Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Auditorlik tavakkalchiligi (Audit risk)



Yüklə 1,08 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/86
tarix23.07.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#137214
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86
xalqaro audit

Auditorlik tavakkalchiligi (Audit risk) 
- moliyaviy hisobot ahamiyatli darajada 
yanglish bo’lganda auditor nomuvofiq auditorlik xulosasini berish tavakkalchiligi. 
Auditorlik tavakkalchiligi quyidagi uch tarkibiy qismdan: ajratib bo’lmaydigan 
tavakkalchilik, nazorat tavakkalchiligi va aniqlanmaslik tavakkalchiligidan iborat 
bo’ladi. 
Ajratib bo’lmaydigan tavakkalchilik (Inherent risk) -
tegishli ichki nazorat 
mavjud emas deb taxmin qilinganda, hisobvaraqlar qoldig’i yoki operatsiyalar 
turkumlarining alohida-alohida yoki boshqa hisobvaraqlar qoldig’i yoki operatsiyalar 
turkumlari bo’yicha bir-galikda muhim bo’lishi mumkin bo’lgan chalkashliklarga 
moilligidir. 
Aniqlanmaslik tavakkalchiligi (Detection risk)
- hisobvaraq qoldig’i yoki
operatsiyalar turkumi alohida-alohida yoki boshqa hisobvaraqlar qoldig’i yoki 
operatsiyalar turkumi bilan birgalikda ahamiyatli bo’lishi mumkin yanglishlar 
auditorlik muolajalar amalga oshirilganda aniqlanmaslik tavakkalchiligi. 
Nazorat tavakkalchiligi (Control risk) - 
hisobvaraqlar qoldig’i yoki operatsiyalar 
turkumida mumkin bo’lgan chalkashliklar (ular alohida yoki boshqa hisobvaraqlar 
qoldig’i yoki operatsiyalar turkumi bilan birgalikda ahamiyatli bo’lishi mumkin) 
buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimlari tomonidan o’z vaqtida oldi olinmaslik 
yoki aniqlanmaslik va tuzatilmaslik tavakkalchiligi. 
Auditorlik tanlab olish (Audit sampling) 
- auditorga tanlab olish yig’indisi bo’yicha 
xulosa shakllantirish yoki shakllantirishga yordam berish maqsadida tanlab olingan 
moddalarning ayrim tavsiflariga nisbatan auditorlik dalillarini olish va baholash 
uchun 100%dan kam bo’lgan hisobvaraq saldosi yoki operatsiyalar turkumi doirasiga 
auditorlik muolajalarini qo’llashdan iborat. 
Stratifikatsiya (Stratification) 
- har biri majmuining bir-biriga o’xshash tavsiflarga 
(ko’proq pul qiymatida) ega tanlab olish quyi majmuini birlik guruhiga bo’lish 
jarayoni. 

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin