322
Mijozning kredit olishdan maqsadi aniq bo‘lishi va dalillar asosida
isbotlab berilishi hamda kredit mutaxassisi bu isbotlarning haqqoniyligi,
bankning kredit siyosatiga mos kelishi va mijozning kreditni qaytarib
berish niyati qat’iy ekanligiga ishonch hosil qilishi kerak. Bu maqsadda
tajribali kredit mutaxassislari talabnomani o‘zlari to‘ldirishga harakat
qiladilar va bu orqali mijoz og‘zaki muloqotda bo‘lib, savollar orqali
uning xususiyati, haqiqiy niyati va samimiyligini aniqlab oladilar. Agar
mijoz avval iste’mol kreditidan foydalanmagan bo‘lsa, ikkinchi bir
shaxs kafil sifatida jalb qilinadi va bu bilan bank berayotgan kreditning
qaytarilishi kafolatlanadi. Chunki mijoz o‘zi uchun kafillik bergan
shaxsni noqulay ahvolga qo‘ymaslik uchun qo‘lidan kelgan hamma im-
koniyatlardan foydalanib, kreditni to‘liq va o‘z vaqtida qaytarishga
harakat qiladi.
2.
Mijozning daromadi darajasi va barqarorligini
aniqlash kredit
mutaxassisi uchun muhimdir. Bunda u mijozdan barcha to‘lovlardan
keyin qoladigan sof oylik ish haqi to‘g‘risida ma’lumot talab qiladi,
mijozni ish bilan ta’minlovchilarga murojaat qilib, firmaning ishlash
muddati, manzilgohi va sug‘urta kafolati haqida so‘rab-surishtiradi.
3.
Mijozning depozit hisobvarag‘idagi o‘rtacha kunlik qoldiq
miqdori
ham uning talabnomasini baholash uchun muhimdir. Ba’zi
banklar kreditning qaytmaslik ehtimolini sezishlari bilan, mijozni o‘n
kun oldin ogohlantirgan holda, uning depozit hisobvarag‘i bo‘yicha
xizmat ko‘rsatuvchi bankka murojaat qilib, depozit hisobvarag‘idagi
mablag‘ni ssuda hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risida talab qiladilar.
Dostları ilə paylaş: