan tarzda mavjud 
bo`ladi. Qimmatli qog`ozlarning birjadan tashqari bozori bilan bir qatorda 
qimmatli qog`ozlarning yana bir savdo-sotiq amalga oshiriladigan bozori 
borki, u fanda «ko`cha» bozorlari sifatida etirof etiladi. Qimmatli 
qog`ozlarning birjadan tashqari va «ko`cha» bozorlari bir xil toifadagi 
bozorlar hisob-lanmaydi. Birjadan tashqari bozor uyushgan va 
uyushmagan tarzda mavjud bo`lishi mumkin bo`lib, unda mayda ulgurji 
savdolari o`tkazilsa, «ko`cha» bozori uchun uyushmaganlik xususiyati 
xosdir. Birjadan tashqari bozorda fond birjalarida kotirovkada qo`yilmagan 
qimmatli qog`ozlar kiritiladi va ularning savdosi amalga oshiriladi. 
Bunday qimmatli qog`ozlar yetarlicha daromadga ega bo`lmagan, ularning 
emitentlari zaif moliyaviy barqarorlikka ega bo`lgan qimmatli qog`ozlar 
bo`lib hisoblanadi. Birjadan tashqari bozorda qimmatli qog`ozlarni 
muomalasi bilan fond do`konlari shug`ullanadi.
Fond do`konlari qimmatli qog`ozlarni jismoniy shaxs-lar uchun 
birjadan tashqari kichik ulgurji va chakana sav-dolarni amalga oshiruvchi 
investision institutlarning tarkibiy bo`linmasi hisoblanadi. Fond do`konlari 
investision vositachilar, investision va boshqaruv kompaniyalari 
tomonidan tashkil etilishi mumkin. 
Fond birjalari tomonidan qimmatli qog`ozlar bozorini tashkil etish 
bilan bog`liq talablarning kun sayin yuqorilab murakkablashib borishi fond 
birjalari atrofida talablari pasaytirilgan bozorlarning paydo bo`lishiga 
zarurat tug`diradi.
Bu holat hozirgi paytda G`arb mamlakatlari bozoriga xos hodisa 
sifatida ko`z o`ngimizda namoyon bo`lmoqda. Jumladan, Londondagi 
«Kotirovka qilinmaydigan qimmatli qo-g`ozlar bozori», Parijdagi 
«Ikkinchi bozor», Amsterdam-dagi «Parallel bozor»lar aynan shular 
jumlasidandir. 
Fond birjalarining azolari to`g`risida so`z ketar ekan, aytish joizki, 
qimmatli qog`ozlarni xarid qilish yoki sotishni xohlovchilarning 
hammasiga ham fond birjasiga kirish uchun ruxsat berilmaydi. Unda 
www.ziyouz.com kutubxonasi


faqatgina birjaning azolarigina ishtirok etishlari mumkin. Har bir fond 
birjasi, odatda, birja azoligiga kirish, azolikni to`x-tatish, birja azoligidan 
mahrum etish tartibini, birja azolarining huquq va majburiyatlarini belgilab 
beruvchi birja azolari haqida nizomga ega. Fond birjasiga ushbu birjadan 
brokerlik joyini sotib olgan yuridik va jismoniy shaxslar azo bo`lishi 
mumkin. Birjaga shuningdek, istalgan tashkiliy-huquqiy shakldagi 
muassasalar azo bo`la oladi. Ayni paytda davlat hokimiyati va bosh-
qaruvi, prokuratura, sud idoralari, ularning mansabdor shaxslari hamda 
mutaxassislari fond birjasiga azo bo`la olishmaydi. 
Fond birjasi azolarining miqdorini birjaning boshqaruv organlari 
belgilaydi. Chet mamlakatlar amaliyotiga etibor beradigan bo`lsak, fond 
birjalari azoligiga malum cheklovlar o`rnatilganligini ko`rishimiz mumkin. 
Ayrim mamlakatlarda, jumladan AqShda jismoniy shaxs-larni azo sifatida 
ishtirok etishda ustunlik berilsa, Yaponiya va Kanada singari 
mamlakatlarda yuridik shaxs-larning o`rni yuqoriligini kuzatish mumkin. 
Uchinchi bir mamlakatlarda birja azoligiga jismoniy va yuridik shaxslar 
bir xilda ishtirok etish imkoni beriladi. 
Bundan tashqari, ko`pgina chet el mamlakatlarida birjalar faoliyatiga 
ajnabiy fuqarolar va yuridik shaxslar ishtirok etishiga ruxsat etilgan bir 
vaqtda, ayrim mamlakatlarda jumladan, Kanada va Fransiyada ajnabiy 
shaxslarning birjaga azo bo`lishligi yoki ularni ustav fondidagi ishtiroki 
cheklanadi.
1
Bizning mamlakatimiz qo-nunchiligida bu masalada biron bir 
cheklashlar kuzatilmaydi. 
«Toshkent» Respublika fond birjasining azolari quyidagi huquqlarga 
ega: 
Qimmatli 
qog`ozlar 
bozorining 
mutaxassisi 
malaka 
shahodatnomasiga ega bo`lgan va birjani o`zining malaka komissiyasidan 
savdolarda ishtirok etish uchun ruxsat olgan o`z vakillarini birjada 
brokerlar sifatida akkreditlash; 
brokerlik faoliyatiga taalluqli bo`lgan masalalarni hal etishda 
«Toshkent» RFBning azolari to`g`risidagi nizomda ko`zda tutilgan tartibda 
ishtirok etish; 
birjaning xizmatlaridan amaldagi qonunchilik va birja hujjatlari bilan 
belgilangan chegaralarda foydalanish
birja 
boshqaruviga 
birjaning 
faoliyatini 
takomillashtirish 
masalalariga doir takliflar kiritish; 
brokerlik joyini ijaraga berish; 
1
Ринок йенныx бумаг: Учебник. Род ред.В.A.Гaлaнoвa, A.И.Бaсoвa.-М.:- Финанси и статистика,1996.-б.134 
www.ziyouz.com kutubxonasi


brokerlik joyini birja tomonidan belgilangan tartibda sotish. 
Birjaning vaqtinchalik azolari ham uning to`la hu-quqli azosiga 
beriladigan huquqlarga ega, faqat broker-lik joyini sotish va ikkilamchi 
ijaraga berish huquq-lari bunga kirmaydi. 
Fond birjasining azolari quyidagi majburiyatlarga ega: 
O`zbekiston Respublikasi qonunchiligi va umuman qim-matli 
qog`ozlar bozori to`g`risidagi boshqa meyoriy huj-jatlarga, xususan, fond 
birjasining ichki hujjatlariga, uni boshqarish organlarining qarorlariga 
rioya qilish; 
muntazam azolik badallarini o`z vaqtida to`lash; 
tijorat sirlarini saqlash va o`z mijozlari, kontragentlar va birja 
haqidagi maxfiy axborotni oshkor etmaslik; 
ishdagi odob-axloq meyorlariga rioya etish; 
birjaga o`zining yuridik manzili yoki turar joyi o`zgarganligi haqida 
o`z vaqtida xabar berish va boshqalar. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin