7
Talab qilinadi:
1. MHXSga muvofiq pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni
bevosita usul asosida
tayyorlang
2. MHXSga muvofiq pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni bilvosita usul asosida
tayyorlang
3. Har bir usulning ijobiy va salbiy tomonlari bo’yicha auditorlik sharhini bering.
5-masala.
Auditorlardan mijoz-korxona buxgalterlari tomonidan quyidagicha
savollar bilan murojaat qilindi:
1.
Joriy
hisobot davriga tegishli, hisobot tuzilganga qadar aniqlangan xatolar
buxgalteriya hisobotida qanday aks ettiriladi?
2.
Joriy hisobot davrida aniqlangan o‘tgan yillardagi xatolar hisobda qanday aks
ettiriladi?
3.
Korxona turli faoliyat bilan shug‘ullanadigan bo‘lsa foyda solig‘i bazasi
qanday aniqlanadi?
4.
Transport vositasiga 100% eskirish hisoblangan bo‘lib,
shartnoma bahosida
18400 AQSh dollariga sotib olingan. Bu transport vositasiga amortizatsiya hisoblash
kerakmi? Transport vositasini asosiy vositalar tarkibiga qo‘shilganda qanday
buxgalteriya provodkalari beriladi?
5.
Korxonada telefon o‘rnatish va uning xizmati,
kommutator xizmati, o‘t
o‘chirish sistemasi, signalizatsiya moslamalari xarajatlari qanday xarajatlar tarkibida
hisobga olinadi?
6.
Yilning natijasi bo‘yicha o‘tkaziladigan majburiy auditorlik xizmati uchun
to‘lov sarflari qaysi xarajatlar tarkibida hisobga olinadi va soliqqa tortish bazasiga
qo‘shiladimi?
7.
Temiryo‘l chiptasida temiryo‘l tarifi va sug‘urta so‘mmasi ko‘rsatilgan QQS
so‘mmasini qanday ajratish mumkin. Temiryo‘l chiptasining jami so‘mmasidanmi
yoki temiryo‘l ta’rifi so‘mmasidanmi?
8.
Sho‘ba korxona alohida balans va hisob-kitob schotiga ega.
Ustav talablariga
ko‘ra o‘zining tushumini bosh korxonaga pul ko‘chirish orqali o‘tkazib berish kerak.
Bosh korxonaga naqd pulda belgilangan limitda ortiqcha to‘lash huquqiga egami?
9.
Xo‘jalik shartnomasi shartlarini bajarmaganlik uchun jarima so‘mmalari qaysi
mablag‘lar hisobidan qoplanadi?
10.
Ustav kapitalidagi xorijiy ta’sischilarning ulushini baholash tarkibi qanday
amalga oshiriladi?
11.
Kichik korxonalarida yagona soliq to‘lash mezonlari qanday tartibda amalga
oshiriladi?
12.
Sho‘ba korxona va qaram korxonalarni tuzishda qaysi me’yoriy
hujjatlarga
asoslanadi?
13.
Safar xizmati xarajatlarini hisobdan chiqarish tartibi qanday amalga oshiriladi?
14.
Xorijiy mamlakatlar bo‘yicha safar xizmatlarini hisoblash va hisobdan
chiqarish xususiyati qanday amalga oshiriladi?
15.
Vakillik xarajatlari me’yorlari va ularni hisobdan chiqarish qanday amalga
oshiriladi?
8
16.
Reklama xarajatlari me’yorlari va hisobdan chiqarish
tartibi qanday amalga
oshiriladi?
17.
Kadrlar tayyorlash xarajatlari qanday hisobdan chiqariladi?
18.
Asosiy ishlab chiqarishdagi ishchilar uchun berilgan moddiy yordam pullari
mahsulot tannarxiga kiritiladimi?
19.
Kredit foizi so‘mmalari mahsulot tannarxiga kiritiladimi?
20.
Korxona investitsiya uchun qilingan sarf xarajatlar,
jumladan sotib olingan
asosiy vositalar qaysi qiymatda (boshlang‘ich yoki qoldiq) soliq solish bazasidan
imtiyoz sifatida chegirib tashlanadi?
21.
Asosiy vositalar boshqa tashkilotlarga sotilganda qanday tartibda va qaysi
qiymatidan QQS to‘lanadi?
22.
Tekinga olingan asosiy vositalarga eskirish hisoblanadimi?
Dostları ilə paylaş: