1-ILOVA XALQARO AUDIT STANDARTLARIDAGI ATAMALAR Audit (Audit) - moliyaviy hisobot auditining maqsadi auditorga moliyaviy hisobot
barcha muhim jabhalari bo’yicha moliyaviy hisobotni taqdim etishga oid belgilangan
kontseptual asosga muvofiq tayyorlanganligi yuzasidan xulosa (fikr bildirish) berish
imkoniyatini taqdim etishdan iborat. Auditorlik xulosasini tayyorlashda quyidagi
ma’nosi bir-biriga teng bo’lgan “to’g’ri va haqqoniy aks ettiradi” yoki “barcha
muhim jabhalari bo’yicha haqqoniy taqdim etilgan” degan jumlalardan
foydalaniladi. Tegishli mezonlarga muvofiq tayyorlangan moliyaviy yoki boshqa
ma’lumotlarni audit qilishda ham xuddi shunday maqsad ko’zda tutiladi.
Audit dasturi (Audit program) - auditning umumiy rejasini amalga oshirish uchun
rejalashtirilgan auditorlik muolajalari tavsifi, muddati va hajmini belgilovchi audit
dasturi. Audit dasturi auditda ishtirok etayotgan auditorning yordamchisi uchun
yo’riqnomalar to’plami hamda ishni tegishli ravishda bajarish va uni aks ettirish
yuzasidan nazorat qilish usuli sifatida xizmat qiladi.
Audit ko’lami (Scope of an audit) - ushbu atama aniq vaziyatlarda audit maqsadiga
erishish uchun amalga oshirilishi lozim bo’lgan auditorlik muolajalariga taalluqli.
Auditor (Auditor) - audit uchun yakuniy mas’uliyatga ega bo’lgan shaxs. Ushbu
atama, shuningdek, auditorlik firmasi uchun ham qo’llaniladi. (Soddalashtirilish
maqsadida Auditning xalqaro standartlarida “auditor” atamasi auditorlik xizmatlari
bilan bir qatorda, amalga oshirilishi mumkin bo’lgan kasbga doir xizmatlarni
yoritishda ham qo’llaniladi. Ushbu ta’rif kasbga doir xizmatlarni bajaruvchi shaxs
albatta sub’ekt moliyaviy hisobotining auditori bo’lishi lozim degani emas).
Asosiy auditor (Principial auditor) - sub’ektning bir yoki undan ko’proq tarkibiy
qismlari bo’yicha moliyaviy ma’lumotdan iborat bo’lgan moliyaviy hisobot bo’yicha
boshqa auditor tomonidan audit o’tkazilgan holatlarda sub’ektning ushbu moliyaviy
hisoboti bo’yicha auditorlik hisoboti tayyorlash uchun mas’ul bo’lgan auditor.