Bugungi kunda idoralarda hujjat yuritish sohasida ma’lum ijobiy tajribalar to`planganligini alohida qayd etish mumkin. Hozirgi zamon talabi Kirill alifbosidagi hujjat yuritish qog’ozlarini lotin alifbosiga o`tkazish va xodimlarning malakasini oshirishdan iboratdir. Ma’lumki, «…1993 yil 2 sentyabrda yurtimizda «Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g’risida»gi qonun qabul qilindi.
O`tgan davr mobaynida ana shu qonun ijrosini ta’minlash bo`yicha juda katta ishlar amalga oshirilgani-ni ta’kidlash lozim. Avvalo, o`zbek tilining lotin yozuvi asosidagi imlo qoidalari ishlab chiqildi va hayotga tatbiq etildi. Bugungi kunda mamlakatimizda ta’limning barcha bosqichlarida ana shu alifbo asosida bilim berilmoqda. Lotin yozuvida chop etilayotgan kitob va darsliklar, o`quv qo`llanmalari, gazeta-jurnallar, reklama va e’lonlar, davlat hujjatlari hozirgi vaqtda bu imlo madaniy hayotimizning ajralmas qismiga aylanib borayotganini ko`rsatadi»80.
Demak, «Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g’risida»gi qonun talablari asosida ish yuritishni tashkil etish, malakasi yetishmayotgan xodimlar uchun qisqa maslahat kurslari ochish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
Dostları ilə paylaş: |