319
lashtiradi, so‘ngra u ilova qilingan hujjatlar bilan birga ko‘rib chiqish
uchun kredit qo‘mitasiga yuboriladi. Kredit qo‘mitasi o‘z vakolatlaridan
kelib chiqib, uch kun mobaynida tegishli qaror qabul qiladi.
Kredit qo‘mitasining ijobiy qaroridan keyin kredit shartnomasi
tuziladi. Unda quyidagilar ko‘zda tutiladi:
kredit maqsadi va summasi;
kreditni berish tartibi va shakli, kredit liniyasi miqdori va
haqiqatdagi qarzidan kelib chiqib belgilangan uzish muddatlari;
foiz stavkalari miqdori, ularni hisoblab yozish va to‘lash tartibi;
kreditni berish uchun zarur ma’lumotlar, hisob-kitoblar va boshqa
hujjatlarning ro‘yxati va ularning davriyligi;
buxgalteriya va ombor hisobi, kreditdan maqsadli foydalanish,
qaytarish ta’minlanishi holatini joyning o‘zida har chorakda tekshirish
va boshqa masalalar.
[199].
Tashkilotga kredit berish alohida hisobvarag‘idan «kredit
liniyasini ochib» yoki «kredit liniyasini ochmasdan» amalga oshirilishi
mumkin.
«Ochiq kredit liniyasi» bilan ssuda berish bankning kafolat maj-
buriyati bilan rasmiylashtiriladi. Bu bilan bank o‘z zimmasiga, o‘zining
bog‘lanish hisobvarag‘i holatidan qat’iy nazar, kredit shartnomasi bilan
belgilangan kredit miqdori, kredit berish muddati va limiti doirasida
korxona yoki tashkilotga kreditni to‘siqsiz berish kafolatlangan maj-
buriyat oladi.
Bankning kafolat majburiyati ikki nusxada tuziladi, ularning bittasi
kredit xodimi farmoyishiga binoan balansdan tashqari 9925
–
hisobvaraqda hisobga olish uchun buxgalteriyaga beriladi, ikkinchisi
mijozning yig‘majildida saqlanadi.
«Ochiq kredit liniyasi» bilan kreditga ega bo‘lgan ehtiyoj:
kreditdan foydalanish va uni uzish davriyligi;
moddiy boyliklarni yetkazib berish to‘g‘risida mol yetkazib
beruvchilar va xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalar tahlili asosida
belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: