Nutqning maqsadga muvofiqligi
Ma’lumki, so`zlovchi tomonidan rejalashtirilgan yoki vaziyatga qarab so`zlanadigan nutq ma’lum maqsadga yo`naltirilgan bo`ladi. Ya’ni so`zlovchi aniq maqsad va manfaatni ko`zlab, til vositalaridan foydalanadi. Adabiy til me’yorlariga amal qilib so`zlangan nutq to`g’ri, aniq, toza, mantiqiy, ta’sirchan, demak, maqsadga muvofiq nutq sanaladi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga asoslanib, «Nutq faoliyatida muallif o`z oldiga qo`ygan maqsadni eng aniq, eng to`g’ri, eng yaxshi, eng ta’sirchan, eng tushunarli qilib ifodalaydigan so`zlarni, so`z birikmalarni, gaplarni topishga, tanlashga intiladi. Bu vositalarni yaxlit qilib, «maqsadga muvofiqlik» deb belgilash mumkin»70.
Xullas, yaxshi nutq so`zlovchi va yozuvchidan savodxon-likni, katta mehnatni talab qiladigan murakkab jarayon-dir. Umuman, nutq aniq va ravon, grammatik jihatdan to`g’ri shakllangan bo`lishi va orfoepik talablar darajasida talaffuz etilishi, boshdan oxirigacha izchil bayon qilinishi lozim bo`ladi. Ana shunday nutqgina tinglovchi va o`quvchi qalbiga borib yetadi. Shunday nutqgina madaniy nutq talablariga javob beradi. Buning uchun esa yozuvchi va omma oldiga chiqib nutq so`zlaydigan kishidan tinimsiz izlanish va o`z ustida ishlash, muttasil nutqiy mashq talab qilinadi.
Dostları ilə paylaş: |