346
Qayd etilgan mezonlar mijozning kreditga layoqatliligi va uning
mohiyatini baholash usullarini aniqlashga yordam beradi. Bunday
usullar qatoriga quyidagilar kiradi:
riskni baholash;
menejmentni baholash;
moliyaviy koeffitsiyentlar asosida mijozning moliyaviy barqa-
rorlik darajasini baholash;
pul oqimini tahlil qilish;
mijoz to‘g‘risida ma’lumotlar yig‘ish;
mijozning ish faoliyatini kuzatish va h.k.
Garchi baholash usullari va mezonlar yagona tarzda qo‘llanilsa-da,
yuridik va jismoniy shaxslarning kreditga layoqatliligini tahlil qilishda
ularning kichik, o‘rta va yirik ekanliklariga alohida e’tibor beriladi.
Shunga binoan u yoki bu usullarni kompleks holda qo‘llash zaruriyati
tug‘iladi.
[215].
Jahon va mamlakatimiz bank amaliyotida mijozning kreditga
layoqatliligini baholashda bir qator moliyaviy koeffitsiyentlar qo‘llani-
ladi. U yoki bu koeffitsiyentni qo‘llash mazkur bank mijozlarining fe’l-
atvori, moliyaviy tanglikka duch kelishidagi ehtimollik darajasi, bank-
ning kredit siyosati kabilarga bog‘liq. Shu nuqtayi nazardan barcha
moliyaviy koeffitsiyentlarni quyidagi besh guruhga bo‘lish mumkin:
I. Likvidlik koeffitsiyentlari;
II. Samaradorlik yoki aylanuvchanlik koeffitsiyentlari;
III. Moliyaviy leveraj koeffitsiyentlari;
IV. Rentabellik(foydalilik) koeffitsiyentlari;
V. Qarzni qoplashni tavsiflovchi koeffitsiyentlari.
Bu koeffitsiyentlar o‘z navbatida bir qator xususiy ko‘rsatkichlar
bilan tavsiflanadi (43-jadval).
43-jadval
Dostları ilə paylaş: