qarz
majburiyati
imzolanadi. Qarz majburiyatida kreditga o‘rnatilgan foiz
miqdori va kreditni qoplash muddati ko‘rsatiladi. Qarz majburiyati bilan
birga yirik firma va kompaniyalar ko‘chmas mulkni garovga qo‘yish
sharti bilan kredit shartnomasini imzolaydilar va bank bu shartnomaga
asosan kelishilgan kredit hajmi miqdorida o‘rnatilgan muddat ichida
mijozga kredit berish majburiyatini oladi.
Beriladigan kreditlar ta’minlangan yoki ta’minlanmagan (ishonchga
asosan) bo‘ladi.
Ta’minlangan kreditlar mijoz mulkini garovga olish orqali
beriladi. Garov tariqasida ko‘chmas mulk, avtomobil, qimmatli
qog‘ozlar va boshqa likvid boyliklar berilishi mumkin.
390
Ishonchga tayanib beriladigan kreditlarga garov olinmaydi.
Bunda asosan mijozning obro‘-e’tibori, daromadlari darajasining
yuqoriligi asosiy omil hisoblanadi.
Ko‘pgina kredit shartnomalarida banklar mijozlariga cheklanishlar
belgilaydilar. Bu cheklanishlar ikki xil bo‘ladi:
Tasdiqlangan cheklanishlar
mijozlardan, kelishilganiga ko‘ra,
vaqti-vaqti bilan moliyaviy hisobotlarni bankka taqdim qilish, har
qanday ta’minotni sug‘urtalash, likvidlilik va kapitalning yetarlilik
darajalarini saqlab turishni talab qiladi.
Taqiqlangan cheklanishlarga
asosan mijozlar bankning ruxsatisiz
boshqa moliyaviy faoliyatlarni amalga oshirmasliklari, qarz hajmini
orttirmasliklari, aktivlarini sotmasliklari, o‘zlarining aksiyadorlariga
yuqori darajada dividendlar to‘lamasliklari lozim va boshqalar.
Mijoz kredit arizasidagi ma’lumotlarning barchasini kafolatlashi
lozim. Kredit shartnomasiga asosan mijozga kafillik bera oladigan
tashkilot, firma yoki jismoniy shaxsning nomi, mijoz tang ahvolda
qolganda uning qarzini to‘lashga kafolat berishi to‘g‘risida to‘liq
ma’lumot bo‘lishi kerak.
Kredit shartnomasida «Kredit shartnomasini bajarmaslik hollari»
bo‘limi bo‘lib, mijoz shartnomani buzgan hollarda bank kreditni
qaytarib olish uchun qanday huquq va vakolatlarga ega ekanligi yoritib
beriladi. Bu bo‘limda shartnoma bajarilmagan hollarida kreditni
qaytarib olish maqsadida ijro organlariga murojaat qilingan vaqtdagi sud
va advokatlarga to‘laydigan barcha sarf-xarajatlar va chiqimlarni kim
to‘lashi ko‘rsatiladi.
[245].
Qarz shartnomasi deb shunday shartnomaga aytiladiki, bunga
asosan bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul
yoki unga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib
beradi. Qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib,
o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati
va miqdoriga barobar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish
majburiyatini oladi (FK, 732-modda).
Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab
tuzilgan hisoblanadi. Agar qarz summasi eng kam ish haqining o‘n
barobaridan ortiq bo‘lsa, u holda fuqarolar o‘rtasidagi qarz shartnomasi
oddiy yozma shaklda tuziladi. Shartnomadagi taraflardan biri yuridik
shaxs bo‘lganida esa summasidan qat’iy nazar yozma shaklda tuzilishi
shart.
391
Qarz shartnomasining oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik uning
haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo chiqqan taqdirda taraflarni
bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning
ko‘rsatmalari bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi.
Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan
muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini
tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud bo‘lsa, qarz shartnomasi yozma
shaklda tuzilgan hisoblanadi.
[246].
Qarz shartnomasining huquqiy belgilari quyidagilardan
iborat:
Bu shartnoma real shartnoma sanaladi, chunki taraflar o‘rtasida
huquq va burchlar shartnoma predmeti bo‘lgan pul yoki ashyoning
topshirilishi paytidan e’tiboran vujudga keladi va shartnoma ham shu
paytdan e’tiboran tuzilgan hisoblanadi.
Qarz bir tomonlama shartnomalar guruhiga kiradi, chunki bu
shartnoma yuzasidan bir taraf qarz beruvchi huquqlar olsa, ikkinchi
tarafda - qarzdorda burchlar bo‘ladi, jumladan, qarz beruvchi qarzning
qaytarilishini talab qilish huquqiga ega bo‘lsa, qarzdor olingan qarzini
qaytarishga majbur bo‘ladi (FK, 735-modda).
Qarz shartnomasi fuqarolar o‘rtasida agar bu qarzning summasi
eng kam ish haqining o‘n baravaridan ortiq bo‘lsa, oddiy yozma shaklda
tuzilishi, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lganida esa,
qarz summasidan qat’iy nazar, yozma shaklda tuzilishi shart (FK, 733-
modda).
Qarz mulkka nisbatan bo‘lgan egalik huquqini yoki mulkni
operativ boshqaruv huquqini o‘tkazishga qaratilgan. Binobarin, qarzdor
qarzga olingan narsaning aynan o‘zini qaytarmasdan, balki olgan pulni
yoki o‘sha qarzga olingan narsaning xili, sifati va miqdori baravarida
boshqa narsani qaytarishga majbur bo‘ladi.
Qarz shartnomasi agar qonunda yoki qarz shartnomasida bosh-
qacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, qarz beruvchi (yuridik shaxs yoki
fuqaro) qarz oluvchidan qarz summasiga shartnomada belgilangan
miqdorda va tartibda foizlar olish huquqiga ega bo‘ladi.
Qarz shartnomasini bajarish muddatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak,
agar qarz summasini qaytarish muddati shartnomada belgilangan
bo‘lmasa, qarz oluvchi uni qarz beruvchi qarzni qaytarish haqida talab
qo‘ygan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida qaytarishi kerak.
[247].
Qarz va kredit shartnomalari o‘rtasidagi umumiylik bilan
392
birga jiddiy farqlar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: |