Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   354
Bank iwi

Ikkinchi bo‘limda: 
mijozning kasbi; 
uning qaysi ijtimoiy guruhga taalluqliligi; 
yillik sof ish haqi; 
yillik sarf-xarajatlari; 
ish staji kabi ma’lumotlar keltiriladi. 
Uchinchi bo‘limda: 
mijozning moliyaviy holati; 
mijozning joriy va omonat schyotlaridagi qoldiq; 
daromad va xarajatlarning nisbati to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
keltiriladi. 
Qayd qilingan ma’lumotlar asosida bank mijozga kredit berish yoki 
bermaslik haqida xulosa chiqaradi. Salbiy javob holatida bank agentligi 
mijozni o‘zining direksiyasiga ushbu masalani qo‘shimcha ko‘rib 
chiqish uchun yo‘llashi mumkin. 
AQShda jismoniy shaxsning kreditga layoqatliligiga baho berish 
uchun mijozning do‘konlardan kreditga tovar sotib olish bilan bog‘liq 
bo‘lgan tarixi o‘rganiladi. Bunda bank kredit olish uchun berilgan 
arizadagi: 
ismi, familiyasi; 
yashash joyi; 
ijtimoiy ta’minoti raqami kabilardan foydalanadi.
Aynan shu uchta parametr asosida banklardan kredit kartochkalarini 
chiqaruvchi tashkilotlar, to‘lovsizlik holatlari to‘g‘risida ma’lumotlarni 
yig‘ish mumkin. 
6.3.
 
Tayanch iboralar 
 
kreditga layoqatlilik 
likvidlik koeffitsiyenti 
aylanuvchanlik koeffitsiyenti 
moliyaviy leveraj koeffitsiyenti 
rentabellik koeffitsiyenti 
qarzni qoplash koeffitsiyenti 
«Pars» usuli 
pul oqimi 
amaliy risk 
risk mezonlari 
skoring tizimi 
likvid mablag‘lari 
 moliyaviy barqarorlik koeffitsiyentlari 
 
6.4.
 
Test topshiriqlari va masalalar 
 
1.
 
Mijozning kreditga layoqatliligi deganda: 
a) qarz oluvchining olgan qarzini to‘la va o‘z vaqtida qaytara olish 


374
qobiliyati tushuniladi; 
b) uning yuridik shaxs yoxud menejer sifatida o‘zini ko‘rsata olish, 
qarzni o‘z vaqtida qoplashdagi mas’uliyati, kreditni olishdan maqsad va 
uning bank-kredit siyosatiga mosligini aniq bilish kabilar tushuniladi; 
c) qarz oluvchi aktivining qiymati va qarz uzish bo‘yicha aniq 
ikkilamchi manbalar (garov, kafolat, sug‘urta kabilar) ning kredit 
shartnomasida o‘z aksini topgani tushuniladi; 
d) a + b. 
 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin