Ilmiy kotib (imzo) A. ABDUSAIDOV
TAKLIFNOMA
Biror-bir tantanali tadbirga taklif etish uchun qo`llanadigan yozma axborot.
Taklifnomaning asosiy zaruriy qismlari:
Nomi(taklifnoma).
Matn:
a) taklifnoma turiga qarab: taklif qilinyotgan shaxsning familiyasi yoki ismi va otasining ismi;
b) taklif qiluvchi muassasaning nomi;
v) qanday tadbirga taklif qilinyotganligi.
3. Tadbirning o`tkazilishi sanasi va vaqti.
4. O`tkazilish joyi.
5. Imzo(tadbirni tashkil etgan tashkilotning nomi).
Taklifnomaning rasmiy taklifnoma, to`y taklifnoma-si, taklif xat kabi turlari mavjud (265-b.). Ularning ayrimlariga namuna keltiramiz.
20-ilova
TAKLIFNOMA
Muhtaram(a)_______________________________
Alisher Navoiy nomidagi Samarqand Davlat universiteti amaliy tilshunoslik kafedrasi Sizni ulug’ mutafakkir Alisher Navoiyning tug’ilgan kuni munosabati bilan o`tkaziladigan «Tilga e’tibor – elga e’tibor» mavzuidagi ilmiy anjumanga taklif etadi.
Ilmiy anjuman 2009 yil 9 fevral kuni soat 10.00 da SamDU Alisher Navoiy muzeyida boshlanadi (Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy).
|
21-ilova
Hurmatli_____________________
Sizni 2009 yil 29 iyun kuni soat 10.00 da universitet bosh binosi (105-xonasi)da o`tkaziladigan ilmiy kengashning navbatdagi majlisiga taklif qilamiz.
|
Dostları ilə paylaş: |