405
Risk insoniyat faoliyatining barcha bosqichlarida mavjud bo‘lgan
tarixiy va iqtisodiy kategoriyadir. Tovar-pul munosabatlarining rivojla-
nishi riskning iqtisodiy kategoriya sifatida yuzaga kelishiga va
subyektlar faoliyatida mustahkam o‘rnashib olishga zamin yaratadi. Shu
sababli risk hayotimizning har bir qadamida uchraydi desak xato bo‘l-
maydi. U xohlagan ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish sohasi bilan
yonma-yon turadi.
Masalan, bank faoliyatida risk bank foydasining ko‘payishi yoki
kamayishiga, bank resurs bazasining ko‘payishi yoki kamayishiga,
berilgan kreditlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlarning ko‘payishi yoki
kamayishiga, foizlarning to‘lanmasligi va boshqalarda o‘z aksini topishi
mumkin.
Demak, riskka borish uch xil natijaga olib kelishi mumkin: ijobiy
(foyda ko‘rish), salbiy (zarar ko‘rish) yoki o‘zgarishsiz natija.
[255].
Har qanday iqtisodiy faoliyat foyda olishga qaratilganidek
tijorat banklari faoliyatida ham ko‘zlangan maqsad – birinchi navbatda
foyda olishdir. Bu yerda ham foyda olish risk bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu
sababli tijorat banklari oldida turgan vazifa – bu risk va foydalilik
o‘rtasidagi optimal darajaga erishishdir. Ya’ni riskka hech bo‘lmasa six
ham, kabob ham kuymaslikka ishonch hosil qilgandagina borish kerak.
Bunga erishish uchun riskning turlari, ularning kelib chiqish sabablarini
bilmoq juda katta ahamiyatga ega (51-jadval).
Dostları ilə paylaş: