345
Mijoz kapitalini
baholashda quyidagi ikkita mezonga e’tibor
beriladi:
ustav fondining minimal darajasiga (aksionerlik kapitaliga)
nisbatan qo‘yiladigan talabga mijoz kapitalining javob bera olishi, uning
yetarliligi va moliyaviy leveraj koeffitsiyentlari darajalari;
kreditlanayotgan operatsiyaga o‘z kapitalini qo‘yish darajasi. Bu
ko‘rsatkich bank bilan qarz oluvchi o‘rtasida riskning taqsimoti
to‘g‘risida dalolat beradi.
O‘z kapital qanchalik ko‘p qo‘yilsa, shunchalik qarz oluvchini
kredit riski omillarini sinchkovlik bilan kuzatishga majbur etadi.
Kreditning ta’minlanganligi
deganda qarz oluvchi aktivining
qiymati va qarzni uzish bo‘yicha aniq ikkilamchi manbalar (garov,
kafolat, sug‘urta kabilar)ning kredit shartnomasida o‘z aksini topganini
tushunamiz. Agar aktiv qiymati va qarz majburiyatlarining nisbati qarz
oluvchi bankrot bo‘lganligi to‘g‘risida xabar qilgan holda bank ssudasini
uzish uchun ahamiyatli bo‘lsa, aniq ikkilamchi manbalarning sifati esa
moliyaviy tanglik holatida mijozning o‘z majburiyatlarini bajarish
kafolatini ta’minlaydi. Garov sifati, kafolatning puxtaligi, sug‘urta ham
bank mijozlari va pul oqimi kamayib ketganda, bank balansida likvidlik
muammosi tug‘ilganda yoki kapitalning taqchilligi sezilgan hollarda o‘ta
muhimdir.
Kredit operatsiyasini bajarish chog‘idagi sharoitlarga
mamlakatdagi va uning mintaqalaridagi, shuningdek, tarmoqdagi
iqtisodiy holat va siyosiy omillar kiradi. Bu sharoitlar bankning tashqi
riski darajasini belgilaydi. Aynan shularga asoslanib pul oqimi,
balansning likvidligi, kapitalning yetarlilik darajasi, qarz oluvchining
menejerlik mahorati kabilarga baho beriladi.
Nihoyat, mijozning kreditga layoqatliligini belgilovchi so‘nggi
mezoni, ya’ni
Dostları ilə paylaş: