2003 yil 24 aprelda qabul qilingan "Bankrotlik to`g`risida”gi (yangi
tahrirdagi) qonuni bilan belgilanadi. Ushbu qonunning 4-moddasiga ko`ra
qarzdorning pul majburiyatlari buyicha kreditorlar talablarini qondirishga
va (yoki) majburiy to`lovlar bo`yicha o`z majburiyatini bajarishga qodir
emasligi, agar tegishli majburiyatlar va (yoki) to`lovlar majburiyati yuzaga
kelgan kundan etiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan
bo`lsa, uning bankrotlik alomatlari deb etirof etiladi.
Keyingi
to`rtinchi bosqichda
tugatish komissiyasi oraliq tugatish
balansiga binoan to`lovlarni tayyorlaydi. Kreditorlarni talablarini qondirish
navbati O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasida
belgilangan bo`lib, birinchi navbatda, fuqarolarning mehnatga oid huquqiy
munosabatlardan kelib chiqadigan talablari qondiriladi. Mazkur qoidani
belgilashda mamlakatimizda fuqarolar mehnatini muhofaza qilish va
Mehnat kodeksi
normalari inobatga olingan
1
. Ikkinchi navbatda
alimentlarni undirishdan va mualliflik shartnomalari bo`yicha mukofot
to`lash haqidagi talablar, uchinchi navbatda
esa tugatilayotgan yuridik
shaxs javobgar bo`lgan fuqarolarning hayotiga va sog`lig`iga zarar
yetkazilganligi uchun berilgan talablari tegishli vaqtbay to`lovlarni
kapitallashtirish yo`li bilan qanoatlantiriladi. Mana shunday hayot va
sog`liqqa yetkazilgan zarar uchun belgilangan tartibda javobgar deb
topilgan yuridik
shaxs tugatilgan taqdirda, tegishli to`lovlar ularni qonun
hujjatlarida belgilangan qoidalarga ko`ra jabrlanuvchiga to`lash uchun
kapitallashtirilishi lozim. Tugatilayotgan yuridik shaxsning mol-mulki
yo`qligi yoki yetarli emasligi sababli to`lovlarni
kapitallashtirish mumkin
bo`lmagan hollarda, belgilangan summalar jabrlanuvchiga davlat
tomonidan qonunda nazarda tutilgan tartibda to`lanadi. Har bir navbatdagi
talab oldingi navbatdagi talablar qanoatlantirilgandan so`ng amalga
oshiriladi.
Boshqa kreditorlarning talablari qonun hujjatlarida
nazarda tutilgan
tartibda qanoatlantiriladi (O`zR FK 56-modda). Biz yuqorida qayd etib
o`tgan fuqarolarning talablari to`liq qondirilgandan keyin, qolgan mol-
mulk quyidagi tartibda taqsimlanadi:
birinchidan, shu mol-mulk
qiymatidan sud qarorida kimning talabi birinchi bo`lib qondirilishi
ko`rsatilgan bo`lsa, shu kreditorlarning qarzlari to`lanadi; ikkinchidan,
1
Чунoнчи, Гeрмaния фуқaрoлик қoнунчилигидa ҳaм юридик шaxс тугaтилaѐтгaндa,
биринчи нaвбaтдa
фуқaрoлaрнинг мeҳнaт oид мунoсaбaтлaридaн кeлиб чиқaдигaн тaлaблaри қoндирилaди. Сўнгрa сoлиқ ҳуқуқий
мунoсaбaтлaрдaн кeлиб чиқaдигaн тaлaблaр қoндирилaди. Қaрaнг: Германское право. Част ИИ. Германское
торговое уложение и другие закони. -М. 1996. С 389.
www.ziyouz.com kutubxonasi
qolgan mol-mulk qiymatidan talabnoma taqdim etish muddati o`tib
ketgandan so`ng, berilgan talablar qondirilishi mumkin.
Barcha
kreditorlar
bilan
hisob
kitob
ishlari
nihoyasiga
yetkazilgandan so`ng,
Dostları ilə paylaş: