Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə244/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   354
Bank iwi

Qarz oluvchining
majburiyati
:
 
mijozning kreditdan maqsadli 
foydalanish mas’uliyatiga, qarzni to‘la va o‘z vaqtida to‘lash 
majburiyatiga, bank nazoratini amalga oshirish uchun tegishli hujjatlarni 
taqdim etish shartlariga rioya qilish uchun zarurdir. 
Kredit shartnomasi yozma shaklda tuziladi va tomonlar tomonidan 
imzolanadi. Unga korxona rahbari yoki shartnoma tuzishga vakolati bor 
shaxs imzo chekadi. Vakolat muddati uch yildan oshmagan bo‘lishi 
kerak. Basharti, vakolat berilganligi to‘g‘risidagi ishonchnoma qog‘ozida 
bu muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u holda bu vakolat ishonchnoma 
berilgan kundan bir yilgacha bo‘lgan vaqt ichida kuchga ega bo‘ladi. 
Shartnomaning huquqiy tomondan puxta bo‘lishi uchun uni tuzishda 
bank yuristlarini kengroq jalb qilish lozim. 
[243].
Yuridik maqomiga binoan kredit shartnomasi
– har 
ikkala tomon kelishuvi va uning bajarilishini ifodalovchi hujjatdir. 
Bunda bir tomondan bank kredit berishni o‘z zimmasiga olsa, ikkinchi 
tomondan mijoz uni o‘z vaqtida qaytarish majburiyatini oladi. Kredit 
shartnomasining o‘ziga xos xususiyati shundaki, bu yerda bank kredit 
operatsiyalarini bajarishda mijozning ishonchliligiga, unga bo‘lgan 
ishonchga tayanadi. Kredit berish esa qarz oluvchining kreditga 
layoqatliligini va uni o‘z vaqtida qaytara olishini o‘rganishga 


389
asoslanadi. Shu sababli kredit shartnomasi bo‘yicha uchinchi shaxsga 
birinchi shaxs nomidan kredit olish huquqi berilmaydi. Bu tartib 
qonunchilikda o‘z aksini topmaganligi sababli uni shartnomadan albatta 
shartlarning biri qatorida muhrlab qo‘yish kerak. 
Shu bilan bir qatorda shartnomaga binoan birinchi shaxs 
zimmasidagi qarzni uchinchi kishi zimmasiga o‘tkazilishi mumkin (agar 
u birinchi mijoz zimmasidagi barcha qarz majburiyatlarini to‘lashni o‘z 
zimmasiga olsa). 
Kredit shartnomasining yana bir xususiyati shundaki, garchi 
shartnomada yuridik jihatdan tomonlarning rasmiy teng huquqligi qayd 
qilingan bo‘lsa-da, ammo bu yerda bank mavqeyining ustunligi saqlanib 
qoladi. Bu hol bankning o‘z manfaati nuqtayi nazardan mijozga o‘z 
tazyiqini namoyon qilishda, unga iqtisodiy samarasiz operatsiyalarni 
majburlab o‘tkazishida namoyon bo‘ladi. Masalan, kredit shartnomasida 
kredit berish sanasi pul mablag‘larini mijoz hisobvarag‘iga qayd 
qilingan kun sanasi emas, balki mijoz hisobvarag‘iga ssuda provodka 
qilingan sana yoki bankning korrespondent hisobvarag‘idan 
mablag‘larni hisobdan chiqargan sana hisoblanadi. 
[244].
Odatda kredit shartnomasining quyidagi bo‘limlari mavjud: 
mijozning qarz majburiyati; 
kredit berish to‘g‘risidagi bitim; 
ta’minlanganlik; 
cheklovchi shartlar; 
mijoz tomonidan beriladigan kafolatlar; 
kredit shartnomasini bajarmaslik hollari. 
Bank mijozga kredit berishga rozi bo‘lsa, ular o‘rtasida shartnoma 
tuziladi va imzolanadi. Birinchi bo‘lib, olinayotgan kredit hajmiga 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   240   241   242   243   244   245   246   247   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin