Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqining tushunchasi va uning
predmeti
Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqiga tarif berishdan avval uning huquq
tizimida tutgan o`rniga to`xtalib o`taylik. Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqiga
bir tomondan huquqning mustaqil sohasi sifatida, ikkinchi tomondan
qonunchilik tarmog`i, uchinchidan fan, to`rtinchidan o`quv predmeti (fani)
sifatida qaraladi.
Ammo ayrim olimlar xo`jalik huquqini qonunchilik tarmog`i, fan va
o`quv predmeti deb tan olsada, huquq tarmog`i ekanligiga shubha bilan
qaraydilar. Jumladan, YU.K. Tolstoy xo`jalik huquqiga huquqlarning
(kompleksi) yig`indi sohasi deb qaraydi. Bu fikr ayrim olimlar tomonidan
quvvatlanadi. Buning isboti sifatida Alekseyev S.S. fikrini keltiraylik.
Uning qarashicha, xo`jalik huquqi “fuqarolik xo`jalik huquqi va mamuriy
xo`jalik huquqi“dan iborat bo`lib, huquq tizimida “ikkinchi darajali
tuzilma“ sifatida qaralmog`i kerak.
Ayrim olimlar esa xo`jalik huquqini huquqlarning (kompleks)
yig`indisi sifatida tan olmasdan, balki xo`jalik munosabatlarini tartibga
solib turuvchi huquqiy xujjatlarning bir butun yig`indisini tashkil etadi deb
(Yakovlev V.F, Yakushev V.S.) hisoblaydilar.
Boshqa guruh mualliflarining, masalan I.YE.Kraskoning fikricha,
xo`jalik
huquqi
davlat
sektorida
vujudga
keladigan
xo`jalik
munosabatlarini tartibga soladi, O.A.Krasavchikov fikricha, xo`jalik
huquqi funksiyalari o`zaro bir-biri bilan bog`liq bo`lgan turli xil huquq
sohasi qoidalari jamlangan huquqiy massivdir. Ushbu fikrlarga qarshi
o`laroq, o`tgan asrning oxirgi yillariga kelganda xo`jalik huquqini yagona,
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 1998 й., 5,6-сoн, 84-мoддa
2
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлиси Axбoрoтнoмaси, 1998 й., 5,6 -сoн, 88-мoддa.
3
Ўзбeкистoн Рeспубликaси қoнун ҳужжaтлaри тўплaми", 2004 йил, 40-41-сoн, 433-мoддa.
4
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 2000 й., 5,6-сoнлaр, 140-мoддa
www.ziyouz.com kutubxonasi
mustaqil huquq sohasi sifatida ilgari surgan yangi konsepsiya, qarashlar
yuzaga keldi. Bu qarashlarga ko`ra, xo`jalik huquqi korxona,
tashkilotlarning o`zaro va ularning bo`limlari bilan bo`ladigan xo`jalik
faoliyatini amalga oshirishda rahbarlik qilishda tashkil topadigan
munosabatlarni tartibga soladi. Bunday qarashning asosiy vakili, tarafdori
V.V. Laptev edi. Uning fikricha xo`jalik huquqi huquqning mustaqil
sohasi sifatida o`zida huquqiy qoidalar yig`indisini ifoda etadi. Shu sababli
u xo`jalik huquqiga shunday tarif beradi: xo`jalik huquqi xo`jalik
yuritishning maqsadga muvofiqligini taminlash maqsadida, huquqiy
boshqarishning turli xil usullaridan foydalanilgan holda korxona,
tashkilotlar va ularning bo`limlari o`rtasidagi xo`jalik munosabatlarini
tartibga soluvchi xo`jalik faoliyatini amalga oshiruvchi va rahbarlik
tartibini belgilovchi qoidalardan iboratdir.
Malumki, xo`jalik faoliyati, sobiq tuzum sharoitida yagona mulkka
va davlat rejasiga asoslangan xo`jalik munosabatlaridan iborat bo`lib. u
gorizontal xo`jalik munosabatlarini xuddi shunday ularga rahbarlikdan
kelib chiqadigan vertikal munosabatlarini o`z ichiga qamrab olgan edi.
Xo`jalik huquqi xo`jalik munosabatlarining subyektlari o`rtasidagi
vertikal va gorizontal aloqalarni tartibga soladi. Ammo hozirgi
munosabatlar rejali taqsimotdan, mamuriy buyruqbozlikdan mutlaqo holi
bo`ladigan iqtisodiy munosabtlardir. Bu munosabatda ishtirok etadigan
subyektlar mutlaqo erkin bo`lib, faqat qonunga va tuzilgan shartnoma
shartlariga qatiy rioya etadilar.
Bozor munosabatlarini tobora rivojlanib borishi, yangi-yangi
mulkdorlar guruhini tadbirkorlarni keltirib chiqaradigan bu guruhlar
xo`jalik munosabatlarining mustaqil subyekti bo`lib ishtirok etadi. Ular
o`rtasidagi mulkiy munosabatlarning aksariyati xo`jalik qonunchiligi bilan
tartibga solinadi. Xo`jalik huquqiy munosabatlar doirasi, bozor
iqtisodiyotining rivojlanib borishi bilan birga borgan sari kengayib boradi,
xususan tovar ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish sohasida korxonalar,
tadbirkorlar, fermerlar, dehqon xo`jaliklari, banklar, birjalar va shunga
o`xshash boshqa subyektlar o`ziga xos maxsus faoliyat ko`rsatadilar.
Shu tufayli xo`jalik huquqining tushunchasi, xo`jalik huquqining
predmeti qanday? U mustaqil fan tarmog`imi? Yoki tadbirkorlikning
turimi? Tadbirkorlik munosabatlari ham xo`jalik munosabatlarini tashkil
etadimi? kabi savollarning javoblarini aniqlashtirish lozim, shundan so`ng
xo`jalik (tadbirkorlik) xuquqining o`ziga xos tamoyillariga to`liq tavsif
berish mumkin. Xo`jalik xuquqi xuquq tarmog`i sifatida xo`jalik va
iqtisodiyot sohasidagi faoliyatni tartibga soluvchi normalar yig`indisidan
www.ziyouz.com kutubxonasi
iborat.
“Iqtisodiy
faoliyat“
termini
O`zbekiston
Respublikasi
Konstitusiyasining
53-moddasida
belgilangan.
“Iqtisod“
so`zi
“ekonomika“ grekcha “ekonomos“so`zidan olingan bo`lib, “xo`jalik“
degan manoni anglatadi. Ushbu termin qonun chiqaruvchi tomonidan
O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “Xo`jalik faoliyati
sohasidagi jinoyatlar“ deb nomlangan XSH bobida qo`llanilgan. Bundan
tashqari O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 69-moddasida
“xo`jalik faoliyati“ O`zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati
erkinligining kafolatlari to`g`risida”gi qonunning 18-moddasida “iqtisodiy
faoliyat“ iboralari qo`llanilganligini misol tariqasida ko`rsatib o`tish
mumkin.
Iqtisodiy (xo`jalik) faoliyatni quyidagi bosqichlarini:
-
ishlab chiqarish (ekspluatasiya)gacha bo`lgan bosqich (ro`yxatdan
o`tkazish, lisenziyalash, ruxsatnoma olish);
-
ishlab chiqarish (ekspluatasion), (tovarlarni ishlab chiqarish, ularni
topshirish, ishlarni bajarish, xizmat ko`rsatish);
-
ishlab chiqarishdan (ekspluatasiyadan) keyingi bosqich (soliq
xizmati oldidagi, statistika organlari oldidagi majburiyatlarning vujudga
kelishi);
iqtisodiy (xo`jalik) faoliyati manfaatlarining subyektlari sifatida:
-
jamiyat va davlat;
-
korxonalarning mehnat jamoalari;
-
mahsulot istemolchilari;
-
korxona mulkdorlarini ajratish mumkin.
Xo`jalik faoliyati jarayonidagi manfaatlar hudud va milliy sifatlari
bo`yicha tasniflanadi:
1. Milliy va xorijiy
2.
Regional va mahalliy
3. Iqtisodiyot sohalari bo`yicha.
Jumladan, notijorat munosabatlarni, shuningdek davlat va jamiyat
manfaatini taminlash maqsadida davlat tomonidan iqtisodiyotni tartibga
solish bilan bog`liq munosabatlarni tartibga solib turuvchi qoidalar
yig`indisini o`zida mujassamlashtiradi.
1
Xo`jalik faoliyati faqat tovar ishlab chiqarishga oid munosabat emas,
balki ishlab chiqarishni boshlash uchun bino olish yoki qurish, joy olish,
yoqilg`i, xom ashyo, asbob-uskunalarga ega bo`lish bilan bog`liq
munosabatlarni ham qamrab oladi. Ana shular xo`jalik huquqining
1
Мартемиянов А.С. Хозяйственое право Т.1 –М.: БЕК,1994. 1-2-бeтлaр.
www.ziyouz.com kutubxonasi
predmetini tashkil etuvchi munosabatlar bo`lib, bevosita daromad (foyda)
olishga qaratilmagan boshqa maqsadlar bilan ham bog`liq bo`ladi. Bular
jumlasiga mulkni boshqarish, korxonani tuzish va tugatish bo`yicha
tashkiliy mulkiy tusdagi bog`liq barcha faoliyatlarni kiritishimiz mumkin.
Xo`jalik munosabatlarining asosiy qismini xo`jalik subyektlarining
o`zaro vertikal va gorizontal munosabatlari tashkil etadi. Xo`jalik huquqi
fanida
Dostları ilə paylaş: |