Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус


Parrandalar gelmintlari bioekologik xususiyatlari va gelmintozlarga qarshi optimallashtirilgan kurash choralari



Yüklə 344 Kb.
səhifə3/6
tarix14.06.2023
ölçüsü344 Kb.
#130130
1   2   3   4   5   6
Gelmintlar

Parrandalar gelmintlari bioekologik xususiyatlari va gelmintozlarga qarshi optimallashtirilgan kurash choralari.
Muayyan tor yoki keng doiradagi xo‘jayinlarga nisbatan o‘ziga xoslik har bir parazitning o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, bunday o‘ziga xoslik parazitlarda juda kuchli namoyon bo‘ladi. Chunki, xo‘jayin organizmi parazit uchun nafaqat ozuqa manbai, balki, doimiy yoki uzoq vaqt parazitlik qilishi mobaynida unga yashash muhiti bo‘lib ham xizmat qiladi. Bu muhitning fizikaviy, ximiyaviy va biologik xususiyatlari nafaqat har xil xo‘jayin organizmlarida turlicha, balki bir xo‘jayin organizmining o‘zida ham, ya’ni ma’lum bir organning o‘zida ham turli-tumandir (Kirshenblatt, 1941).
Gelmintlarning xo‘jayinlariga nisbatan spetsifikligining tub mohiyati shundaki, evolyutsiya jarayonida har bir parazit muayyan bir biologik, fizikaviy, ximiyaviy muhitda yashashga moslashgan bo‘lib, bunday muhitni ma’lum bir tur organizmdagina topa oladi.
Olib borgan ilmiy kuzatuvlarimiz natijasida har bir parranda turi gelmintlarning muayyan turi bilan zararlanishini qayd etdik (3-jadval).
Tovuqlarda parazit chuvalchanglarning 10 turi qayd etilgan bo‘lib, shundan 7 tasi o‘ta patogen va spetsifik turlardir. Kurkalarda ham gelmintlarning 10 turi parazitlik qilib, shundan 3 tasi patogen turlar. Mazkur parranda turlarida drepanidoteniyalar, bilgarsiyalar va porrotsekumlar qayd etilmadi.
O‘rdak va g‘ozlarning gelmintofaunasi 10 turdan iborat bo‘lib, ularning barchasi o‘ta patogen va spetsifik turlar hisoblanadi (g‘ozlarda Porrocoecum crassum kamroq uchraydi). Ushbu parranda turlarida davainidlar, askaridiidlar va singamuslar qayd etilmadi.
Echinostoma revolutum, Echinoparyphium recurvatum, Hypodaereum conoideum, Prosthogonimus ovatus va P. cuneatus kabi turlar parrandalarning barcha turlari uchun umumiydir. (1-жадвал)

Gelmintologik tekshiruvdan o‘tkazilgan parrandalarning gelmintlar bilan zararlanish darajasi 82,5% ni tashkil etdi. Tovuqlar gelmintlar bilan 80% zararlangan bo‘lsa, kurkalarda bu ko‘rsatkich 50%, o‘rdak va g‘ozlarda esa 100% dan iborat.



Yüklə 344 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin