Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə243/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   354
Bank iwi

xo‘jalik 
shartnomasi 
hisoblanadi. Ushbu shartnomalarning 
asosiy maqsadi foyda olish bo‘lib, qonunchilikda 
shartnoma majburiyatlarini bajarmagani yoki lozim 
darajada ijro etmagani uchun qat’iy javobgarlik 
belgilangan. 
Xo‘jalik shartnomalari yuzasidan paydo bo‘lgan 
nizolar xo‘jalik sudlarida hal etiladi. 
 
7.2. Kredit va qarz shartnomalari 
 
[242].
O‘zbekiston Fuqarolar kodeksining 744-moddasida kredit 
shartnomasining mohiyati quyidagicha bayon etilgan: 
«Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf – bank yoki boshqa kredit 
tashkiloti (kredit beruvchi, kreditor) ikkinchi tarafga (kredit oluvchi) 
shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul 
mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini 
qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi». 
Yuridik hujjat sifatida kredit shartnomasi har ikkala tomon 
o‘rtasidagi munosabatni muvofiqlashtiradi. Unda quyidagilar o‘z aksini 


388
topadi: 
tomonlar nomi; 
shartnomaning amal qilish muddati; 
kredit kelishuvining predmeti va shartlari; 
tomonlarning huquqlari va majburiyatlari; 
majburiyatlarni bajarishning huquqiy kafolatlari. 
Bunday huquqiy kafolatlarga quyidagilarni qayd qilish mumkin: 
qarz oluvchining yuridik maqomi (shakli); 
kreditni qaytarishni ta’minlovchi usullar (garov, kafolat, 
homiylik, vasiylik va hokazo); 
u yoki bu tomonning o‘z majburiyatlarini bajarishdagi 
buzg‘unchiligi uchun belgilanadigan sanksiya; 
kredit shartnomasini buzilish hollari. 
Qarz oluvchining
yuridik maqomi: birinchidan, 
qarz oluvchining 
to‘lovga qobiliyatliligini, 
ikkinchidan, 
faoliyat natijalariga javob 
beruvchi mas’ul kishilar doirasini aniqlash uchun muhimdir: bu jihat 
bank mijozini bankrot deb e’lon qilingan holatda yanada dolzarb tus 
oladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   239   240   241   242   243   244   245   246   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin