4 BOB. XO`JALIK (TADBIRKORLIK) HUQUQINING
SUBYEKTLARI
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi subyektlari
tushunchasi, belgilari va tasnifi
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining subyektlari – bu xo`jalik
(tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshirishga vakolatli bo`lgan shaxslardir.
Xo`jalik (tadbirkorlik) faoliyati subyektlari
tushunchasi va maqomini
aniqlash uchun «huquq subyekti» va «fuqarolik huquqi subyekti»
tushunchalarining mohiyatini chuqur anglab olish lozim bo`ladi. Huquq
subyekti keng
huquqiy kategoriya hisoblanib, uning tarkibiga amaldagi
qonun hujjatlariga binoan huquq va majburiyatlarga ega bo`lgan
ijtimoiy
munosabatlarning barcha ishtirokchilari kiradi. O`z navbatida har bir
huquq tarmog`ining o`z subyektlari (davlat huquqida–saylovchilar va
saylanuvchilar, mehnat
huquqidaish beruvchi va xodim, moliya huquqida
soliq to`lovchi va soliq organi, jinoyat prosessual huquqida surishtiruvchi,
tergovchi, gumondor,
ayblanuvchi, sudlanuvchi, mahkum va h.k.)
bo`lganidek, xo`jalik huquqining ham o`z subyektlari bor.
Fuqarolik huquqining barcha subyektlari
fuqarolik huquqi fanida
yagona «shaxslar» degan umumiy nom bilan ifodalanadi.
1
«Shaxslar» ham
o`z navbatida uch guruhga bo`linadi:
Dostları ilə paylaş: