1. Gelmеntlarning faunistik va sistematik tahlili 2. Gelmintlarning sistematik taxlili 3. Parrandalar gelmentlari bioekologik xususiyatlari va gelmentozlarga qarshi optimallashtirilgan kurash choralari Parrandalarning gelmintofaunasini o‘rganish maqsadida 2017-2018 yillar mobaynida ilmiy kuzatuvlar olib borildi. Bunda yil fasllarini, yoshini va jinsini inobatga olgan holda parrandalarning bir nechta turi K.I.Skryabin (1928) uslubi bo‘yicha gelmintologik tekshiruvdan o‘tkazildi.
Gelmintologik material asosan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi parrandachilikka ixtisoslashgan xo‘jaliklaridan va shaxsiy xo‘jaliklardan to‘plandi.
To‘plangan materialni qayta ishlash, turlarni aniqlash va boshqalar biologiya kafedrasida amalga oshirildi.
Topilgan gelmintlar gelmintologiyada umumiy qabul qilingan metodikaga muvofiq fiksatsiya qilindi. Sestodalar va trematodalar 700 spirtda saqlandi.
Gelmintlarni aniqlashda akademik K.I.Skryabinning umumiy tahriri ostida chop etilgan «Osnovi trematodologii», «Osnovi sestodologii» va «Osnovi nematodologii» monografiyalaridan va M.A.Sultonovning fundamental asarlari va boshqalardan foydalanildi.
Sestodalar sinfi vakillari bioekologiyasi. To‘plangan gelmintologik materialni taxlil qilish natijasida parrandalarda gelmintlarning 3 sinfiga mansub 12 turi qayd etildi. Ular quyidagilar:
1. Cestoda sinfi 1.1. Drepanidotaenia lanceolata (Bloch, 1782)
1.2. Davainea proglottina (Davaine, 1860)
1.3. Raillietina echinobothrida (Megnin, 1880)
2. Trematoda sinfi 2.1. Echinostoma revolutum (Rud., 1809)
2.2. Echinoparyphium recurvatum (Dietz, 1909)
2.3. Hypodaereum conoideum (Dietz, 1909)
2.4. Prosthogonimus ovatus (Rud., 1803)
2.5. Prosthogonimus cuneatus (Rud., 1908)
2.6. Bilharziella polonica (Kowalewsky, 1899)