Ma’lumotlar bazasi (Database) - bir necha turli foydalanuvchilarning umumiy
ixtiyorida bo’lgan va ular tomonidan turli maqsadlar uchun qo’llaniladigan
ma’lumotlar to’plami.
Milliy (auditorlik) amaliyot (National practices (auditing)) - odatda audit o’tkazish
yoki kasbga doir xizmatlarni ko’rsatish paytida auditorlar tomonidan qo’llaniladigan
mamlakat darajasida vakolatga ega bo’lgan idora tomonidan belgilangan, standartlar
kuchiga ega bo’lmagan auditga oid tavsiyalar to’plami.
Milliy (auditorlik) standartlar (National standarts (auditing)) - audit o’tkazi yoki
kasbga doir xizmatlarni bajarish paytida albatta qo’llanishi va audit o’tkazish yoki
kasbga doir xizmatlarni bajarish paytida albatta bajarilishi lozim bo’lgan qonun yoki
me’yoriy hujjatlar, mamlakat darajasida vakolatga ega bo’lgan idora tomonidan
belgilangan auditorlik standartlar to’plami.
Modifikatsiyalashtirilgan auditorlik hisoboti (Modified auditor`s report) -
tushuntirish band(lar)i hisobotga kiritilgan yoki auditor o’z fikrini izohlarsiz
ifodalamagan taqdirda auditorlik hisoboti modifikatsiyalashtirilgan hisoblanadi.
Sharhlar bilan fikr bildirish (Qualified opinion) - auditor fikr sharhlarsiz
bildirilishi mumkin bo’lmagan degan xulosaga kelganda, lekin sub’ekt rahbariyati
bilan barcha kelishmovchiliklar natijalari yoki audit ko’lami cheklanishi salbiy fikr
bildirish yoki fikr bildirishdan voz kechish talabiga ahamiyatli va chuqur ta’sir
ko’rsatmagan holda, fikr sharhlar bilan bildiriladi.
Fikr bildirishdan voz kechish (Disclmer of opinion) - ko’lam bo’yicha
cheklanishining mumkin bo’lgan ta’siri shunchalik ahamiyatli va chuqurki, u
auditorga tegishli auditorlik dalillarini olish, va, binobarin, moliyaviy hisobot
yuzasidan o’z fikrini bildirish imkoniyatini bermaydi.