323
beradi.
Barcha omillar ichida eng asosiysi,
mijoz ma’lumotlarining
to‘laqonliligi, mijozning samimiyligi va rostgo‘yligidir.
Chunki mijoz
o‘zining sog‘lig‘i, kelajakdagi bandligi to‘g‘risidagi noto‘g‘ri ma’lumot
bersa, bank bundan katta zarar ko‘rishi mumkin. Shuning uchun iste’mol
kreditlaridan kutiladigan yo‘qotishlarni kamaytirishning asosiy vositasi
likvid garov va kafolatlarning mavjudligidir.
[203].
Kredit talabnomasining quyidagi ko‘rsatkichlari sifat
indikatori bo‘lib xizmat qiladi. Bular mijozning:
faoliyat sohasi, mashg‘ulot turi;
yoshi, oilaviy ahvoli;
uy-joy bilan ta’minlanganligi;
kredit bo‘yicha reyting bahosi;
faoliyati va uning davomiyligi;
so‘nggi manzilda yashash muddati;
telefoni;
qaramog‘idagi shaxslar soni;
bankdagi hisobvaraqlari raqami;
daromad darajasi.
[204].
Jahon bank amaliyotida kredit mutaxassisi kredit talabno-
masini tahlil qilishda kredit skoringi tizimidan foydalanadi. Mazkur
tizim kredit talabnomasining har bir bandiga alohida baho berishga
asoslangan. hozirgi vaqtda jahon bank amaliyotida kredit talabnomasini
baholashda ball tizimining quyidagi shkalalari qo‘llanilmoqda.
Dostları ilə paylaş: