Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълими вазирлиги


birinchidan , fuqarolik muomalasining barqarorligi saqlanib  qoladi;  ikkinchidan



Yüklə 2,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/173
tarix21.12.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#189062
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   173
Xo\'jalik (tadbirkorlik) huquqi (B.Ibratov, I.Nasriyev)

birinchidan
, fuqarolik muomalasining barqarorligi saqlanib 
qoladi; 
ikkinchidan
barcha huquq va majburiyatlar majmuining huquqiy 
vorisligi taminlanadi; 
uchinchidan
, shartnomaviy va xo`jalik aloqalari 
erkinligi tamin etiladi; 
to`rtinchidan
, kreditorlar huquqlari maksimal 
darajada kafolatlanadi; 
beshinchidan
, qo`shimcha soliq to`lash zarurati 
yo`qoladi; 
oltinchidan,
vaqtinchalik xarajatlar qisqaradi; 
yettinchidan, 
ayniqsa, qayta tashkil etishning o`zgartirish shaklini qo`llash samarasining 
yuqoriligi shundaki, unda ishlab chiqarish kapitali, moddiy vositalar, 
asosiy va oborotdagi fondlar to`liq saqlanib qoladi. 
2-§. Xo`jalik (tadbirkorlik) huquqi subyektlarini tugatish
tartibi va asoslari 
Respublikamizda bozor iqtisodiyoti munosabatlarining shakllanishi 
davrida turli mulk shakllarining mavjudligi xo`jalik yuritishning ham xar 
xil ko`rinishlarini vujudga keltirib, xo`jalik yurituvchi subyektlar 
faoliyatiga alohida etibor berishni taqozo etmoqda.
 
Malumki, xo`jalik 
yuritish subyektlarining samarasiz faoliyat yuritishi davlat va jamiyat 
www.ziyouz.com kutubxonasi


manfaatlariga sezilarli zarar keltiradi. Har qanday davlat va jamiyat o`z 
hududida faoliyat ko`rsatayotgan xo`jalik subyektlarining yaxshi ishlashi 
tarafdoridir. Shu xususida Prezident I.A.Karimov “eng avvalo, istiqbolsiz 
korxona va tashkilotlarni har qanday yo`l bilan bo`lsa-da, qo`llab-
quvvatlashdek xato yo`lga barham berish zarur va bu yo`l bozor talabiga 
mutlaqo yot va ziddir. Samarasiz ishlaydigan korxonalar karzdorlik 
girdobiga faqat o`zlari g`arq bo`libgina qolmay, boshqa korxonalarni ham 
ortidan tortib ketadi”
1
deb haq gapni aytgan edi. To`g`ri, bunday holat 
albatta achinarli, lekin undan qutilib bo`lmaydi. Bir so`z bilan aytganda, 
yuridik shaxsni tugatish masalasi haqiqatdan dolzarb mavzu bo`lib 
bormoqda.
Ushbu vaziyatga mamlakatimizda to`g`ri baho berilib, qonunda 
belgilangan tartib asosida hal qilish uchun maxsus qonun meyorlari va 
chora tadbirlar ishlab chiqilgan. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining normalari yuridik shaxslarni tugatishning fuqarolik-huquqiy 
tartibga solinishini to`liq mujassamlashtirgan asosiy huquqiy hujjat bo`lsa, 
shu singari mustaqillikka erishganimizdan buyon qabul qilingan qishloq 
xo`jalik korxonalari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlarda
2
esa yuridik 
shaxsni tugatishda mazkur sohaning o`ziga xos xususiyatlari inobatga 
olinib huquq normalari belgilangan. 
O`zbekiston 
Respublikasi 
Fuqarolik 
qonunchiligida 
yuridik 
shaxslarni ikki xil usulda tugatilishini ko`rishimiz mumkin.
Birinchisi ixtiyoriy usul bo`lib, u quyidagi asoslarga ko`ra amalga 
oshiriladi:

muassislar (ishtirokchilari) yoki tasis hujjatlari bilan tugatishga 
vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq; 

yuridik shaxsning faoliyat yuritish muddatining tugashi bilan; 

uni 
tashkil 
etishdan 
ko`zlangan 
maqsadga 
erishilganligi 
munosabati bilan; 

yuridik shaxsni tashkil etish chog`ida qonun hujjatlari buzilishiga 
yo`l qo`yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo`lmasa, sud 
yuridik shaxsni ro`yxatdan o`tkazishni haqiqiy emas deb topganda; 

muassislar (ishtirokchilar) yoki yuridik shaxs organi tomonidan 
tashkilotni tugatish uchun yetarli bo`lgan boshqa sabablarni tan olishi 
bilan. 
1
Кaримoв. И.A. Бaрқaрoр тaрaққиѐтгa eришиш устувoр вaзифa. -Т.: Ўзбeкистoн. 1998. 29 б. 
2
Қишлoқ xўжaлигидa ислoҳoтлaрни чуқурлaштиришгa дoир қoнун вa меъѐрий ҳужжaтлaр тўплaми. -Т.: “Шaрқ” 
1998. 315 б. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ikkinchisi - majburiy usulda sud qarori bo`yicha quyidagilarga ko`ra 
tugatish amalga oshiriladi: 

faoliyatni tegishli ruxsatnomasiz (lisenziyasiz) amalga oshirish; 

Qonun tomonidan taqiqlab qo`yilgan faoliyatni amalga oshirgan 
yoki qonun yoki huquqiy aktlarni bir necha marta va qo`pol ravishda 
buzish holatlarida; 

Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning
Qaroriga muvofiq.
1
Bozor munosabatlari mamlakat iqtisodiyotiga qanchalik chuqurroq 
kirib kelishi o`z faoliyatini samarasiz olib borayotgan yuridik shaxslarga 
jiddiy tasir ko`rsatmoqda. Shu sababli 6 oy mobaynida (savdo vositachilik 
korxonasi esa - uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo`yicha pul 
operasiyalarini o`tkazish bilan bog`liq moliya-xo`jalik faoliyatini amalga 
oshirilmagan, (dehqon va fermer xo`jaliklari bundan mustasno) va (yoki) 
davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan etiboran bir yil ichida ustav fondi 
tasis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorda shakllantirilmagan taqdirda 
ham uning tugatilishiga olib kelishi haqidagi norma Fuqarolik kodeksida 
mustahkamlab qo`yildi.
2
Majburiy usulda yuridik shaxs sud tartibida yoki maxsus vakolat 
berilgan davlat boshqaruv organi qarori bilan tugatiladi. Yuridik shaxslar 
birlashmalari 
(ittifoqlari, 
uyushmalari), 
xo`jalik 
shirkatlari 
va 
jamiyatlarining uyushmaga kirgan xo`jalik yurituvchi subyektlar xo`jalik 
faoliyatiga raqobatni cheklaydigan yoxud cheklashi mumkin bo`lgan 
tarzda aralashishi taqiqlanadi. Ushbu talabni buzish monopoliyaga qarshi 
davlat organi (o`z vakolatlari doirasida xududiy organ)ning davosiga 
binoan yuridik shaxslar birlashmasi (ittifoqi, uyushmasi)ning, xo`jalik 
shirkati va jamiyatining sud qarori orqali tugatishiga asos bo`lishi mumkin. 
“Yuridik shaxsni tugatish – murakkab va ko`p vaqt talab qiluvchi ish”
3
hisoblanadi. Shuning uchun yuridik shaxsni tugatish jarayoni bir necha 
bosqichni o`z ichiga oladi. 
1
Мaсaлaн, бaнкрoтлик ҳoлaтидa, мулк ҳуқуқинининг бeкoр бўлиши (197 мoддa), мoл-мулкни тугaтиш вa 
ҳисoбдaн чиқaриш (198 мoддa), мoл-мулкни мусoдaрa қилиб oлиб қўйиш (199-мoддa), нaтсиoнaлизaтсия 
(миллийлaштириш) (202 мoддa) бўлиши, зaрaр еткaзишни oлдини oлиш мaқсaдидa (986 мoддa) aмaлгa 
oширилиши мумкин. 
2
“Ўзбeкистoн Рeспубликaсининг aйрим қoнун ҳужжaтлaригa ўзгaртиришлaр вa қўшимчaлaр киритиш 
тўғрисидa” Ўзбeкистoн Рeспубликaси қoнуни. «Хaлқ сўзи», 1999 йил. 17 сeнтaбр.
3
Гаржданское право: В 2 т. Том 1: Учебник / Отв. Ред проф. Э.A.Суxaнoв. - 2-е изд., перераб. и доп. - М.: Лз-во 
БЕК, 1998. С. 203. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yuridik shaxs uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki tasis 
hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining 
qaroriga binoan tugatilishi mumkin. Odatda muassislar ham ishtirokchilar 
ham o`z ixtiyorlari bilan har qanday vaqtda tugatish to`g`risidagi qarorni 
qabul qilishlari mumkin. Bu ularga berilgan huquqdir. Lekin shu bilan 
birgalikda tugatish to`g`risidagi qaror qabul qilish ular uchun majburiyatni 
ham keltirib chiqaradi. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida sud 
tartibida tugatish ikki asosda umumiy va maxsus asoslarda amalga 
oshirilishi nazarda tutiladi. Umumiy asos barcha turdagi yuridik 
shaxslarga, maxsus asos esa alohida turdagi yuridik shaxslar uchun 
taalluqlidir. Umumiy asoslarga ko`ra o`z faoliyatini ruxsatnomasiz 
(lisenziyasiz) amalga oshirayotgan yoki qonun tomonidan taqiqlangan 
faoliyat bilan shug`ullanayotgan yuridik shaxslarga nisbatan yoki 
Fuqarolik kodeksida nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga 
muvofiq qo`llaniladi.
Maxsus asosga ko`ra tugatiladigan alohida turdagi yuridik shaxslar 
qatoriga O`zbekiston Respublikasi qonuniga binoan o`z huquqiy 
maqomini olib, maxsus xuquq layoqatiga ega bo`lgan qishloq xo`jalik 
korxonalari kiradi. Odatda, har bir qishloq xo`jalik korxonasining huquqiy 
maqomini o`ziga xos xususiyatlari inobatga olinadi. Masalan, fermer 
xo`jaligi: yer uchastkasini ijaraga olish huquqidan ixtiyoriy voz 
kechilganida; fermer xo`jaligi bankrot deb topilganda, shu jumladan 
moddiy-texnika resurslari yetkazib beruvchilar, ish bajaruvchilar va xizmat 
ko`rsatuvchilar 
bilan 
hisob-kitob 
muntazam 
ravishda 
amalga 
oshirilmaganida; fermer xo`jaligining boshlig`i vafot etib, xo`jalik 
faoliyatini davom ettirishni xohlovchi merosxo`r bo`lmasa; davlat va 
jamiyat ehtiyojlari uchun yoki yer to`g`risidagi qonun hujjatlarini 
buzganlik uchun, shu jumladan fermer xo`jaligi yer uchastkasidan 
belgilangan 
maqsadda 
foydalanmaganida, 
xususan 
kontraktasiya 
shartnomasida nazarda tutilmagan qishloq xo`jaligi ekinlarini ekkanida yer 
uchastkasini olib qo`yish zarurati bo`lgan taqdirda, yer uchastkasini ijaraga 
olish shartnomasi belgilangan tartibda bekor qilingan hollar tugatiladi
1

“Dehqon xo`jaligi to`g`risidagi”
2
O`zbekiston 
Respublikasi 
qonunining 27-moddasiga binoan, dehqon xo`jaligi quyidagi, yani: 
xo`jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo`lgan bironta ham xo`jalik 
azosi yoki merosxo`r qolmagan bo`lsa; tomorqa yer uchastkasiga meros 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси қoнун ҳужжaтлaри тўплaми. 2004 йил, 40-41-сoн, 433-мoддa. 
2
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Oлий Мaжлисининг Axбoрoтнoмaси, 1998 йил,5-6 сoн, 88 мoддa. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqidan ixtiyoriy voz 
kechilganda; tomorqa yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib 
qo`yilganda; belgilangan soliqlar muttasil to`lanmaganda; agar qonun 
hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo`lmasa, yangi berilgan tomorqa 
yer uchastkasidan bir yil mobaynida foydalanishga kirishmagan taqdirda; 
dehqon xo`jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha 
marta yoki bir marta, lekin qo`pol ravishda buzilgan hollarda tugatiladi.
Dehqon xo`jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi 
hamda dehqon xo`jaligi azolarining istagiga ko`ra yuridik shaxs tashkil 
etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishini 
inobatga olgan holda, agar yuridik shaxs tashkil etib, faoliyat olib 
borayotgan bo`lsa, uning faoliyati tugatiladi. Yuridik shaxs tashkil 
etmasdan faoliyat yuritayotganda esa dehqon xo`jaliklarining faoliyati 
to`xtatiladi. Yuqorida to`xtalib o`tganimizdek, bozor sharoitida yuridik 
shaxslarning faoliyatini to`xtatish va tugatish shartlari va usullari har 
xildir. 
Tadbirkorlik faoliyatini subyekti sifatida masuliyati cheklangan va 
qo`shimcha masuliyatli jamiyatlar fuqarolik huquqiy maqomiga ega bo`lib, 
O`zbekiston Respublikasining 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan 
«Masuliyati cheklangan va qo`shimcha masuliyatli jamiyatlar 
to`g`risida»gi qonunda jamiyatni tashkil etilishi, faoliyat olib borishi va 
tugatilishi to`g`risidagi qoidalar belgilangan. Jamiyat ushbu qonun va 
jamiyat ustavi talablari hisobga olingan holda qonunlarda belgilangan 
tartibda ixtiyoriy ravishda tugatilishi mumkin. Jamiyat qonun hujjatlarida 
nazarda tutilgan asoslarga ko`ra sudning qaroriga binoan ham tugatilishi 
mumkin. Jamiyatni tugatish uning huquqlari va majburiyatlari huquqiy 
vorislik tartibida boshqa shaxslarga o`tmagan holda faoliyatining 
tugatilishiga sabab bo`ladi. Jamiyat ishtirokchilari umumiy yig`ilishining 
jamiyatni ixtiyoriy ravishda tugatish hamda tugatish komissiyasini 
tayinlash to`g`risidagi qarori jamiyat kuzatuv kengashining, ijro etuvchi 
organining yoki ishtirokchisining taklifiga binoan qabul qilinadi. Ixtiyoriy 
ravishda tugatilayotgan jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig`ilishi 
jamiyatni tugatish va yuridik shaxslarni davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi 
organ bilan kelishgan holda tugatish komissiyasini tayinlash to`g`risida 
qaror qabul qiladi. Tugatish komissiyasi tayinlangan paytdan etiboran 
jamiyat ishlarini boshqarish bo`yicha barcha vakolatlar unga o`tadi. 
Tugatish komissiyasi tugatilayotgan jamiyat nomidan sudda ishtirok etadi. 
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi bo`lgan jamiyatni tugatishda 
tugatish komissiyasining tarkibiga davlat mulkini boshqaruvchi organning 
www.ziyouz.com kutubxonasi


vakili kiritiladi. Mazkur talab bajarilmagan taqdirda, jamiyatni davlat 
ro`yxatidan o`tkazgan organ tugatish komissiyasi tayinlanishiga rozilik 
berishga haqli emas. 
Bozor munosabatlari sharoitida xo`jalik shirkatlari tadbirkorlik 
faoliyati subyektlari tarkibida alohida o`rin tutadi. Uning huquqiy maqomi 
Fuqarolik kodeksi va 2001 yil 6 dekabrda qabul qilingan «Xo`jalik 
shirkatlari to`g`risida»gi qonun bilan tartibga solinadi. Qonunga ko`ra, 
muassislarning (ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo`lingan 
ustav fondiga (ustav kapitaliga) ega bo`lgan tijorat tashkiloti xo`jalik 
shirkati hisoblanadi, bunday shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki 
ulardan ayrimlari shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan 
ishtirok etadilar. Shirkat qonunlarda nazarda tutilgan asoslarga ko`ra, 
shuningdek, shirkatda yagona ishtirokchi qolgan taqdirda tugatiladi. 
Bunday ishtirokchi shirkatning yagona ishtirokchisiga aylangan paytdan 
etiboran olti oy ichida yangi ishtirokchilarni qabul qilishga va shirkatni 
saqlab qolishga, shirkat tomonidan amalga oshirilayotgan faoliyatni 
moliyalashtirish to`g`risida hissa qo`shuvchilar bilan shartnoma tuzishga 
va kommandit shirkat tuzishga, shirkatni qayta tuzish yoki tugatishga 
haqlidir.
Agar shirkatning tasis shartnomasida yoki qolgan ishtirokchilarning 
kelishuvida shirkat o`z faoliyatini davom ettirishi nazarda tutilgan 
bo`lmasa, shirkat qayd etilgan qonun 22-moddasining birinchi qismida 
ko`rsatilgan hollarda ham tugatiladi. Xo`jalik shirkatlarining tashkiliy 
shakllaridan biri bo`lib kommandit shirkat hisoblanadi. Kommandit shirkat 
unda ishtirok etgan barcha hissa qo`shuvchilar shirkatdan chiqqan 
taqdirda, shuningdek, «Xo`jalik shirkatlari to`g`risida»gi qonun 27-
moddasida nazarda tutilgan to`liq shirkatni tugatish asoslari bo`yicha 
tugatiladi. Barcha hissa qo`shuvchilar shirkatdan chiqqan taqdirda to`liq 
sheriklar kommandit shirkatni tugatish o`rniga uni to`liq shirkatga 
aylantirishga haqlidirlar. Kommandit shirkat tugatilgan taqdirda, shu 
jumladan u bankrot bo`lgan taqdirda, hissa qo`shuvchilar shirkatning 
kreditorlarning talablari qondirilganidan keyin qoladigan mol-mulkidan 
hissalar olishda to`liq sheriklar oldida imtiyozli huquqqa egadirlar. 
Shirkatning shundan keyin qolgan mol-mulki to`liq sheriklar o`rtasida, 
agar tasis shartnomasida yoki to`liq sheriklar va hissa qo`shuvchilarning 
kelishuvida boshqacha qoida belgilangan bo`lmasa, ularning shirkat ustav 
fondidagi 
(ustav 
kapitalidagi) 
ulushlariga 
mutanosib 
ravishda 
taqsimlanadi. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yuridik shaxsni tugatilishini oshkoralikda amalga oshirish tugatish 
jarayoni huquqiy jihatdan aniq va kamchiliklarsiz yakunlashda muhim 
ahamiyat kasb etadi
.
O`zbekiston Respublikasi FKning 54-moddasiga 
ko`ra, yuridik shaxsni tugatish to`g`risidagi qaror qabul qilgan uning 
muassislari va ishtirokchilari yoki vakolat berilgan organ bu haqda yuridik 
shaxslarni davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organga yozma tartibda xabar 
berishlari lozim. Davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organ mana shu xabarga 
asosan yuridik shaxs tugatilish jarayonida ekanligi haqidagi malumotlarni 
yagona davlat reyestriga kiritadi. Malumotlar kiritilgandan so`ng yuridik 
shaxsning firma nomiga albatta “tugatilishda” degan so`z qo`shib 
qo`yiladi.
Bundan tashqari, bu haqda soliq organlarini ham xabardor qilib 
qo`yish maqsadga muvofiqdir. Chunki, har qanday xo`jalik yurituvchi 
subyekt tashkil etilgan paytda soliq to`lovchi sifatida davlat soliq 
organlarida ro`yxatga olinadi. Soliq kodeksining 41-moddasida yuridik 
shaxs tugatilgan taqdirda soliq organi soliq to`lovchidan kamroq bo`lgan 
davr uchun hisobotlar, xabarnoma topshirish yo`li bilan talab qilishi 
mumkin bo`lib, xabarnomada buning sababi va hisobotlar, taqdim etilishi 
lozimligi ko`rsatiladi. Yuridik shaxsni tugatish haqida belgilangan tartibda 
qaror qabul qilingan taqdirda tugatish komissiyasi (tugatuvchi) besh kunlik 
muddatda bu haqda soliq organini yozma ravishda xabardor qiladi. 
Yuridik shaxsni tugatish haqida qaror qabul qilingandan so`ng soliq 
to`lovchi o`n besh kun ichida soliq organiga hisobotlar, soliq bo`yicha 
hisob-kitoblarni taqdim etishi shart. Daromad (foyda) solig`i bo`yicha 
hisobotlar, hisob-kitoblar qonun hujjatlarida belgilangan shakl va tartibda 
taqdim etiladi. Shuningdek, korxona tugatilganda soliqqa tortish masalalari 
malum idoraviy yo`riqnoma asosida hal etilishi mumkin.
1
Shu bilan birga 
yuridik shaxsni tugatilishi to`g`risida pensiya fondlari hamda sug`urta 
jamg`armalarini ogohlantirib, o`zlarining hisob raqamlarini yopish 
choralarini ko`rishi lozim. 
Tugatishda mazkur yuridik shaxs faoliyati to`liq bekor qilinib, uning 
ishi to`xtatiladi va mol-mulki tugatiladi. Bunday holatda tugatish 
komissiyasi tuziladi. Uning fikriga qisman qo`shilgan holda aytish 
mumkinki, hozirgi vaqtda tugatish tadbirlarini amalga oshirish maqsadida 
tugatish komissiyasi tuzilishi yoki shunday harakatlarni bajaruvchi 
tugatuvchi tayinlanishi o`zining qonuniy asosiga ega. Bu hatti-xarakatlar 
1
Ўзбeкистoн Рeспубликaси Aдлия вaзирлиги тoмoнидaн 2002 йил 14 янвaрдa 1109-рaқaм билaн рўйxaтгa 
oлингaн “Юридик шaxслaр дaрoмaди (фoйдaси)гa сoлинaдигaн сoлиқни ҳисoблaш вa буджeтгa тўлaш тaртиби 
тўғрисидaги Йўриқнома”. 
www.ziyouz.com kutubxonasi


tugatish to`g`risidagi qaror qabul qilgan shaxslar tomonidan davlat 
ro`yxatidan o`tkazuvchi organ bilan kelishilgan holda hal qilinadi. Davlat 
korxonalarini tugatishda tugatish komissiyasi tarkibini iqtisodiy nochorlik 
bo`yicha boshqarma O`zbekiston Respublikasi tegishli vazirlik va idoralari 
vakillari, mahalliy ijroiya organlari mutaxassislari va boshqalar tashkil 
qilishi mumkin. Shunday qilib, qoidaga ko`ra, amaliyotda tugatish 
komissiyasi tarkibiga muassislar (ishtirokchilar) tugatilayotgan tashkilot 
mamuriyati vakillari kiradi. 
Shuningdek, ular tugatish komissiyasi yoki tugatuvchining asosiy 
vazifalarini aniqlashtirish bilan bir vaqtda O`zbekiston Respublikasi 
Fuqarolik kodeksiga muvofiq tugatish tartibini hamda muddatini belgilab 
oladilar. Tugatish komissiyasi matbuot organlarida yuridik shaxsning 
tugatilishi hamda uning kreditorlari tomonidan talablarni bayon etish 
tartibi va muddati haqida xabar e'lon qiladi. Kodeksning 55-moddasiga 
muvofiq bu muddat tugatish haqida xabar e'lon qilingan paytdan boshlab 
“ikki oydan kam bo`lishi mumkin emas”. Undan oldin qabul qilingan 
qonun hujjatlarida esa bu muddat ikki oygacha deb ko`rsatilar edi. Lekin 
amaliyotda bir oy ko`rsatilib e'lon qilinar edi. Hozir ham bazan matbuotda 
bir oy ko`rsatilib xabar qilinadi. Shu bilan kreditorlar tomonidan o`z 
talablarini bayon qilish uchun zarur bo`lgan imkoniyat cheklanadi. “Ikki 
oydan kam bo`lishi mumkin emas” deb ko`rsatilgan Kodeksda o`rnatilgan 
imperativ norma kreditorlarning huquqlarini himoya qilish uchun tegishli 
kafolat yaratishga qaratilgan.
Tugatish komissiyasi tasdiqlangan kundan boshlab yuridik shaxsning 
ishlarini boshqarish sohasidagi vakolatlari uning ixtiyoriga o`tadi. Shuni 
alohida takidlab o`tish joizki, mazkur komissiya tugatuvchi mustaqil 
huquq subyekti bo`lib hisoblanmaydi. U faqat tugatish jarayonida 
kreditorlar, qarzdorlar, davlat hokimiyati organlari va boshqa shaxslar 
bilan munosabatga kirishib, tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan harakat 
qiladi. 
Tugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs nomidan sudda 
ishtirok etadi. Tugatish komissiyasi tugatilayotgan yuridik shaxs hisob 
varaqlari ochilgan bankka tugatish komissiyasining ruxsatisiz hisobdan 
foydalanmaslik to`g`risida ariza yuboradi. Mana shu arizaga ko`ra bank 
tugatilayotgan korxona hisobi bo`yicha keyinchalik yuborilayogan ijro va 
boshqa hujjatlarni qabul qilishni to`xtatadi. Tugatish komissiyasi barcha 
kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzlarini undirish, shuningdek, yuridik 
shaxs tugatilayotganligi haqida kreditorlarni yozma xabardor qilish 
choralarini ko`rish lozim. Debitorlik qarzlarini undirish maqsadida 
www.ziyouz.com kutubxonasi


qarzdorlarga talab qo`yishlari zarur. Agar qarzlarni qaytarish rad qilinsa 
tegishli davo bilan sudga murojaat etish kerak. O`zbekiston Respublikasi 
“Buxgalteriya hisobi to`g`risida”gi qonuning 21-moddasiga muvofiq 
yuridik shaxs tugatilayotgan taqdirda moliyaviy hisobot tuziladi
1
.
Agarda yuridik shaxs sud tartibida tugatilayotgan bo`lsa, sud uning 
muassislari va ishtirokchilari yoki vakolatli organga o`z burchlarini to`g`ri 
bajarish masuliyatini yuklaydi. Ularning burchlari tugatishni sud qarorida 
belgilangan muddatda va tartibda amalga oshirishi lozim xolos. Lekin sud 
qarori to`g`ri va lozim darajada bajarilmagan bo`lsa, sud tugatish 
komissiyasini tuzadi yoki tugatuvchini tayinlab, unga tugatishni amalga 
oshirish vazifalarini yuklaydi. Masalan, yetkazilgan zarar zarar yetkazishni 
davom ettirayotgan korxona, inshootdan foydalanish yoxud boshqa ishlab 
chiqarish faoliyatining oqibati bo`lsa, sud javobgarga zararni qoplashdan 
tashqari tegishli faoliyatni to`xtatib turish yoki tugatish majburiyatini 
yuklashga haqli (FKning 986-moddasi 2-qismi). Bu chora tadbirlar 
tugatish jarayonining boshlang`ich, 

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   173




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin