Avvalo, muassislar o`zlarining umumiy yig`ilishlariga to`planadi.
Aynan
shu
yig`ilishda
ular
o`zlarining
mulklarini
umumlashtirishbirlashtirish asosida yakuniy maqsadlariga erishish uchun
barcha harakatlar doirasini aniqlab oladilar hamda
tasis hujjatlarini ishlab
chiqib, uni imzolaydilar va qaror qabul qiladilar. Shunday qilib, xo`jalik
huquqi subyektini tashkil etish deganda,
tashkilot va shartnomaviy
birlashmalariga huquqiy maqom berish uchun yuridik ahamiyatga ega
bo`lgan barcha tegishli hujjatlarni qabul qilishga qaratilgan harakatlar
majmui tushuniladi. Xo`jalik huquqi subyektlarini tashkil qilinishi kimning
xohish irodasiga va qanday tartibda amalga
oshirilayotganligiga qarab
tasisfarmoyish, tasis, shartnomaviy tasis usullariga bo`linadi.
Tasis-farmoyish usul bilan asosan
davlat mulkiga asoslangan
korxonalar tashkil qilinadi. Bu usulning xarakterli tomoni shundaki, bunda
xo`jalik yurituvchi subyekt davlat vakil qilgan
shaxs tomonidan tashkil
etiladi. Misol tariqasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi
tomonidan 1999 yil 14-oktabr 462-sonli qaror bilan O`zbekiston
«O`zbekiston-Shveysariya» qo`shma korxonasi tashkil topganligini
keltirish mumkin.
Dostları ilə paylaş: