tasis
hujjatlarining notarial tasdiqlangan ikki asl nusxasi
(davlat korxonalari
negizida tashkil etilgan aksiyadorlik jamiyatlarini ro`yxatdan o`tkazish
uchun notarial tasdiqlagan tasis hujjatlari talab etilmaydi),
xo`jalik
yurituvchi subyektning pochta manzilini tasdiqlovchi hujjat
(fermer,
dehqon xo`jaliklari davlat korxonalari negizida tashkil etiladigan
aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno),
davlat bojining yoki
ro`yxatdan o`tkazish yig`imining belgilangan miqdori to`langanligi
to`g`risidagi
bank to`lov hujjati
(dehqon xo`jaliklari, davlat korxonalari
negizida tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno
),
belgilangan tartibda shaxsga (tuman) hokimlikning vakolatli
organlari tomonidan berilgan firma nomi to`g`risidagi guvohnoma,
muhr va shtamp eskizlari 3 nusxada
ilova qilinadi.
Yuqorida qayd etilgan hujjatlarga qo`shimcha bozorlarni davlat
ro`yxatidan o`tkazish uchun uni tashkil etishga shahar tuman hokimligi
roziligi yoki qarori talab etiladi.
Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatining subyekti
hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorni davlat ro`yxatidan o`tkazish
xo`jalik huquqining boshqa subyektlarini ro`yxatga olishlikdan farq qiladi.
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»gi
qonunning 11-moddasida tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat
ro`yxatidan o`tkazishning umumiy asoslari ko`rsatilgan. Unga binoan,
jismoniy shaxs yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tish
uchun tegishli organlarga ariza bergach, ro`yxatdan o`tkazuvchi organlar
ariza beruvchiga tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat
ro`yxatidan o`tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas, degan
vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo`-
shimcha talablarni belgilashga haqli emas. Bunday talabni asossiz rad
etganlik, shuningdek ro`yxatdan o`tkazish muddatlarini buzganlik ustidan
sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Bu kabi umumiy asoslardan tashqari ro`yxatga olishning maxsus
asoslari O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 22
www.ziyouz.com kutubxonasi
avgustda qabul qilingan «Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatidan
o`tkazish va hisobga qo`yish tizimini takomillashtirish to`g`risida»gi
qarorida tadbirkorlik faoliyatini yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga
oshiruvchi subyektlarni ham davlat ro`y xatidan o`tkazish uchun zarur
bo`lgan hujjatlar ro`yxati va tartibi mastahkamlangan. Bunga binoan,
shaxs tomonidan tuman (shahar) hokimligiga ariza beriladi, ushbu arizaga
3x4 o`lchamli ikkita fotosurat, ro`yxatdan o`tkazish yig`i mining
belgilangan miqdorda to`langanligi to`g`risidagi bank to`lov hujjati, muhr
va shtamp eskizlari uch nusxada taqdim etiladi hamda pasport ko`rsatiladi.
Jismoniy shaxs arizada tadbirkorlik faoliyati amalga oshiriladigan
joy mavjudligini tasdiqlovchi huj jatni taqdim etishi lozim bo`ladi.
Yuridik shaxs tuzmasdan dehqon xo`jaligi tashkil etishda ham tuman
(shahar) hokimligiga ariza taqdim etiladi. Arizaga, qishloq xo`jaligi
kooperativi (shirkat xo`jaligi) umumiy yig`ilishining yoki yuqori
boshqaruv organining yoxud boshqa qishloq xo`jaligi korxonasi ish
beruvchisi (ma'muriyati)ning xo`jalik tashkil etish to`g`risidagi qarori
ilova qilinib, pasport ko`rsatiladi.
Yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs tuzmasdan tashkil
etilgan dehqon xo`jaliklari davlat ro`yxatidan o`tkazish haqidagi arizalarini
ro`yxatdan o`tkazuvchi organ tomonidan qabul qilib olinganidan so`ng, 3
ish kunidan kechikmay tadbirkorlik subyekti sifatida davlat ro`yxatidan
o`tkazilishi va hisobga qo`yilishi lozim, aks holda shaxs sudga shikoyat
qilishga haqli.
Xo`jalik faoliyatini yuritish uchun yuridik shaxslar bankda hisob
raqamini ochishlari shart bo`lsa, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik
shaxs tuzmasdan tashkil etilgan dehqon xo`jaliklari tomonidan
faoliyatning ayrim turlari amalga oshirilgan hollarda hisob raqami ochish
uchun murojaat qiladilar.
Xo`jalik subyekti davlat ro`yxatidan o`tkazilgan kunidan boshlab bir
kun mobaynida ro`yxatga olinganlik malumotini soliq organiga hamda
muhr va shtamp es-kizlarini uch nusxada ilova qilgan holda ichki ishlar
organlariga ro`yxatdan o`tkazuvchi organ rasman taqdim etadi. Soliq
organlari esa, yakka tartibdagi tadbirkorni, yuridik shaxs tuzmasdan tashkil
etilgan dehqon xo`jaligini hisobga qo`yadi, ularga soliq to`lovchining
identifikatsiya raqamini beradi va uni statistika va ro`yxatdan o`tkazuvchi
organlarga rasman ma'lum qiladi.
O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 24 maydagi
“Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatiga olish va hisobga qo`yishning
www.ziyouz.com kutubxonasi
xabardorqilish tartibini joriy etish to`g`risida”
1
gi N PQ-357 sonli qaroriga
muvofiq. Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish uchun mamuriy sarf-
xarajatlarni kamaytirish, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatiga olish
va hisobga qo`yishdagi byurokratik to`siqlar va g`ovlarni bartaraf etish
yo`li bilan yanada qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida 2006 yilning
1 sentabridan boshlab tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatiga
olishning xabardor qilish tartibi o`rnatildi. Yer maydonlari ajratib berish,
gaz va elektr tarmoqlariga ulash to`g`risida, shuningdek lisenziyalanadigan
faoliyat turlari bo`yicha qaror talab etiladigan tadbirkorlarni ro`yxatga
olish bundan mustasno.
Yuqoridagi qarordan kelib chiqib quydagilar begilandi:
tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatiga olish, tegishli ravishda,
yustisiya organlari yoki tuman (shahar)lar hokimliklari huzuridagi
Tadbirkorlik subyektlarini ro`yxatga olish inspeksiyalari tomonidan bir
vaqtning o`zida ularni soliq va statistika organlarida hisobga qo`ygan
holda amalga oshiriladi;
ariza - xabarnomani bergan paytdan boshlab tadbirkorlik subyektini
davlat ro`yxatiga olib, unga davlat ro`yxatiga olinganlik to`g`risidagi
guvohnomani berishgacha o`tadigan muddat ko`pi bilan ikki ish kunini
tashkil etadi.
Yuqoridagi qarorni ijrosini taminlash maqsadida O`zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi hamda Monopoliyadan chiqarish, raqobat va
tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash davlat qo`mitasi:
tadbirkorlik subyektlarini ro`yxatga olishning xabardor qilish
tartibiga rioya etilishi ustidan qattiq nazorat o`rnatsin;
tadbirkorlik subyektlarini ro`yxatga olishning xabardor qilish
tartibini tushuntirish bo`yicha ommaviy axborot vositalarida muntazam
ravishda maqolalar chop etilishini taminlasin, teleko`rsatuvlar turkumini
tashkil qilsin;
O`zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda
mintaqalarda Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro`yxatiga olish va hisobga
qo`yishning xabardor qilish tartibi to`g`risidagi nizomning asosiy
yo`nalishlari bo`yicha aholini hamda mahalliy davlat hokimiyati va
boshqaruvi tegishli organlari xodimlarini keng jalb etgan holda seminarlar
o`tkazilishini taminlasin.
Davlat ro`yxatidan o`tkazilgan xo`jalik subyekti belgilangan tartibda
soliq organlari va ijtimoiy taminot organlarida hisobda turishi shart.
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси қoнун ҳужжатлaри тўплaми", 2006 йил, 20-21-сoн, 174-мoддa.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Xo`jalik subyekti haqida belgilab qo`yilgan tartibni buzish yoki uning tasis
hujjatlari qonun talablariga
mos
kelmasligi
davlat ro`yxatidan
o`tkazilishining rad etilganligiga sabab bo`ladi. Ro`yxatdan o`tkaziluvchi
organlar ariza beruvchiga xo`jalik subyekti sifatida davlat ro`yxatidan
o`tkazishni, uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad
etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo`shimcha talablarni
belgilashga haqli emas.
Ariza beruvchi xo`jalik yurituvchi subyekt tariqasida davlat
ro`yxatidan o`tkazishni rad etganlik, shuningdek ro`yxatdan o`tkazish
muddatini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilishi mumkin. Ro`yxatdan
o`tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor
shaxslarning harakatlari sud tomonidan xilof deb topilgan taqdirda, ular
ro`yxatdan o`tkazishni rad etganlik yoki ro`yxatdan o`tkazish muddatini
buzganlik tufayli yetkazilgan zararning o`rnini qoplaydilar va manaviy
zarar uchun tovon to`laydilar.
Xo`jalik subyektining qayta tashkil etilishi to`g`ri-sida so`z borar
ekan, xo`jalik subyektining huquq va majburiyatlarini xuquqiy vorislik
asosida boshqa shaxsga o`tishi orqali uning tugatilishi tushuniladi. Qayta
tashkil etishning maqsadi bo`lib, yuridik shaxsning huquqiy maqomini
o`zgartirish bo`lib hisoblanadi.
Qayta tashkil etish ixtiyoriy va majburiy bo`lishi mumkin. Ixtiyoriy
qayta tashkil etish to`g`risidagi qaror tasischilar yoxud uning tasis
hujjatlarida vakolat berilgan organlar tomonidan qabul qilinishi mumkin.
Majburiy qayta tashkil etish esa tasischilarning xohish irodasiga qarshi,
yani vakolati bo`lgan davlat organi yoxud sud tomonidan qabul qilingan
qarorga asosan amalga oshiriladi. Bunday hollar qonun hujjatlarida
to`g`ridan-to`g`ri belgilangan bo`lishi mumkin. Masalan, O`zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 2 avgustdagi 300-sonli
qaroriga ilova qilingan «O`zbekiston Respublikasi monopoliyadan
chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo`mitasi to`g`risida»
1
gi
Nizomda uning zimmasiga ayrim xo`jalik subyektlarini qo`shib yuborish,
qo`shib olish, o`zgartirish shakllaridan qayta tashkil etilishini nazorat
qilish yuklatilgan. Amaldagi qonunga muvofiq yuridik shaxslarni qayta
tashkil etishning 5-ta:
Dostları ilə paylaş: |