371
amaliy tavakkalchilikni baholash amalga oshiriladi.
Ammo kichik korxonalarda hisob-kitob holatining sustligi bank
tomonidan moliyaviy koeffitsiyentlarni hisoblash va pul oqimini tahlil
qilish usulini qiyinlashtiradi. Kichik korxonalarda aksariyat hollarda
litsenziyaga ega bo‘lgan buxgalterlar kam uchraydi. Bundan tashqari,
bankning bu mijozlarni audit qilish uchun sarflashi zarur bo‘lgan
xarajatlarga mablag‘ ajratish imkoniyati yo‘q. Shu sababli bu toifadagi
qarz oluvchilarni hisoboti auditorlik tasdig‘ini ololmaydi.
Bunday xususiyatlar kichik korxonalarning kreditga layoqatliligini
baholashda yuqoridagi an’anaviy baholash usullari (moliyaviy hisobot)
ga asoslanish emas, balki mazkur bank xodimlari tomonidan o‘z
mijozlari biznesini chuqur o‘rganishga asoslanadi. Bu esa bankning o‘z
mijozlari bilan doimiy uchrashib turishlarini, ularning korxonalari bilan
mustahkam aloqani o‘rnatishini taqozo etadi.
Kichik korxona rahbari bilan yakkama-yakka suhbat asosida uning
kreditga bo‘lgan ehtiyoji, maqsadi, manbayi va uning qaytarish muddati
aniqlab olinadi. Shu jarayonda mijoz kreditlanayotgan g‘amlamasining
muayyan muddatga borib kamayishini, kreditlanayotgan xarajatlar esa
sotiladigan mahsulot tannarxiga to‘la o‘tkazilishini isbotlay olishi lozim.
Kichik korxonalarning o‘ziga xos yana bir xususiyati shundaki, u
yerda rahbar va ularning a’zolari bitta oiladan yoki qarindosh-
urug‘lardan iborat bo‘ladi. Shu sababli bank kapitali bank egasining
shaxsiy kapitali bilan korxona kapitalidan shakllanadi. Bu xususiyat
tufayli chet davlatlarda (xususan, AQShda): qarzni uzish korxona egasi
tomonidan, aynan uning mablag‘i bilan kafolatlanadi. Bunda ham
mijozning kreditga layoqatliligini baholashda korxonaning moliyaviy
holati inobatga olinadi. Moliyaviy holat shaxsiy moliyaviy hisobot
asosida aniqlanadi.
Shaxsiy moliyaviy hisobot shakli jismoniy shaxsning aktiv va
passividan tashkil topadi. Bunda joylashtirilgan aktivlar va ta’minlangan
passivlar alohida ajratiladi.
Dostları ilə paylaş: