447
– ssuda ta’minotining mavjudligi;
– mablag‘larni jalb qilish sarflari;
– kreditni rasmiylashtirish va nazorat qilish xarajatlari;
– bankni rentabelli bo‘lishini ta’minlash zaruriyati;
– mijozning kreditga layoqatliligi kabilarni inobatga olgan holda
bank va mijoz kelishuvlari asosida amalga oshiriladi.
bankning passiv operatsiyalariga nisbatan foizning ahamiyati
oshib borishi kuchayadi, bo‘sh pul mablag‘larini omonatga qo‘yish
rag‘batlantirilib boriladi;
foizlarni o‘rnatish va undirish o‘zaro kelishuv bitimi asosida
amalga oshirilib, odatda har oy foiz o‘tkazib (to‘lab) turiladi;
kredit jamg‘armalarining yo‘nalishiga qarab foizlarni to‘lash
(o‘tkazish) turlicha bo‘lishi mumkin:
– aylanma mablag‘lari uchun berilgan kreditlar bo‘yicha to‘lovlar
mahsulot tannarxiga qo‘shiladi;
– asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa aylanma mablag‘lari
bo‘lmagan aktivlarni sotib olish uchun berilgan kreditlar bo‘yicha
xarajatlar korxona foydasiga qo‘shiladi.
Bank kreditlaridan foydalanganligi uchun to‘langan foiz xarajatlari
MB tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkalari doirasida
soliqqa tortiladigan bazani kamaytiradi. Ammo muddatdan o‘tgan
kreditlar foizi soliq bazasini kamaytirmaydi.
Foiz mexanizmidan foydalanish foizlar bo‘yicha daromad va
xarajatlarning bankning pirovard moddiy manfaatdorligi bilan bevosita
bog‘liqligida namoyon bo‘ladi.
[281].
Ssuda foizida foydalanish mexanizmidagi asosiy unsurlaridan
biri - bu ssuda foizi darajasini shakllanish usuli hisoblanadi. Bozor
munosabatlarining rivojlanish sharoitida, kredit to‘lovlarining
erkinligida, makroiqtisodiyot darajasida foiz uchun o‘rtacha foyda
me’yoriga erishish ustuvor vazifa hisoblanadi. Foizning o‘rtacha foyda
me’yoridan u yoki bu tomonga og‘ishiga bir qator omillar ta’sir qiladi.
Ularni ikki guruhga, ya’ni umumiy va xususiy omillarga bo‘lish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: