Kelishuv xati (Engagement letter) - auditor tayinlanganligi, auditning maqsadi va
ko’lami, auditorning mijoz oldida javobgarlik darajasi va har qanday hisobotlarni
taqdim etish shaklini hujjatlashtiradi va tasdiqlaydi.
Kompilyatsiyaviy kelishuv (Compilation engagement) - kompilyatsiyaviy kelishuvda
buxgalter o’zining buxgalteriya hisobi bo’yicha bilimlarini, auditga oid bilimlariga
qarama-qarshi holda, moliyaviy hisobotni to’plash, turkumlash va umumlashtirish
uchun qo’llash maqsadida jalb qiladi.
Kompyuter axboriy tizimlari (KAT) (Computer information systems (CIS)) - sub’ekt
audit uchun ahamiyatli bo’lgan moliyaviy ma’lumotni qayta ishlash uchun har
qanday turdagi yoki o’lchamli kompyuterdan foydalanganda, bu kompyuter ushbu
sub’ekt yoki uchunchi tomondan foydalanishidan kat’i nazar, kompyuter axboriy
tizimlari muhiti vujudga keladi.
Kompyuter axborot tizimlarida nazoratning umumiy muolajalari (General controls in computer information sistems) - barcha ichki nazorat masalalari hal etilgan degan
ishonch darajasini ta’minlash maqsadida kompyuter axborot tizimlari ishi yuzasidan
umumiy nazorat asosini barpo etish.
Kompyuter ma’lumotlar tizimlaridagi amaliy dasturlar yuzasidan nazorat muolajalari (Application controls in computer information systems) -
kompyuterlashtirilgan usul yordamida yuritiladigan buxgalteriya hisobining amaliy
dasturlari yuzasidan alohida muolajalar. Ushbu vositalar barcha operatsiyalarni
bajarishga ruxsat olinganligi va ular tegishli aniqlik, o’z vaqtida va to’liq hajmda aks
ettirilganligi va ishlov berilganligi to’g’risida oqilona ishonchni ta’minlash uchun
buxgalteriya hisobining amaliy dasturlari yuzasidan alohida muolajalarni belgilash
maqsadida qo’llaniladi.