irregulyar saqlash
(pul, narsalarni tur
belgilari bo‘yicha saqlash) sifatida qarasalar, qolganlar uni
qarz
shartnomalari qismlarining majmuyi
deb hisoblaydilar.
Bank omonati shartnomasi real bo‘lib, omonatchi (boshqa shaxs)
bankka omonat puli summasini berayotgan vaqtda tuziladi. Omonatchi
bankdan faqat omonat puli summasini va u bo‘yicha foizlarini
393
qaytarishini talab qilish huquqiga ega bo‘ladi, o‘z sherigi oldida hech
qanday majburiyat olmaydi. Bank omonat puli summasini va u bo‘yicha
foizlarni to‘lashi shart.
Shunday qilib, bank omonati shartnomasi bir tomonlama va haq
evaziga tuziladigan mustaqil shartnoma bo‘lib, uning ildizlari qarz
shartnomasiga borib taqaladi. U bank (qarzdor) bilan omonatchi
(kreditor) o‘rtasidagi kredit munosabatlarini rasmiylashtiradi. Fuqaro
bilan tuziladigan bank omonati shartnomasi ommaviy shartnoma
hisoblanadi.
Demak, yuzaga kelgan munosabatlarga FKning 358-moddasida
bunday shartnomalar to‘g‘risida ko‘zda tutilgan umumiy qoidalar,
xususan, xizmat ko‘rsatuvchining shartnoma tuzishdan bosh tortishi
taqiqlanishi, bir shaxsning boshqa shaxsga nisbatan afzal ko‘rishini
istisno etilishi, O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan tomonlar
uchun majburiy bo‘lgan qoidalarning chiqarilishi mumkinligi kabilar
tatbiq etiladi.
[249].
Naqd pulsiz olib boriladigan hisob-kitob va kredit
operatsiyalarini tashkil etish va amalga oshirishning zaruriy vositasi
bank hisobvarag‘ining alohida shartnomasini tuzish vaqtida vujudga
keladi. Bank hisobvarag‘ini buxgalteriya hujjati deb ham qarash
mumkin, chunki unda muayyan shaxsga tegishli pul mablag‘lari va
moddiy boyliklar harakati aks ettiriladi.
Biroq o‘z shakliga ko‘ra, bu, avvalambor, shartnoma hisoblanadi.
Bunday hisobvaraqlar depozit, hisob-kitob, joriy valuta, kapital
qo‘yilmalarni moliyalash hisobvaraqlari bo‘lishi mumkin, ular hisob-
kitob operatsiyalari uchun mo‘ljallangan. Ularni ochish uchun hamma
vaqt bank hisobvarag‘i shartnomasi tuziladi. Ayni ular FKning 44-bobi
qoidalari bilan tartibga solinadi.
Fuqarolik kodeksida bank hisobvarag‘i shartnomasiga mustaqil
shartnoma sifatida qaraladi. Uning 771-moddasida bu shartnomaga
shunday ta’rif berilgan:
«Bank hisobvarag‘i shartnomasi bo‘yicha bir taraf – bank yoki
boshqa kredit muassasasi (bank) ikkinchi tarafning-mijozning
(hisobvaraq egasining) hisobvarag‘iga tushayotgan pul mablag‘larini
qabul qilish va kiritib qo‘yish, mijozning hisobvaraqdan tegishli
summalarini o‘tkazish va to‘lash hamda hisobvaraq bo‘yicha boshqa
operatsiyalarni amalga oshirish haqidagi farmoyishlarini bajarish
majburiyatlarini oladi».
394
Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, bank hisobvarag‘i shartnomasi
Dostları ilə paylaş: |