Jinoyat lisenziya olinishi lozim bo`lgan faoliyat bilan maxsus
ruxsatnoma olmasdan shug`ullanishda ifodalanadi, yani bu jinoyat formal
tarkibli hisoblanadi.
O`zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Plenumining "Savdo sohasidagi
jinoyatlarga oid ishlar bo`yicha sud amaliyoti to`g`risida"gi qarorida
"amaldagi
qonunlarga muvofiq, savdo faoliyatining ayrim turlari bilan
shug`ullanish uchun maxsus ruhsatnoma (lisenziya) talab qilinadi. Bunday
ruxsatnomaning yo`qligi, aybdor muqaddam shunday harakatlar uchun bir
yil mobaynida Mamuriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 176-moddasi
bilan mamuriy javobgarlikka tortilgan bo`lsa, Jinoyat kodeksining 190-
moddasi bo`yicha javobgarlikni yuzaga keltiradi. Agar bunda aybdorning
savdo faoliyatini faqat ruxsatnoma (lisenziya)siz amalga oshiribgina
qolmay, balki ro`yxatdan o`tishdan ham bo`yin tovlaganligi aniqlansa
uning harakatlari Jinoyat kodeksining 188 va 190-moddalari bilan
jinoyatlar jami bo`yicha kvalifikasiya qilinmog`i lozim" deb tushuntiriladi.
Ushbu modda mamuriy preyudisiyaga ega.
Shuning uchun
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasining 1-qismi
bo`yicha jinoiy javobgarlik lisenziya olinishi shart bo`lgan faoliyat bilan
maxsus ruxsatnoma olmasdan shug`ullangan shaxsga nisbatan mamuriy
jazo choralari qo`llanilganidan keyin sodir etilgan hollardagina yuzaga
keladi. Faoliyat bilan lisenziyasiz shug`ullanish jinoyati qasddan sodir
etiladi.
Jinoyatning motiv va maqsadi har xil bo`lishi mumkin, ammo ular
qilmishning kvalifikasiyasiga tasir ko`rsatmaydi.
Mazkur jinoyat bo`yicha 16 yoshga to`lgan
har qanday shaxs
javobgarlikka tortilishi mumkin.
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 190-moddasi 1-
qismiga ko`ra, shaxs lisenziya olishi shart bo`lgan faoliyat bilan
ruxsatnoma olmasdan shug`ullanish, shunday harakatlar uchun mamuriy
jazo qo`llanilganidan keyin sodir etgan bo`lsa, eng kam oylik ish haqining
yigirma besh baravaridan yetmish besh baravarigacha miqdorda jarima
yoki besh yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoxud uch yilgacha
muddatga ahloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Ushbu qilmishni xavfli residivist yoxud bir guruh shaxslar tomonidan
oldindan til biriktirib sodir etishi faoliyat bilan lisenziyasiz shug`ullanish
uchun javobgarlikni og`irlashtiruvchi holat hisoblanadi. Unga ko`ra shaxs
Jinoyat kodeksining 190-moddasining 2-qismiga ko`ra eng kam oylik ish
haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima
yoki olti oygacha qamoq bilan jazolanadi. Mazkur
jinoyatni kvalifikasiya
www.ziyouz.com kutubxonasi
qi-lishda faoliyat bilan lisenziyasiz shug`ullangan shaxs soliqlarni
to`lashdan ham bo`yin tovlagan bo`lsa, uning harakatlari O`zbekiston
Respublikasi Jinoyat kodeksining 190 va 184-moddalarida nazarda
tutilgan jinoyatlarni tashkil qilib jinoyatlar jami tariqasida jazo tayinlanadi.
Dostları ilə paylaş: