Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə248/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   354
Bank iwi

konsensual
shartnoma ekan, chunki u hisobvaraq ochilayotgan vaqtda 
uning egasi hisobvaraqqa mablag‘ qo‘yish-qo‘ymasligiga bog‘liq emas. 
Agar tomonlar shartnomaning barcha mavjud shartlari bo‘yicha kelishib 
olishga erishsalar, shartnoma tuzilgan hisoblanadi. 
Bank hisobvarag‘i shartnomasi uning qatnashchilari, huquq hamda 
majburiyatlarga ham ega bo‘lganligi tufayli ikki taraflama shartnoma 
hisoblanadi. Bu agar tomonlar kelishuvida boshqacha tartib o‘rnatilgan 
bo‘lmasa, to‘lovli shartnomadir (FK, 781-modda). 
Bankda mijozning hisobvaraqdagi mablag‘laridan o‘z maqsadlarida 
foydalanish huquqi bo‘ladi, bunda u mijozga ushbu mablag‘lardan hech 
qanday to‘siqsiz tasarruf etish huquqini kafolatlaydi. Bank mijozning 
pul majburiyatlaridan foydalangani uchun unga shartnomada 
belgilangan miqdorda foizlar (mukofot puli) to‘laydi. 
Bank omonati shartnomasida to‘lanadigan foizlar miqdori haqida 
shart bo‘lmagan taqdirda, bank talab qilib olinguncha saqlanadigan 
omonatlarga to‘lanadigan miqdorda foizlar to‘lashi shart (FK, 763-734 
moddalar). Mukofot summasidan (odatdagi hisobvaraqda) foizlar 
mijozning hisobvarag‘iga har chorakda kiritiladi. Mijoz bankning 
hisobvaraqda turgan pul mablag‘lari bilan operatsiya qilish bo‘yicha 
xizmatlariga bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tutilgan shartlar 
asosida haq to‘lashi shart. Bu haq bank tomonidan har oyning oxirida 
mijozning hisobvarag‘idagi mablag‘lar hisobidan undirib olinadi (FK, 
780-modda). Bunda bankning mijozga va mijozning bankka o‘zaro 
muqobil talablari yuzaga kelishi mumkin, ular bir-birlarining talablarini 
hisobga olish yo‘li bilan bank tomonidan bekor qilinadi (FK, 782-
modda). 
Bank hisobvarag‘i shartnomasining o‘ziga xosligi shundaki, na 
bank, na yuridik shaxs - mijoz uni tuzishdan bosh tortishga haqli emas. 
Mazkur holda mijozning majburiyati yuridik shaxslarning hisob-
kitoblarni naqd pulsiz tartibda amalga oshirish to‘g‘risidagi qoidalardan 
kelib chiqadi. Bankning shartnoma tuzish majburiyati uning qonunda 
ko‘zda tutilgan subyektiv xususiyatlaridan kelib chiqadi (FK, 775-
modda). 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   244   245   246   247   248   249   250   251   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin