Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə297/354
tarix15.08.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#139457
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   354
Bank iwi

[290]. 
Nominal foiz stavkasi deganda kredit shartnomasida ko‘zda 
tutilgan foiz stavkalariga aytiladi. U 
bozor joriy stavkasi 
deb yuritiladi. 
Real foiz stavkasi esa – bu inflatsiya darajasini hisobga olgan holdagi 
stavkadir. Har ikkala stavka o‘rtasidagi bog‘lanishni J.Fisher 
quyidagicha ifodalagan: 
Real foiz stavkasi = Nominal foiz stavkasi – Inflatsiya darajasi 
Agar inflatsiyaning o‘sish sur’ati foiz stavkasidan yuqori bo‘lsa, u 
holda real foiz stavkasi salbiy ko‘rsatkichga aylanadi. 
[291]. 
Xorijiy mamlakatlar tajribasida kredit narxini belgilashning 
«qiymat plyus» va «narx bo‘yicha ustunlik» usullari mavjud. Kredit 
amaliyotida 
«qiymat plyus»
usulidan foydalanish keng tarqalgan bo‘lib, 
uning asosida berilayotgan kredit summasiga bankning kredit bilan 
bog‘liq xarajatlarini qoplash va uning foydasini ta’minlash darajasidagi 
foiz 
belgilanadi. Ushbu usulni qo‘llashda quyidagilar hisobga olinadi: 
qarz oluvchini kreditlash uchun jalb qilingan mablag‘larning 
bankka qanchaga tushishi; 
bankning kreditni rasmiylashtirish va qaytarilishini na-zorat 
qilish bilan bog‘liq operatsion xarajatlari; 
majburiyatlarni bajara olmaslik xatari uchun bankka to‘la-
nadigan marja; 
kreditdan olinishi kutilayotgan foyda. 
Qayd qilinganlarning barchasi kredit summasiga yillik foiz asosida 
aniqlanishi mumkin. «Qiymat plyus» usulining asosiy kamchiligi bank 
o‘z xarajatlarini hisobga olgani holda kredit bozoridagi raqobat va 
raqobatchilar narxini e’tiborga olmaydi. 
«Narx bo‘yicha ustunlik» usuli yordamida narxni belgilash dast-lab 
AQShda XX asrning “buyuk Depressiya” yillarida qo‘llanilgan. Uning 
zamirida kreditni qaytarish qobiliyati yuqori bo‘lgan qarz oluvchi uchun 
1
Spred
– bu narx, kurs va stavkalar orasidagi farq. 


457
qisqa muddatli kreditning eng minimal foiz stavkasini belgilash va shu 
bevosita stavkadan kelib chiqib, boshqalarga kredit narxini shakllantirish 
yotadi. Ushbu amaliyotni «praym-reyt» deb ham atashadi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin