Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

 
bo`yin tovlash
 
– bu amaldagi normativ-
huquqiy hujjatlarga muvofiq, vakillik organiga faoliyatini ro`yxatdan 
o`tkazish yoki uni tiklash yoxud o`zgartirishni so`rab murojaat etishga 
majbur bo`lsa-da, lekin qasddan buni bajarmaydi, yoinki bila turib 
o`zining murojaatini ko`rib chiqishni imkonsiz qilib qo`yadi. 
O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq, 
tadbirkorlik doirasida amalga oshirilayotgan savdo yoki vositachilik 
faoliyati majburiy davlat ro`yxatidan o`tkazilishi lozim. Qonun fuqarolik 
huquqiy xususiyatga ega bo`lgan bir marotabali bitimlarni tuzish uchun 
tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tishni talab qilmaydi. Mehnat 
1
Ушбу xулoсa Ўзбeкистoн Рeспубликaси Aдлия вaзирлиги тoмoнидaн 2004 йил 5 oктaбрдa 1416-сoн билaн 
рўйxaтгa oлингaн “Ўзбeкистoн Рeспубликaсидa чeт eллик юридик шaxслaрни дaрoмaд (фoйдa)лaрини сoлиққa 
сoлиш тaртиби тўғрисидa”ги Йўриқнома (янги тaҳрири)нинг тaҳлилидaн кeлиб чиқaди. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


bitimiga (kontrakt) muvofiq, majburiyatlarni bajarish savdo yoki 
vositachilik faoliyati hisoblanmaydi. Qonunchilik yoki huquqiy ananalarga 
muvofiq, kasbiy (xususiy) amaliyotning bazi bir turlari maxsus ro`yxatdan 
o`tishni talab qilmaydigan deb tan olinadi. Masalan, xususiy amaliyotga 
ega notarius, advokat va hokazolardan qo`shimcha ro`yxatdan o`tish talab 
qilinmaydi. Shu bilan birga, bazi tovarlar, ishlar va xizmatlarga nisbatan 
(masalan, talim bo`yicha, tibbiyot bo`yicha xizmatlar) amalga 
oshiriladigan savdo yoki vositachilik faoliyati ro`yxatdan o`tkazilishi shart. 
O`z mazmuni bo`yicha g`ayriqonuniy bo`lgan faoliyat, masalan, 
fohishalik, narkotik moddalar savdosi ro`yxatga olinmaydi va savdo yoki 
vositachilik faoliyati hisoblanmaydi. Ularning amalga oshirilganligi uchun 
Jinoyat kodeksida boshqa moddalar bo`yicha javobgarlik nazarda tutilgan. 
Savdo va vositachilik faoliyati bilan shug`ullanadigan shaxslarni 
qonunchilikka muvofiq ro`yxatga olishga vakolatli organ hamda sud 
ro`yxatga olinganlikni to`xtatib qo`yishi yoki umuman bekor qilishi 
mumkin. Bunday holatlarda savdo yoki vositachilik faoliyatini davom 
ettirish g`ayriqonuniy savdo yoki vositachilik faoliyatini amalga oshirish 
deb topilishi lozim. Ro`yxatga olingan shaxs uchun yoxud savdo va 
vositachilik faoliyatlaridan boshqa faoliyat turlarini amalga oshirish uchun 
ro`yxatdan o`tib, savdo yoki boshqa vositachilik faoliyatini amalga 
oshirayotgan shaxslarning harakatlarini JK 188-moddasi bo`yicha 
kvalifikasiya qilish lozim. 
Qonunga xilof ravishda savdo yoki vositachilik faoliyati bilan 
shug`ullanish
deganda, nazorat qilinmaydigan foyda (daromad) olish 
maqsadida qonunda belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tmasdan shunday 
faoliyatni amalga oshirish tushuniladi. Shuningdek, O`zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6 maydagi 154-sonli 
«Jismoniy shaxslar tomonidan O`zbekiston Respublikasi hududiga tovarlar 
olib kelinishini tartibga solish to`g`risida»gi qaroriga ko`ra 2002 yil 1 
iyundan boshlab tijorat faoliyati uchun mo`ljallangan tovarlarni olib 
keluvchi jismoniy shaxslar uchun ularni yuridik shaxs tashkil etmasdan 
eksport-import operasiyalarini amalga oshirish, ulgurji va chakana savdo 
qilish huquqi bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan 
tartibda majburiy ro`yxatdan o`tkazish va mazkur qarorning 1-bandiga 
muvofiq, yuridik shaxs tashkil etmasdan eksport-import operasiyalarini 
amalga oshirish, ulgurji va chakana savdo qilish huquqi bilan yakka 
tartibdagi tadbirkorlar sifatida belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tkazilgan 
jismoniy shaxslar tomonidan olib kelingan tovarlarni sotish tovarlarning 
O`zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganligini va bojxona 
www.ziyouz.com kutubxonasi


to`lovlari to`langanligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo`lgan taqdirda 
amalga oshirish mumkinligi belgilab qo`yilgan. 
Ro`yxatdan o`tishdan bo`yin tovlash
– subyektning ro`yxatdan o`tish 
to`g`risidagi murojaatini ko`rib chiqishni imkonsiz qilib qo`yadigan 
harakatlarni amalga oshirishida ifodalanishi mumkin. Bu subyekt shunday 
harakatlarni amalga oshiradiki, natijada murojaatni ko`rib chiqish mumkin 
bo`lmay qoladi.
Murojaatni ko`rib chiqishning imkonsizligi
deganda, kelib tushgan 
ariza bo`yicha vakolatli organning tegishli qarorni qabul qila 
olmaganligiga sabab bo`lgan obyektiv mavjud vaziyatni tushunish lozim. 
Ko`rib chiqishning imkonsizligi murojaatni yo`qotish, unda noto`g`ri 
malumotlar berish, belgilangan davlat bojini to`lamaslik, murojaatni 
tushunish qiyin bo`lgan shaklda bayon etish va hokazo harakatlar bo`lishi 
mumkin. Shuni nazarda tutish lozimki, murojaatni ko`rib chiqishning 
imkonsizligi faqat aybdor ongida mavjudligi bilan emas, balki obyektiv 
holatlar bilan ham tavsiflangan bo`lishi lozim.
Ro`yxatdan o`tishdan bo`yin tovlash aybdor savdo yoki vositachilik 
faoliyatini amalga oshirishni boshlagan paytdan 
tugallangan
hisoblanadi. 
Shu bilan birga, qilmish mamuriy jazo qo`llanilganidan keyin ancha 
miqdorda sodir etilsa, jinoiy jazolanishi taqazo etiladi. Bunda shuni qayd 
etish lozimki, miqdorni subyekt ro`yxatdan o`tmasdan savdo yoki 
vositachilik faoliyati natijasida olgan foydaning haqiqiy summasiga asosan 
belgilash zarur, biroq bunda uning mazkur faoliyatni amalga oshirishida 
qilgan xarajatlarini ham hisobga olish lozim. 
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 188-moddasi 1-
qismiga ko`ra, aybdor mamuriy jazo qo`llanilganidan keyin ham 
yuqoridagi qilmishni sodir etsa, mazkur moddaning ko`rib chiqilayotgan 
qismi bo`yicha jinoiy javobgar bo`ladi. Mazkur jinoyat aybning qasd 
shakli bilan sodir etiladi. Jinoyatni sodir etish maqsadi nazorat 
qilinmaydigan foyda (daromad) olish jinoyatining zaruriy belgisi 
hisoblanadi. 
Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda 
shug`ullangan, 16 yoshga to`lgan har qanday shaxs javobgarlikka tortilishi 
mumkin. Mazkur jinoyat subyektining maxsus belgisi – u savdo yoki 
vositachilik faoliyatini amalga oshiruvchi shaxsligidir. Tegishli tartibda 
ro`yxatdan o`tmasdan ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshirayotgan 
shaxsning harakatlarini sharhlanayotgan modda bo`yicha kvalifikasiya 
qilish mumkin emas. Bunday holatda shaxs harakatlari tegishli belgilar 
mavjud bo`lganda boshqa moddalar bo`yicha kvalifikasiya qilinishi shart. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


O`zbekiston Respublikasi JKning 188-moddasi 1-qismiga ko`ra, 
nazorat qilinmaydigan ancha miqdorda foyda (daromad) olish maqsadida 
belgilangan tartibda ro`yxatdan o`tishdan bo`yin tovlab, savdo yoki 
vositachilik faoliyati bilan shug`ullanish, shunday harakatlar uchun 
mamuriy jazo qo`llanilganidan keyin sodir etilgan bo`lsa, uch yilgacha 
muayyan huquqdan mahrum qilib, eng kam oylik ish haqining bir yuz ellik 
baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yilgacha ahloq tuzatish ishlari 
bilan jazolanadi. 
Savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda 
ro`yxatdan o`tishning belgilangan tartibini buzgan holda shug`ullanish, 
xavfli residivist tomonidan, ko`p miqdorda yoki bir guruh shaxslar 
tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan bo`lsa aybdor JK 188-
moddasi 2-qismi bilan javobgar qilinadi. Unga ko`ra shaxs uch yilgacha 
muayyan huqukdan mahrum qilinib, eng kam oylik ish haqining bir yuz 
ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki olti oygacha 
qamoq bilan jazolanadi. 
Mazkur moddaning 3-qismida juda ko`p miqdorda yoki uyushgan 
guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko`zlab sodir etilgan savdo yoki 
vositachilik faoliyati bilan shug`ullanganlik uchun javobgarlik nazarda 
tutilgan. Bunday jinoyat uchun aybdor uch yilgacha muddatga muayyan 
huquqdan mahrum qilinib, eng kam oylik ish haqining uch yuz 
baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki besh yilgacha 
ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. 
Shaxs savdo yoki vositachilik faoliyati bilan qonunga xilof ravishda 
shug`ullana turib, xaridorlar yoki buyurtmachilarni aldasa, uning 
qilmishlari O`zbekiston Respublikasi JK 187, 188-moddalari bo`yicha 
jinoyatlar jami tariqasida javobgar qilinadi.

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin