356
RQM
– realizatsiya qilingan mahsulot qiymati;
AMK
– aylanma mablag‘larning o‘rtacha qoldig‘i.
Bu koeffitsiyentni hisoblash aylanma mablag‘larning
aylanishini
prognoz qilish va kreditlash muddatini aniqlash imkonini beradi. Bu
ko‘rsatkichning teskari qiymati korxona aylanma mablag‘larining bir
marta aylanishiga necha kun ketganligini ifodalaydi (K
mk
):
PKM
360
AMK
K
MK
⋅
=
Aylanma mablag‘larning aylanishiga kunlar soni qanchalik kam
bo‘lsa, shunchalik korxonaning foyda olishi,
binobarin, kreditni bankka
to‘lashi tez amalga oshadi.
[220].
Moliyaviy barqarorlik koeffitsiyenti (
K
mb
) mijozning o‘z
mablag‘lari bilan moliyalashtirish manbalari tarkibida necha foiz tashkil
qilishini ifodalaydi.
Boshqacha qilib aytganda, bu ko‘rsatkich korxona
faoliyatining qaysi bir qismi o‘z kapital hisobidan moliyalashtirilgan
degan savolga javob beradi va quyidagicha hisoblanadi:
100
BS
QK
K
⋅
=
mb
Bu yerda:
QK – korxonaning o‘z
kapitali;
BS – balans summasi.
O‘z mablag‘lari manbalari va uning miqdori qanchalik katta bo‘lsa,
mijozning qarz majburiyatlarini o‘z vaqtida to‘lash qobiliyati shuncha
yuqori bo‘ladi. Korxonani kreditlash uchun uning o‘z mablag‘lari
manbalari bilan ta’minlanganligi 30 foizdan kam bo‘lmasligi kerak.
Agar korxonaning asosiy vositalari va aylanmadan tashqari aktivlari
o‘z mablag‘lari manbalaridan yuqori bo‘lsa,
u holda korxona balansi
nolikvid ekanligini ko‘rsatadi. Nolikvid balansga ega bo‘lgan korxonalar
bank kreditlaridan foydalanish huquqiga ega emasdirlar.
[221].
Korxonalarning kreditga layoqatliligini baholashda yuqorida
qayd qilingan kreditga layoqatlilikni tavsiflovchi ko‘rsatkichlarni
quyidagi davrlar bo‘yicha
hisoblanishi, ya’ni hisob-kitob qilinishi lozim
(45-jadval).
Hisoblangan ko‘rsatkichlar me’yoriy talablar bilan taqqoslanadi va
korxonaning moliyaviy holatiga baho berilib
kredit berish mezonlari
belgilanadi. Kredit berish bo‘yicha mijozlar sinflarga ajratiladi (46-
jadval).
357
Jadvalda keltirilgan mezonlar bo‘yicha birinchi sinfga kiruvchi
mijozlar umumiy talablar asosida kreditlanishi mumkin. Lozim
bo‘lganda ularga ishonch kreditlari (ta’minlanganlik talab qilmasdan)
beriladi yoki boshqa yengilliklar berilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: