birinchisi,
fuqarolar (jismoniy
shaxslar) bo`lib, u o`z ichiga O`zbekiston Respublikasi fuqarolari, boshqa
davlatlarning fuqarolari, shuningdek fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni oladi,
ikkinchisi
, yuridik shaxslar bo`lib, u o`z ichiga foyda olishni o`z
faoliyatining asosiy maqsadi qilib olgan (tijoratchi tashkilot) yoki foyda
olishni ana shunday maqsad qilib olmagan tashkilot (tijoratchi bo`lmagan
tashkilot) larni oladi va bunday tashkilotlar O`zbekiston Respublikasi, chet
el yoki aralash (qo`shma) korxonalar shaklida bo`lishi mumkin,
uchinchisi,
davlat bo`lib, u alohida subyekt sifatida bevosita o`z nomidan,
shuningdek uning nomidan mamuriy hududiy tuzilmalar yoki davlat
organlari ishtirok etishlari mumkin.
Jismoniy va yuridik shaxslar fuqarolik huquqiy munosabatlarda
tadbirkor sifatida, shuningdek bunday maqomga ega bo`lmasdan ham
ishtirok etishlari mumkin. Shuning uchun fuqarolik huquqi subyektlari bir
vaqtning o`zida ham xo`jalik huquqi, ham tadbirkorlik huquqi subyektlari
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг Фуқaрoлик Кoдeкси 2-бўлими ҳaм «шaxслaр» дeб юритилaди вa у ўз ичигa
фуқaрoлaр (жисмoний шaxслaр), юридик шaxслaр вa дaвлaтни фуқaрoлик ҳуқуқий мунoсaбaт иштирoкчиси
сифaтидa мустaҳкaмлaйди.
www.ziyouz.com kutubxonasi
hisoblanishi mumkin, ammo xo`jalik va tadbirkorlik huquqi subyektlari
bir-biridan
farq
qiladi.
Farq
shundaki,
tadbirkorlik
huquqiy
munosabatlarda subyekt har doim tavakkal qilib, o`z javobgarligini
zimmasiga olib, foyda olishni maqsad qilgan holda faoliyat yuritadi,
xo`jalik huquqi subyektlari esa xo`jalik yuritish, xo`jalikni boshqarish
bilan
bog`liq
va
iqtisodiyotning
davlat
boshqaruvi
sohasidagi
munosabatlarini tartibga soladi.
O`zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgunga qadar xo`jalik
huquqining subyekti bo`lib faqatgina sosialistik tashkilotlar va ularning
bo`linmalarigina bo`lishi mumkin edi, ammo fuqarolarning xususiy
xo`jalik faoliyat yuritishlari man qilingan edi.
Xo`jalik faoliyati keng jabhalari hozirda tadbirkorlik faoliyatiga
aylantirilishi bilan turli mulk shakllariga ega bo`lgan korxonalar xo`jalik
munosabatlarining ishtirokchilari bo`lib qolmay, balki yakka tadbirkorlar
ham bo`lishi mumkin. Chunki, huquqiy munosabatlarning subyektlari
tarkibini shu munosabatlarning xarakteri belgilaydi. Hozirgi sharoitda esa
ushbu munosabatlarning asosiy xarakteri - foyda olish maqsadida xo`jalik
faoliyatini amalga oshirishdan iborat.
O`zbekiston Prezidenti I.A.Karimov Ikkinchi chaqiriq O`zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining Birinchi sessiyasidagi maruzasida «Biz
kichik, o`rta va xususiy tadbirkorlikning yangi ichki mahsulot ishlab
chiqarishda nafaqat hal qiluvchi mavqe egallashi, ayni vaqtda uning aholi
farovonligi va daromadlarini orttirishda, ishsizlik muammosini yechishda
ham muhim omilga aylantirishga erishmog`imiz lozim»,
1
deb takidlagan
edi. Haqiqatan, amaldagi qonun hujjatlarimizga muvofiq holda xususiy
sektorning rivojlanishiga keng yo`l ochib berilmoqda, buning natijasida
esa xo`jalik faoliyatida tadbirkorlik keng qanot yoymoqda. Bu esa o`z
navbatida fuqarolarning xo`jalik munosabatlarining subyektlari deb tan
olinishiga olib keldi, ammo bu har qanday fuqaro ham xo`jalik huquqining
subyekti bo`lishi mumkin, degan so`z emas, balki bu yerda gap faqat
xo`jalik faoliyatini amalga oshiruvchi tadbirkor fuqarolar ustidagina
bormoqda xolos.
Professor V.V.Laptev tabiri bilan aytganda, «Hozirgi xo`jalik huquqi
– bu yakka va jamoa tadbirkorlarining yoki boshqacha qilib aytganda,
fuqarolarning va barcha mulk shakllariga ega bo`lgan xususiy, shuningdek
davlat korxonalarining professional faoliyati»
2
bo`lib qoldi.
1
«Хaлқ сўзи», 2000 йил 25-янвaр
2
Лаптев В.В. Предприниметельское право: понятие и субъекта. М. Юрист, 1997 й.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Yuqoridagilardan kelib chiqib xo`jalik huquqining subyektiga
quyidagicha tushuncha berish mumkin: Xo`jalik huquqining subyekti–bu
xo`jalik (tadbirkorlik) faoliyatini amalga oshiruvchi, o`zining mulkiga,
xo`jalik huquq va majburiyatlariga ega bo`lgan, o`z faoliyati yuzasidan
mustaqil davogar va javobgar bo`la oladigan va o`zining huquqlarini
himoya qilish uchun sudga murojaat qila oladigan (yuridik shaxs
maqomini olgan) turli mulk shakllariga mansub korxonalar va ularning
tuzilmalari hamda yakka tadbirkor maqomiga ega bo`lgan fuqarolar
hisoblanadi.
Xo`jalik huquqining subyektlari tushunchasidan bunday huquqning
o`ziga xos belgilarini ajratib ko`rsatish mumkin.
Xo`jalik huquqi subyektining eng asosiy belgisi-bu uning o`z mol-
mulkiga ega bo`lishidir. O`z mol-mulkiga ega bo`lishning huquqiy shakli
mulk huquqidir.
Bazi xo`jalik yurituvchi subyektlar (masalan, unitar korxonalar,
davlat korxonalari) o`z mol-mulkiga ega bo`lmasdan ashyoviy huquq
asosida (xo`jalik yuritish, operativ boshqarish huquqi) o`ziga biriktirib
qo`yilgan mol-mulkka ega bo`lishlari mumkin.
Mulk
huquqi
uning
sohibiga
tadbirkorlik
faoliyati
bilan
shug`ullanish, shuningdek, tashkil etilgan korxonaga rahbarlik qilish,
ularning faoliyatini amalga oshirish shartlarini aniqlash imkoniyatini
beradi.
Mulkdor bo`lishlik, mulkdorning shu mulkka nisbatan huquqlari
shakliga ham ko`p jihatdan bog`liq, xususan xo`jalik yuritish huquqi,
operativ boshqarish, ijara huquqi, ichki xo`jalik yuritishga egalik huquqi
paydo bo`lmasdan turib, xo`jalik huquqi subyektining vujudga kelishi va
taraqqiy etishi mushkul. Shaxs mulkiy baza bo`lgan taqdirdagina subyekt
tashkil etishga intilib, iqtisodiy manfaatdorlikka erishishga harakat qiladi
va rivojlanadi.
Foyda ko`rish maqsadida, tavakkal qilib tovar ishlab chiqarish (ish
bajarish, xizmat ko`rsatish) bilan shug`ullanish ixtisoslashgan faoliyatga
aylangan taqdirdagina bunday faoliyatning ishtirokchilarini tadbirkorlar
deb hisoblash mumkin. Agar fuqaro bunday harakatlarni alohida
hollardagina (vaqti-vaqti bilan) foyda ko`rishni o`z oldiga maqsad qilib
qo`ymay amalga oshirgan taqdirda, masalan, o`zidagi ortiqcha qishloq
xo`jalik mahsulotlarini yoki keraksiz bo`lgan boshqa ashyolarni sotishi,
yoki ishlarni bajarib berish uchun shartlashib va u bajarilganligi uchun haq
olinadigan bo`lsa, bunday faoliyatni tadbirkorlik faoliyati deb bo`lmaydi,
chunki bu kabi munosabatlar fuqarolik huquqi normalari bilan tartibga
www.ziyouz.com kutubxonasi
solinadi. Shuningdek, bank muassasalariga foiz olish maqsadida
jamg`arma qo`ygan fuqarolar, qimmatli qog`ozlar sotib olgan shaxslar
ham tadbirkorlar hisoblanmaydi.
O`zbekiston Respublikasining 2000 yil 25 mayda qabul qilingan
«Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to`g`risida»
1
gi qonunining
4-moddasiga ko`ra, tadbirkorlik faoliyati subyektlari belgilangan tartibda
davlat ro`yxatidan o`tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga
oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar bo`lib hisoblanadi.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari,
shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishi qonun hujjatlarida
man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari bo`lishi
mumkin emas.
O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo`jalik sudining 2000
yil 28-apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog`liq qonunchilikni
qo`llash sud amaliyoti to`g`risida”gi 2-sonli qaroriga ko`ra, yuridik
shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar, shu jumladan, chet el fuqarolari
yoki yuridik shaxslari, shuningdek fuqaroligi bo`lmagan shaxslar
tadbirkorlik faoliyati subyektlaridir. Tadbirkor yuridik shaxsni tashkil
etgan holda yoki tashkil etmasdan ham tadbirkorlik faoliyati bilan doimiy
asosda shug`ullanuvchi jismoniy shaxsdir (yakka tartibdagi tadbirkordir)
2
.
Xo`jalik huquqi subyektlarining asosiy belgisi ularning davlat
ro`yxatidan o`tgan bo`lishligi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollarda muayyan faoliyat turlari bilan shug`ullanishlari uchun albatta
ruxsatnoma (lisenziya)ga ega bo`lishlari lozimligi talab etiladi.
Xo`jalik huquqi subyektlarini yana bir belgisi bilan boshqa
subyektlardan ajratish mumkin, bu ularning xo`jalik huquq va
majburiyatlariga ega bo`lishligidir. Bunday huquq va majburiyatlarning
doirasi O`zbekiston Respublikasi qonunlari bilan hamda ularga muvofiq
qabul qilingan mazkur xo`jalik yurituvchi subyektlarining tasis hujjatlari
bilan aniqlanadi.
Xo`jalik huquqi subyektlarining navbatdagi belgisi shuki, ular o`z
faoliyatlari uchun mustaqil javobgar hisoblanadilar. Javobgarlik uning o`z
mol-mulki doirasida amalga oshiriladi.
Xo`jalik huquqi subyektlari o`z faoliyatlariga o`zlariga tegishli mol-
mulk doirasida javobgar bo`lishlari bilan birga, o`zlarining buzilgan
1
Хaлқ сўзи – 2000 йил 15 июн.
2
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий суди вa Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий xўжaлик суди Плeнуми
қaрoрлaрининг тўплaми. Нукус, «Билим» нaшриѐти. 2000 йил, 237- б.
www.ziyouz.com kutubxonasi
huquqlarini va qonuniy manfaatlarini sud orqali himoya qilish
imkoniyatiga ega ekanliklari to`g`risidagi qoidalar qonun hujjatlarida
mustahkamlangan.
Dostları ilə paylaş: |