5.6.
Imtiyozli kredit berish
[210].
Respublikamizda kichik biznesni rivojlantirish maqsadida
mikrokredit berishning tartiblariga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilib
borilmoqda. Endilikda fermer yoki tadbirkor bo‘lishni xohlagan ishlab
chiqarish bilan shug‘ullangan jismoniy shaxsga 10 ming dollargacha,
yuridik shaxsga 10 ming dollargacha imtiyozli ustamalar bilan
mikrokredit ajratiladi. Bu kreditni qaytarish muddati esa 3 yil qilib
belgilandi.
Tijorat banklari tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik
subyektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish
borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2000-yil 21-martdagi PF-2564
sonli farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan «Tijorat banklari tomonidan
imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasini shakllantirish tartibi
to‘g‘risidagi Nizom» ga muvofiq
imtiyozli kreditlar
beriladi.
Tijorat banklari imtiyozli kredit berish jamg‘armasi mablag‘lari
hisobidan kreditlar berishni shartnoma asosida amalga oshiradilar.
Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar
berish muddatlari kredit berilayotgan tadbirlarning o‘zini qoplashiga
bog‘liq bo‘ladi, chunonchi:
xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda
boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‘lgan
aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar kichik va o‘rta tadbirkorlik
subyektlariga, qoidaga ko‘ra, 1 yil muddatgacha beriladi;
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma
mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar fermer xo‘jaliklariga, shuningdek,
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jaliklarga, qoidaga ko‘ra,
kamida 2 yil muddatga beriladi;
investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun kreditlar
kichik va o‘rta tadbirkorlikning barcha subyektlariga, shu jumladan,
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga
to‘lov muddatini kechiktirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi
mumkin.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik va o‘rta tadbirkorlik
subyektlariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati,
qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 12 oydan oshishi
332
mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga mo‘ljallangan
aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun dehqon va fermer xo‘jaliklariga
berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddati
uzaytirilishi hisobga olingan holda, 30 oydan oshishi mumkin emas,
fors-major holatlari bundan mustasno. Fermer va dehqon xo‘jaliklari-
ning qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan aylanma mab-
lag‘lari uchun berilgan boshqa kreditlar bo‘yicha ulardan foydalanish
muddatlari, qaytarish muddati uzaytirilishi hisobga olingan holda, 12 oy
etib belgilanadi. Banklar investitsiya maqsadlari uchun berilgan kreditlar
bo‘yicha imtiyozli davr belgilashi mumkin. Jamg‘arma mablag‘lari
hisobidan kreditlar qarz oluvchilarga mahsulot etishtirish (tamakichilik
va alkogolli mahsulot ishlab chiqarishdan tashqari) bilan bog‘liq bo‘l-
gan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan va quyidagilarni nazarda
tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengay-
tirish uchun beriladi:
ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va
rekonstruksiya qilish;
mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urug‘lik, mol
va parrandalar sotib olish;
xomashyo va materiallar, shu jumladan mollar uchun yem, omix-
ta ozuqa, veterinariya preparatlari, o‘simliklarni himoya qilishning
kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va
ekin maydonlariga ishlov berish bo‘yicha mexanizatsiyalashtirilgan
xizmatlar sotib olish;
jamg‘arma mablag‘lari hisobidan olingan kreditlarni yoki boshqa
har qanday qarzlarni uzishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalanilmay-
digan shaxsiy mol-mulk olishga berilishi mumkin emas. Jamg‘arma
mablag‘lari hisobidan berilgan kreditlardan foydalanganlik uchun foiz
stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta
moliyalash bo‘yicha kredit berilgan kundagi belgilangan stavkasining 50
foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;
kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami
joylashgan joy bo‘yicha beriladi;
zarar ko‘rib ishlayotgan, likvidsiz balansga ega bo‘lgan qarz
oluvchilarga jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kredit berilmaydi, ilgari
berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib
olinadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida albatta nazarda tutilishi
333
kerak.
[211].
Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka quyidagi
hujjatlarni (kredit paketini) taqdim etadi:
kredit buyurtmanomasi;
qarz oluvchining bankdagi hisob raqamiga pul tushumlari (pul
oqimi) prognozi albatta ko‘rsatilgan holdagi biznes-reja;
davlat soliq xizmatining mahalliy (tuman) organi tasdiqlagan,
so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) hamda
debitorlik va kreditorlik qarzlari to‘g‘risida ma’lumotnoma (2a-shakl),
shuningdek, 90 kundan ortiq vaqtdagi qarzlar bo‘yicha solishtirish
dalolatnomasi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl), dehqon
xo‘jaliklari bundan mustasno;
imtiyozli kredit berish to‘g‘risidagi nizomning 17-bandida
ko‘rsatilgan kreditni qaytarishni ta’minlash shakllaridan bittasi.
To‘lamaslik xavfini bartaraf etish uchun oluvchi ta’minotiga ega
bo‘lishi kerak, ta’minotga bo‘lgan asosiy talab uning likvidligi
hisoblanadi. Qarz oluvchi bankka ta’minlashning quyidagi turlaridan
bittasini taqdim etishga haqlidir:
mol-mulkni yoki qimmatli qog‘ozni garov sifatida qo‘yish;
bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolatnomasi;
uchinchi shaxslarning kafilligi;
sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytarmas-
ligi xavfini sug‘urta qilish to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.
Banklar o‘zlari bilan doimiy aloqaga, bank hisob raqamida doimiy
pul oqimiga, yaxshi nufuzga va yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan qarz
oluvchilarga, Nizomning 17-bandida ko‘rsatib o‘tilgan qaytarish
ta’minotini taqdim etmasdan, blankli (ishonchli) kreditlar berishga
haqlidir.
Mol-mulkni garovga qo‘yish kreditning qaytarilishini ta’minlash
shakllaridan biridir. «Garov to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonuniga muvofiq har qanday mol-mulk, shu jumladan, buyumlar va
mulkiy huquqlar (talablar), qimmatbaho boyliklar, zargarlik buyumlari,
erkin almashtiriladigan valuta
va shu kabilar garov predmeti bo‘lishi
mumkin, muomaladan chiqarilgan, garov predmeti bo‘la olmaydigan
buyumlar bundan mustasno.
Kredit hisobiga sotib olinadigan qiymatning 80 foizi miqdorida
mol-mulk ham ushbu kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat
qilishi mumkin.
334
Kafolatnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-
moddasiga muvofiq kafilning yozma majburiyati shaklida rasmiylash-
tiriladi.
Kafillik O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 29-mod-
dasiga muvofiq qarzdor va kafil o‘rtasida bank-benefitsiar foydasiga
yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi. Kredit
paketini tahlil qilish chog‘ida bank kredit bitimining har xil jihatlarini,
qarz oluvchining kredit tarixini, uning rahbarlik nufuzini (oldingi ish
joylari, layoqatliligi, ilgari olingan kreditlarning o‘z vaqtida qayta-
rilishini ta’minlay olishi va shu kabilarni) baholaydi.
Aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kredit olish uchun «Nizom»ning
16-bandida ko‘rsatib o‘tilgan zarur hujjatlar ilova qilingan holda
buyurtmanoma bankka kelib tushgan kundan boshlab, ushbu kredit
bo‘yicha bank xulosasini berishgacha bo‘lgan muddat tijorat banklari
bo‘limlari tarkibida bo‘limlari bo‘lmagan tijorat banklari, shuningdek,
xususiy banklar uchun – 10 ish kunidan, banklarning viloyat bo‘limlari
uchun – 15 ish kunidan, bosh (respublika) banklari uchun – 20 ish
kunidan oshmasligi kerak.
Investitsiya loyihasini mablag‘ bilan ta’minlash uchun kredit
olishga kredit buyurtmanomalarini banklar tomonidan ko‘rib chiqish
muddati tegishli ravishda, biroq ko‘pi bilan ikki baravar uzaytirilishi
mumkin.
Kredit shartnomasi tuzilganidan keyin bank bo‘limi rahbari yoki u
vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida
muddati va foiz stavkasi ko‘rsatilgan holdagi ssuda hisob raqami ochish
to‘g‘risida buxgalteriyaga buyruq beradi. Kredit berish to‘g‘risida qaror
qabul qilinishi bilan qarz oluvchiga kredit kartochkasi ochiladi, kredit
shu kartochka bo‘yicha nazorat qilib boriladi.
Qurilish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilishga berilgan
kreditlar hisobiga moliyalash faqat barcha zarur loyiha-smeta hujjatlari
va boshqa hujjatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq bankka taqdim
etilgandan keyingina ochiladi.
[212].
Kreditlar alohida ssuda raqami ochish va qarz oluvchining
tovar-moddiy boyliklar uchun to‘lov topshiriqnomasi ushbu hisob
raqamidan naqd pulsiz to‘lash yo‘li bilan beriladi. Kredit xodimining
farmoyishiga binoan alohida ssuda hisob raqamlari bo‘yicha berilgan
kreditlar muddatli majburiyatlar bilan rasmiylashtiriladi, ular, kredit
berish muddatlariga ko‘ra, kredit to‘liq qaytarilgungacha ko‘zda
335
tutilmagan holatlar hisob raqamlarida hisobga olib boriladi. Kreditni
qaytarish muddatlari jadval holida taqdim etilishi mumkin, u kreditning
pul oqimlari tushishi istiqbollariga ko‘ra bir necha bosqichda
qaytarilishini nazarda tutadi.
Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchida pul bo‘lmaganda
kredit muddati o‘tgan ssudalar hisob raqami orqali undiriladi, uning
bo‘yicha muddatli majburiyatlari esa 2-kartotekaga joylashtiriladi va
kalendar bo‘yicha navbatli tartibda to‘lanadi. Bunda foizlar kredit
qarzidan oldin to‘lanadi.
Mikrofirmalarga, kichik va o‘rta korxonalarga, dehqon va fermer
xo‘jaliklariga berilgan kreditlar, kredit berish muddatiga ko‘ra, tijorat
bankining tegishli balans hisob raqamlarida O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan tijorat banklari hisob raqamlari
rejasiga muvofiq hisobga olinadi. Tijorat banklari kreditdan foydalanish-
ning butun muddati davomida doimiy monitoring olib boradi. Monito-
ring qarz oluvchining buyurtmanomasini va kredit shartnomasi shartla-
rini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishga yo‘naltirilishi
kerak.
Monitoring jarayonida mijozning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati, uning
tuzilgan shartnomalarga (buyurtmanomalarga) muvofiq mahsulot
yetkazib berish majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish, noishlab chi-
qarish xarajatlari va yo‘qotishlar, muomala chiqimlari, foyda hajmlari,
o‘z aylanma mablag‘lari mavjud bo‘lishi dinamikasi, tovar-moddiy boy-
liklar zaxiralarining ahvoli, aylanma mablag‘larning muomalada bo‘lishi
tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kredit ishidagi ko‘rsatkichlarni
turkumlagan holda, kreditga qodirlik bo‘yicha doimiy monitoringni
amalga oshiradi.
Bankka berilgan garovning holati, kreditdan kredit shartnomasida
qayd etilgan shartlarda samarali va maqsadli foydalanilishi o‘rganiladi.
Bank qurilishni mablag‘ bilan ta’minlashga berilgan kreditlar bo‘yicha
monitoring jarayonida kreditlangan obyektda kredit shartnomasida qayd
etilgan muddat va shartlarda bajarilgan ishlar hajmini nazorat tartibida
o‘lchab chiqadi.
Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanmaganlik holati aniqlangan
taqdirda bank kreditning belgilangan maqsadda foydalanilmagan qismini
kredit shartnomasida belgilangan tartibda qarz oluvchining talab qilib
olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirish huquqiga
ega. Qarz oluvchi asosiy qarzni va qarz bo‘yicha foizlarni kredit
336
shartnomasida qayd etilgan muddatda to‘lamagan taqdirda bank, sudga
murojaat qilmasdan, o‘z talablarini qo‘yilgan mol-mulk hisobidan
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 280-moddasining ikkinchi
qismiga muvofiq qondirishga haqlidir.
Tavakkalchiliklarning yo‘l qo‘yiladigan darajalarini aniqlash
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining «Tijorat banklari
sarmoyasi adekvatliligiga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida»gi Nizomiga
muvofiq amalga oshiriladi. Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan beriladigan kreditlar bo‘yicha mumkin bo‘lgan
yo‘qotishlarga zaxiralarni shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi
Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Aktivlar sifatini tasniflash, ular
bo‘yicha mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni qoplash uchun tijorat banklari
tomonidan yaratiladigan zaxiralarni shakllantirish va ulardan
foydalanish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |