Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə198/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   354
Bank iwi

5.3. Kredit shakllari 
[188].
Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o‘rtasida 
bevosita va bilvosita bo‘lishi mumkin. Birinchi holda ular to‘g‘ridan-
to‘g‘ri muomalaga kirishadi. Ikkinchi holda ular aloqasi vositachilar 
orqali yuz beradi. Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi subyektlar, 
kredit obyekti va maqsadini inobatga olgan holda kreditning quyidagi 
shakllari mavjud ( 41-jadval). 
41-jadval. 
Kreditning asosiy shakllari 

Kredit shakllari
Izoh 
1 Bank 
krediti 
Iqtisodiyotda juda keng tarqalgan kredit shakli 
bo‘lib, uning obyekti pul mablag‘larini bevosita 
ssudaga berish jarayoni hisoblanadi. Bunda qarz 
oluvchi sifatida huquqiy shaxslar, aholi, davlat, xorijiy 
davlat fuqarolari ishtirok etishlari mumkin. Qarz 
beruvchi sifatida esa faqatgina banklar qatnashadi. 

Davlat krediti
Kreditlash aholiga sotiladigan davlat zayomlari, 
obligatsiyalari bilan amalga oshiriladi. Shu bilan birga, 
davlat jismoniy yoki yuridik shaxslardan qarz oladi. 
Demak, davlat bir tomondan qarz beruvchi va ikkinchi 
tomondan qarz oluvchi sifatida ishtirok etadi. 

Tijorat krediti
Bu sotuvchilarning xaridorlarga tovar shaklida 
beradigan kreditidir. Bu kredit moliya va tovar krediti 
shaklida bo‘lishi mumkin. 
Moliya krediti eksportyorlarga ayrim kredit bitimlari 
bo‘yicha, importyorlarga sotib oladigan tovarlariga 
to‘lashi uchun pul qarzi ko‘rinishida beriladi. 


307
Tovar kreditida tovarlar nasiyaga beriladi, xaridor 
sotuvchiga o‘z qarzini tasdiqlovchi guvohnoma-veksel 
beradi. Nasiyaga berilgan tovar necha so‘m tursa, shu 
qarz miqdori hisoblanadi. 
Tovar krediti lizing shaklida ham bo‘lishi mumkin. 
Lizing shartnomalari bo‘yicha qimmat turadigan 
mashina va uskunalar qarzga (ijaraga) olib ishlatiladi. 
4 Iste’molchi 
krediti 
Tijorat banklari tadbirkorlik uchun firmalarga qarz 
bersa, iste’molchilarga tovar sotib olish uchun qarz 
beradi. Buning natijasida iste’molchi krediti paydo 
bo‘ladi. Bu kredit aholiga iste’mol tovarlari, 
xizmatlarni nasiyaga sotish, uy-joy xarajatlari uchun, 
lombardlardagi mulk garovi hisobiga, o‘zaro yordam 
qarzlari va boshqa ko‘rinishlarda qarz beriladi. Bu 
faqat iste’molni qondirishga xizmat qiladi.
5 Xalqaro 
kredit 
Bu muddatli, qaytimli va foiz to‘lash shartlari 
bilan bir mamlakatdagi kreditor tomonidan ikkinchi 
mamlakatdagi qarz oluvchiga pul yoki tovar shaklida 
beriladigan qarz, shuningdek, chet el obligatsiyalari, 
chet el korxonalarining aksiyalari va boshqa qimmatli 
qog‘ozlariga foyda olish maqsadlarida qo‘yiladigan 
kapital. 
6 Sudxo‘rlik 
krediti 
Bu kreditning o‘ziga xos shakli. Xorijda 
kreditning bu ko‘rinishi tarixan keng tarqalgan. 
Amalda bu kredit shakli Markaziy bank tomonidan 
tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxslar, 
shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan 
mablag‘larni vaqtincha foydalanish uchun berish yo‘li 
bilan amalga oshiriladi. 
Sudxo‘rlik krediti ssuda foizining yuqori stavkasi 
bilan tavsiflanadi (120-180%).

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin