Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


Nisbiy huquqiy munosabatlar



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

 
Nisbiy huquqiy munosabatlar 
avvalo, majburiyatda namoyon 
bo`lib

bunda
 
ikki yoki undan ortiq shaxslar o`zaro huquq va majburiyat 
sohiblari bo`ladi. Bu yerda biz kreditor va qarzdor o`rtasidagi 
majburiyatda nisbiy munosabatlarni ko`ramiz, ammo har doim ham nisbiy 
huquqiy munosabatlar majburiyat huquqiy munosabatlari shaklida 
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo`lmasligi mumkin. Masalan, bir necha shaxslar ishtirokidagi birgalikda 
xo`jalik faoliyati yuritish to`g`risidagi kelishuv, shirkatga birlashish, chet 
el investori bilan qo`shma korxona tuzish va kapitalni sarflash to`g`risidagi 
bitimlarda kreditor va qarzdor ishtirok etmasligi mumkin yoki 
ishtirokchilarni majburiyat huquqiy munosabatlarga kirishgan deyish 
qiyin. Bu yerda biz shaxslarning o`zaro kuch va mablag`larni sarf qilish 
asosida umumiy xo`jalik yuritish maqsadida birikish munosabatlarini 
ko`rishimiz mumkin. Shuning uchun nisbiy xo`jalik huquqiy munosabatlar 
nafaqat majburiyat huquqiy munosabatlar hisoblanmasdan, balki undan 
ham kengroq munosabatlarni o`z ichiga qamrab oladi. Shartnomaga 
asoslangan barcha munosabatlar nisbiy huquqlar jumlasiga kiradi. 
Fuqarolik huquqiy munosabatlar xo`jalik huquqiy, tadbirkorlik 
huquqiy munosabatlaridan birmuncha kengroqdir. Xo`jalik huquqi va 
tadbirkorlik huquqi tartibga soladigan mulkiy va nomulkiy munosabatlar 
doirasi fuqarolik huquqi tartibga soladigan mulkiy va nomulkiy 
munosabatlar doirasi ichida turadi. Xo`jalik va tadbirkorlik huquqi 
subyektlari bir vaqtning o`zida fuqarolik huquqining subyekti bo`lishi 
mumkin, ammo fuqarolik huquqining subyekti xo`jalik huquqining yoki 
tadbirkorlik huquqining subyekti hisoblanmasligi mumkin. Masalan, 
jismoniy shaxs o`z ehtiyojlarini qondirish uchun ashyo xarid qilish 
jarayonida fuqarolik huquqiy munosabatga kirishar ekan, u na xo`jalik 
huquqiy munosabat ishtirokchisi, na tadbirkorlik huquqiy munosabat 
ishtirokchisi bo`ladi, ammo u tadbirkor shaxs maqomini olgan holda 
tadbirkorlik faoliyati yuritish maqsadida tovar sotib olar ekan, bir vaqtning 
o`zida ham fuqarolik, ham tadbirkorlik, ham xo`jalik huquqiy munosabat 
ishtirokchisi hisoblanadi. Shuni ham takidlash joizki, xo`jalik huquqiy 
munosabatlar doirasi tadbirkorlik huquqiy munosabatlar doirasidan 
anchayin kengroqdir. Shu bois har qanday tadbirkorlik huquqiy munosabat 
ishtirokchisi xo`jalik huquqiy munosabat ishtirokchisi hisoblansada, ammo 
aksincha bo`lmasligi mumkin, chunki tadbirkorlik munosabatlarida 
subyekt har doim tavakkal qilib, o`z mulkiy javobgarligi asosida foyda 
olishni o`z oldiga maqsad qilib ish yuritadi. Xo`jalik huquqiy 
munosabatlari ishtirokchilari faoliyati esa har doim ham foyda olishga 
qaratilgan bo`lmasligi mumkin va h.k. Qolaversa, iqtisodiyotni davlat yo`li 
bilan tartibga solish jarayonida vujudga keladigan munosabatlarni ham 
xo`jalik huquqiy munosabatlar va bir vaqtning o`zida tadbirkorlik huquqiy 
munosabatlar deyish mumkin. 
Xo`jalik xuquqiy munosabatlarda subyekt sifatida davlat, mamuriy 
hududiy tuzilmalar, korxonalar va ularning bo`linmalari, yuridik shaxs 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tuzmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkor fuqarolar 
ishtirok etishlari mumkin. Ular barcha iqtisodiy ishlab chiqarish 
jarayonlarida, jumladan moddiy ishlab chiqarish, ayirboshlash, ishlab 
chiqarish, taqsimot jarayonlarida faol ishtirok etib munosabatga 
kirishadilar. 
Xo`jalik majburiyatlari to`g`risida so`z ketar ekan, xo`jalik 
subyektlari qaysi jabhada faoliyat yuritishlaridan qatiy nazar ularni 
quyidagicha turlarga ajratish mumkin: 
operativ-xo`jalik majburiyatlari
xo`jalik-boshqaruv majburiyatlari; 
ichki xo`jalik majburiyatlari. 
Operativ xo`jalik majburiyatlari xo`jalik huquqi subyektlarining 
mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmat ko`rsatish sohasida 
o`zaro shartnomaviy munosabatlari tufayli vujudga keladi. Mazkur 
huquqiy munosabatning subyekti bo`lib tadbirkor fuqarolar ham 
hisoblanadilar. Xo`jalik huquqi subyektlari xo`jalik faoliyatini amalga 
oshirishda operativ xo`jalik majburiyatlarning mukammal bo`lishi uchun 
o`z faoliyatlarini rejalashtiradilar. 
Xo`jalik huquqining subyektlari ichida korxona muhim o`rin tutib, 
o`z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi va xom ashyo resurslari hamda 
materiallarning mavjudligini hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, 
bajarilayotgan ishga belgilaydi, shu bilan bir qatorda u davlat ehtiyojlari 
uchun shartnoma asosida mahsulot ishlab chiqaradi, ishlarni bajaradi va 
xizmat ko`rsatadi. 
Xo`jalik huquqi subyektlari barcha jabhalarda o`z xo`jalik 
faoliyatlarini amalga oshirishda boshqa subyektlar bilan munosabatlarini 
shartnomaviy majburiyat negizida quradilar. Xatto, subyekt davlat 
ehtiyojlari uchun ishlarni bajarayotgan va mahsulotni yetkazib berayotgan 
taqdirda ham, davlat (uning organlari) bilan xo`jalik yurituvchi subyektlar 
o`rtasidagi munosabatlar shartnoma asosida o`rnatiladi va unga muvofiq 
mahsulotni ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yuzasidan ikkinchi tarafni 
davlat xom ashyo yoki texnika vositalari bilan taminlash majburiyatlarini 
olishi mumkin. 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin