Xo`jalik huquqining subyekti sifatida xorijiy
mamlakatlar fuqarolari
va yuridik shaxslar ishtirokidagi qo`shma korxonalar ham faoliyat
yuritadilar.
Xo`jalik huquqining subyekti sifatida xorijiy mamlakatlar fuqarolari
O`zbekiston Respublikasi «Mulkchilik to`g`risida» gi qonunning 34-
moddasining O`zbekiston Respublikasi fuqarolar mulkiga taalluqli
qoidalari O`zbekiston Respublikasidagi xorijiy fuqarolarning mulkiga ham
tegishlidir.
O`zbekiston Respublikasi hududida chet el investisiyalarining
amalga oshirishning huquqiy va tashkiliy asoslari xalq xo`jaligini
rivojlantirishga, Respublika iqtisodiyotining jahon iqtisodiy tizimiga
qo`shilishga ko`maklashish maqsadida chet mamlakat moliyaviy, moddiy,
intellektual va boshqa resurslarini xorijning zamonaviy texnologiyasi va
boshqaruv sohasidagi tajribasini o`rganishga hamda ulardan samarali
foydalanishga yo`naltirilgandir.
Qo`shma korxonalar yuridik shaxs sifatida
chet ellik investorning
O`zbekiston Respublikasida faoliyat ko`rsatib turgan korxonada ulush
qo`shish yo`li bilan barpo etiladi.
Ko`shma korxona barpo etish to`g`risidagi qarorni chet ellik investor
bilan O`zbekiston Respublikasidagi korxona (mol-mulk) egasi qabul
qiladilar.
Qo`shma korxonalarning Ustav fondiga har bir qatnashchining ulush
qo`shish muddatlari, hajmlari, bu ulushni qo`shish va baholash tartibi tasis
hujjatlarida nazarda tutiladi.
Qo`shma korxona qatnashchilari tomonidan korxona ustav fondiga
ulush sifatida qo`shadigan mol-mulkning qiymatini qatnashchilar to`liq
o`tkazilishini taminlashlari kerak.
Qo`shma korxonalarda, jamoani ijtimoiy rivojlantirish,
kadrlar
tayyorlash va qayta tayyorlash uchun zahira fondlari tuziladi.
Zahira fondi har yili so`m, chet el valutasida pul ajratish hisobiga
tashkil etiladi.
Chet ellik investor qo`shma korxona tarkibidan butunlay chiqqanida
yoki bu korxonalar tugatilgan taqdirda, korxona mulkidan o`z ulushini
bozor qiymatiga muvofiq pul yoki tovar shaklida qaytarib olish huquqiga
ega bo`ladi.
Bundan
tashqari,
qatnashchilarga
qo`shma
korxonalardan
chiqayotgan chet ellik qatnashchining ulushini sotib olishda imtiyozli
huquq berilishi mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Qo`shma korxona zahira fondlaridan tashqari boshqa fondlar tuzish
huquqiga ham ega, bundan tashqari harajat qilish tartibini qo`shma
korxona tasischilari o`zlari belgilaydilar.
Chet el investisiyalari ishtirokidagi qo`shma
korxonalar mustaqil
ravishda yoki O`zbekiston Respublikasi qonunlarida nazarda tutilgan
tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.
Qo`shma korxona qayta tashkil etilgan yoki tugatilgan taqdirda
ishdan bo`shatilgan xodimlarning huquq va manfaatlariga rioya etilishi
kafolatlanadi.
Xo`jalik huquqi subyektlari vakolatlariga ko`ra ham quyidagi
turlarga:
1) faqat xo`jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalar (fermer
xo`jaliklari, xususiy korxonalar va boshqalar);
2) boshqaruvni amalga oshiruvchi subyektlar (hokimiyat, vazirliklar,
davlat organlari);
3) har ikkalasini qo`shib olib boruvchi subyektlar (konsern,
korporasiya)ga bo`lish mumkin.
Xo`jalik yurituvchi subyektlarni faoliyat maqsadiga (turiga) qarab
ikki turga:
1) tijoratchi
tashkilot ;
2) tijoratchi bo`lmagan tashkilotga bo`lish mumkin.
Tijoratchi tashkilot bu foyda olishni o`z faoliyatining asosiy maqsadi
qilib qo`ygan subyekt bo`lib, (xususiy korxonalar, xo`jalik jamiyatlari)
tijoratchi tashkilotlarning huquqiy holatlari O`zbekiston Respublikasi
Fuqarolik Kodeksi va boshqa qonun hujjatlarida belgilab qo`yilgan.
Tijoratchi bo`lmagan xo`jalik yurituvchi subyektlar o`z oldiga muayyan
maqsadni ko`zlagan holda harakat qilib, foyda ko`rishni ko`zlamaydi.
Dostları ilə paylaş: