Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   354
Bank iwi

bank-benefitsiar
foydasiga qarz oluvchi va kafil o‘rtasida 
tuziladigan yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashti-
riladi. Fuqarolar yig‘inining mahalla, qishloq, ovul Kengashi, kafillik 
shartnomasiga muvofiq, qarz oluvchining majburiyatlari bo‘yicha o‘z 
mulki bilan javob beradi. 
Kredit so‘rab berilgan arizaning bankka kelib tushgan kundan 
boshlab, ushbu ariza bo‘yicha bank tomonidan xulosa berish muddati 5 
ish kunidan oshmaydi. 
Kredit shartnomasi tuzilganidan so‘ng kredit bo‘limi xodimi, 
muddati va foiz stavkasini ko‘rsatgan holda, ssuda hisob raqamini 
ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga ko‘rsatma beradi. 
Mikrokredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab 
qarz oluvchiga kredit varaqachasi ochiladi va uning yordamida kredit 
ustidan nazorat amalga oshiriladi. 
[208].
Kredit mijozning talab qilib olinguncha depozit hisob raqami 
joylashgan manzili bo‘yicha beriladi. Kreditlar alohida ssuda hisob 
raqamini ochish va ushbu hisob raqamidan qarz oluvchining to‘lov 
topshiriqnomalari asosida moddiy-tovar boyliklar uchun naqd pulsiz 
o‘tkazish yo‘li bilan yoki mikrokreditning 50 foizgacha miqdorida naqd 
pul shaklida, pul cheklarini to‘lash yo‘li bilan beriladi. 
Naqd pul shaklida berilgan mikrokreditlarni qaytarish va ularning 
foizlarini to‘lash majburiy tarzda bank kassasiga naqd pul topshirish 
yo‘li bilan amalga oshiriladi. 
Yuridik shaxs maqomini olmasdan faoliyat ko‘rsatayotgan yakka 
tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga berilgan mikrokreditlar 
kredit ajratish muddatiga qarab mos ravishda 12601 - «Yakka tartibdagi 
tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli ssudalar» va 13801 - «Yakka 


329
tartibdagi tadbirkorlarga berilgan o‘rta muddatli ssudalar» balans hisob 
raqamlarida hisobga olinadi. 
Alohida ssuda hisob raqamlari bo‘yicha berilgan mikrokreditlar 
bo‘yicha kredit bo‘limi xodimining farmoyishiga ko‘ra muddatli 
majburiyatnomalar rasmiylashtiriladi va ular kreditlash muddatlariga 
qarab, to‘la qaytarilguniga qadar 91901 – «Qarz oluvchilarning qisqa 
muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlari» va 91903 – «Qarz oluvchi-
larning o‘rta muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlari» nomli, ko‘zda 
tutilmagan sharoitlar hisob raqamlarida hisobga olinadi. Qaytarish 
muddatlari pul oqimining kelib tushish istiqboliga qarab, bir necha 
bosqichda qoplashni ko‘zda tutuvchi jadval shaklida taqdim etilishi 
mumkin. 
Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchining pul 
mablag‘lari mavjud bo‘lmagan taqdirda, kredit muddati o‘tgan ssudalar 
hisob raqami orqali undirib olishga taqdim etiladi, u bo‘yicha muddatli 
majburiyatnomalar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi. 
Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun
 
muddati davomida 
doimiy monitoring amalga oshiriladi va u qarz oluvchi tomonidan uning 
loyihasi va kredit shartnomasi shartlarining amalga oshirilishiga har 
tomonlama ko‘maklashishga qaratilgan bo‘lishi lozim. 
Monitoring jarayonida bankka berilgan garov holati va kreditdan 
samarali hamda maqsadli foydalanish bo‘yicha joylarga borib 
tekshiruvlar o‘tkazib turiladi. Berilgan kreditdan boshqa maqsadda 
foydalanganlik holati aniqlanganda, bank kredit shartnomasida berilgan 
tartibda, kreditning maqsadga nomuvofiq ishlatilgan qismini qarz 
oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamidan muddatdan 
oldin undirib olish huquqiga ega. 
Qarz oluvchi tomonidan asosiy qarzni va unga hisoblangan foizlarni 
kredit shartnomasida kelishilgan muddatda qaytarilmasa, bank Fuqarolik 
kodeksining 280-moddasi ikkinchi qismiga muvofiq mustaqil ravishda, 
sudga murojaat qilmasdan, garov predmetini tasarruf qilish huquqiga 
ega bo‘ladi. 
[209].
Tijorat banklari o‘z Nizomlariga va valuta operatsiyalarini 
amalga oshirish uchun ularga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 
tomonidan berilgan litsenziyada ko‘rsatilgan huquqlarga muvofiq 
ravishda faqat o‘z ishlab chiqarish faoliyati uchun respublikada ishlab 
chiqarilmaydigan asbob-uskunalar, xomashyo va butlovchi qismlarni 
import yo‘li bilan xarid qilish uchun chet el valutasida mikrokreditlar
 


330
berishlari mumkin. 
Tijorat banklari tomonidan chet el valutasidagi mikrokreditlar o‘z 
kredit resurslari va chetdan jalb qilingan kredit mablag‘lari, shu 
jumladan, xorijiy banklarning kredit liniyalari hisobidan amalga 
oshiriladi. 
Chet el valutasidagi mikrokreditlar banklar bilan qarz oluvchilar 
o‘rtasida tuziladigan kredit shartnomalaridan belgilanadigan tijorat 
shartlari asosida naqdsiz shaklda beriladi. 
Chet el valutasida berilgan kreditlar bo‘yicha foizlarning to‘lovi, 
to‘lov sanasidagi birjadan tashqari valuta bozori kursi bo‘yicha milliy 
valutada amalga oshiriladi. Asosiy qarzni to‘lash chet el valutasida 
amalga oshiriladi, qarzdorning chet el valutasidagi hisob raqamida 
mablag‘ mavjud bo‘lmagan taqdirda to‘lov sanasidagi birjadan tashqari 
valuta bozori kursi bo‘yicha milliy valutada to‘lanishi mumkin. 
Chetdan jalb qilingan kredit mablag‘lari hisobida chet el valutasida 
mikrokreditlar berish tijorat banklariga xorijiy kredit liniyalarini ajratish 
shartlariga muvofiq amalga oshiriladi. Qarz oluvchilarga chet el 
valutasida kredit berish jarayonida, qarz oluvchilar tijorat banklaridan 
oldin olingan kreditlarga doir majburiyatlarini o‘z vaqtida bajargan 
bo‘lishlari lozim. 
Qarz oluvchilarga chet el valutasida mikrokredit olish uchun 
xorijdan sotib olinadigan mahsulot tavsifi, u xarid qilinadigan mamlakat, 
uning qiymati, to‘lov valutasi, uskunalar sotib olinadigan holda - zarur 
xomashyo bilan ta’minlanganligiga oid ma’lumotlarni bankka taqdim 
etadi. Chet el valutasida mikrokredit olish uchun berilgan ariza 
yuqoridagi tartibning 2.6-bandida belgilangan muddatda ko‘rib 
chiqiladi. Mikrokredit bo‘yicha qarzdorlikni to‘lash chog‘ida birinchi 
navbatda kreditdan foydalanganlik uchun foizlar undiriladi. 
Mikrokredit belgilangan muddatlarda qaytarilmagan taqdirda, 
shuningdek, qarzdorning milliy valutadagi talab qilib olinguncha depozit 
hisob raqamida mablag‘lar yetarli bo‘lmagan yoki mavjud bo‘lmagan 
hollarda, tijorat banklari mikrokreditning qaytarilmagan summasini 
qonunchilikda
 
belgilangan tartibda qarzdorning chet el valutasidagi talab 
qilib olinguncha depozit hisob raqamidan undirib olish huquqiga 
egadirlar. 
Qarz oluvchining talab qilib olinguncha depozit hisob raqamida 
mablag‘lar yetarli bo‘lmagan yoki yo‘q bo‘lgan taqdirda mikrokredit-
ning summasi qonunchilikda belgilangan tartibda kafolat beruvchining 


331
yoki kafilning zimmasida bo‘ladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin