311
shaharlarda esa banklar kredit mablag‘larini tovar-xomashyo zaxiralari,
asbob-uskunalar sotib olish va ishchilarga ish haqi to‘lash uchun
beradilar.
Albatta, hamma banklar ham o‘zlari faoliyat ko‘rsatayotgan hudud
sharoitlariga butunlay bog‘liq bo‘lmaydilar. Ularning ko‘pchiligi boshqa
banklardan mablag‘larning katta qismini yoki qisman qarzga olishlari
mumkin. Bunday faoliyat ko‘rsatayotgan banklar uchun ular joylashgan
hudud iqtisodiyotidagi salbiy o‘zgarishlar katta xavf tug‘dirmaydi.
Bank kreditlari portfeliga ta’sir qiluvchi yana bir muhim omil bu –
bankning hajmidir. Bunda bank sarmoyasining hajmi eng muhim rol
o‘ynaydi, chunki u beriladigan kreditni bitta mijozga to‘g‘ri keladigan
qiymatini aniqlaydi. Yirik banklar asosan yirik korxonalar, korporatsiya-
lar va firmalarga xizmat ko‘rsatadi. Maydaroq banklar esa, asosan naqd
pul ko‘rinishida yoki bir necha muhlatga mayda firmalar, xususiy
shaxslarga chakana kreditlar beradi.
Bank boshqaruvchilarining kredit siyosati sohasidagi tajribasi va
malakasi kredit portfelining tarkibi va o‘sishiga ta’sir qiluvchi muhim
omildir.
Bank kreditining ba’zi bir turlarini berishni taqiqlovchi kredit
siyosati bankning kredit portfeli sifatining o‘sishiga to‘sqinlik qiluvchi
xatardan saqlaydi.
Kredit portfelining tarkibi kredit faoliyati orqali olinadigan
daromadga ham bog‘liq. Bankning kredit bilan shug‘ullanuvchi xodim-
lari kredit berish orqali olinadigan daromad bilan bankning boshqa
aktivlari orqali olinadigan daromadni solishtirib, tahlil qiladilar. Nati-
jada, bank daromadlarining asosiy qismi kreditlarga to‘g‘ri kelayotgani
haqida bir xulosaga kelganlaridan so‘ng ko‘proq kreditlar berishni afzal
ko‘radilar.
Dostları ilə paylaş: