Birinchi guruhga:
bankka jalb qilingan bank va boshqa mijozlar
mablag‘lari bo‘yicha foiz to‘lovlari, zayomlar va depozitlar, shuningdek,
chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar majburiyatlari bo‘yicha foizlar kiradi.
Mavjud tasniflash tartibiga binoan
ikkinchi guruh
xarajatlariga
449
quyidagilar kiradi:
ma’muriy boshqaruv va ijtimoiy-maishiy xizmatlar uchun
qilingan sarflar
chet el valuta operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlar;
qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari bilan bog‘liq xarajatlar;
kassa, hisob raqamlari operatsiyalari, olingan grantlar bilan
bog‘liq xarajatlar;
boshqa operatsion xarajatlar, shu jumladan, texnikaga
ko‘rsatilgan qarov, axborotlashtirish xizmatlari, blankalarni tayyorlash,
ularni pochta-telegraf orqali jo‘natish, amortizatsiya, bino-inshootlar,
transport vositalarni saqlash bo‘yicha xarajatlar;
ijara to‘lovlari, nodir metallar bilan bog‘liq operatsiyalar
bo‘yicha xarajatlar, valuta, faktoring, lizing operatsiyalari bilan bog‘liq
xarajatlar va boshqalar;
jarima, penya va to‘langan qarzlar.
Ssuda kapitalining tannarxi amaliyotda aktiv operatsiyalar bo‘yicha
foiz darajasini aniqlash uchun asos hisoblanadi. Ssuda foizining yuqori
chegarasi bozor sharoitlari ta’siri ostida shakllanadi. Ssuda foizining
quyi chegarasi bankka jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha xarajatlar va
mazkur kredit muassasasi faoliyatini tashkil qilish bo‘yicha sarflar ta’siri
ostida shakllanadi. Bular esa, o‘z navbatida, kredit resurslarining
tarkibiy tuzilishi sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, mablag‘ uchun to‘lov
salmog‘ining oshishi foiz darajasining quyi darajasini ko‘taradi va
aksincha.
[282].
Foiz me’yorini hisoblashda tijorat banklari tomonidan
quyidagilarni inobatga olish nazarda tutiladi:
Tayanch foiz stavkasining darajasi. Bu ko‘rsatkich, odatda,
ta’minlangan ssudalar bo‘yicha kreditga layoqatli mijozlar uchun
o‘rnatiladi.
Har bir bitim (kelishuv) shartlarini hisobga olgan holda risk
uchun ajratilgan qo‘shimcha mablag‘.
Tayanch foiz stavkasi taxmin qilinayotgan ssuda kapitali tannarxi va
bo‘lajak davrda mo‘ljal qilingan rentabellik darajasiga asoslanib
aniqlanadi:
F
S
S
Т
fs
+
+
=
2
1
450
Bu yerda:
fs
Т
– tayanch foiz stavkasi;
1
S
– rejalashtirilayotgan davrda kredit resurslarining o‘rtacha real
bahosi;
2
S
– bank faoliyatini ta’minlash bo‘yicha rejalashtirilgan
xarajatlarning (R
x
) maqsadli joylashtirilishi kutilayotgan mablag‘lar
hajmi (K
mh
) ga bo‘lgan nisbati;
F
– bank ssuda operatsiyalarining rejalashtirilayotgan foydalilik
(rentabellik) darajasi.
Kredit resurslarining o‘rtacha real bahosi (
1
S
) quyidagicha
hisoblanadi:
∑
⋅
=
d
d
Р
S
i
1
Bu yerda:
i
Р
– bankka jalb qilinadigan har bir resursning real bahosi;
d
– har bir resursning salmog‘i;
∑
d
– bankka jalb qilingan jami (to‘lovli va to‘lovsiz) resurslar.
O‘z navbatida, har bir resursning o‘rtacha real bahosi (
i
Р
) mazkur
resurslarning bozordagi nominal bahosi va Markaziy bankka majburiy
zaxira qilinadigan deponent me’yoriga o‘zgartirish kiritish asosida
aniqlanadi:
100
1
⋅
−
=
m
f
i
Z
D
Р
Bu yerda:
D
f
– bank tomonidan zudlik bilan jalb etiladigan depozitlarning
o‘rtacha real bahosi;
Z
m
– depozit foizining o‘rtacha bozor darajasi.
Xuddi shu tartibda boshqa turdagi jalb qilinadigan resurslarning real
bahosi aniqlanadi.
Risk uchun qo‘shimcha quyidagi mezonlarga bog‘liq holda
tabaqalashadi:
mijozning kreditga layoqatliligi;
ssuda bo‘yicha ta’minotning mavjudligi va xarakteri;
berilayotgan kredit muddati;
bank bilan mijoz o‘rtasidagi o‘zaro munosabatning mustah-
kamligi;
451
foiz to‘lovlari usullari;
kreditlash muddatlariga rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: |