321
Shaxsning kafil nomidan (kafolatchi) kafolat to‘g‘risidagi shart-
nomani (majburiyatni) imzolash huquqini tasdiqlovchi hujjat.
Agar kredit ko‘chmas mulkni qurish, ta’mirlash va tiklashni moliya-
lash maqsadida berilgan bo‘lsa, bank kredit yig‘ma jildiga smeta hujjat-
larini, shuningdek, bank tomonidan tayyorlangan tekshirish to‘g‘risidagi
hisobotni yoki kredit berilgan ishlar bajarilganligini tasdiqlovchi qabul
qilib olish to‘g‘risidagi dalolatnomani kiritish lozim.
[201].
Kreditlash jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
1.
Mijoz kredit olish uchun bankka ariza beradi.
2.
Bankning kredit bo‘limi mutaxassisi mijoz bilan suhbat o‘tkazib,
kreditni olishdan maqsad va muddatini aniqlaydi.
3.
Mijozning moliyaviy ahvoli tahlil qilinadi.
4.
Kredit mutaxassisi o‘z xulosasi va tavsiyasini bankning kredit
qo‘mitasiga taqdim qiladi.
5.
Kredit qo‘mitasi kredit berish yoki bermaslik to‘g‘risida xulosa
chiqaradi.
6.
Mijozning garov sifatida taklif qilayotgan mulki har tomonlama
o‘rganilib, tahlil qilinadi.
7.
Kredit shartnomasi tuziladi va kredit beriladi.
8.
Kreditning qaytarilishi muntazam ravishda tekshiriladi.
9.
Kredit to‘liq qaytarilgandan so‘ng, mazkur «Kredit ishi»
yopiladi.
Kredit olish uchun bankka ariza bergan mijozning moliyaviy ahvo-
lini tahlil qilish, xulosa chiqarish va kredit berish bilan shug‘ullanuvchi
bo‘lim kredit boshqarmasi yoki bo‘limi deyiladi. Bu boshqarma mijoz
arizasini baholashda uchta eng muhim savolga javob olishi lozim:
1.
Mijoz kredit olish qobiliyatiga egami (layoqatlimi)? Nima uchun
siz shunday xulosaga keldingiz?
2.
Bank va omonatchilar xuquqini himoya qiluvchi va qarz oluv-
chiga yuqori sifatli kredit xizmati ko‘rsatishni ta’minlovchi kredit shart-
nomasi to‘g‘ri tuzilgan va kerakli hujjatlar bilan tasdiqlanganmi?
3.
Kreditni to‘liq qaytara olmaslik ehtimoli paydo bo‘lganda, bank
mijozning garov mulkini tez, xarajatsiz va xatarsiz sota oladimi?
Dostları ilə paylaş: