1-bob. BANK ISHI – MUSTAQIL FAN 1.1. Bank ishi fanining predmeti va obyekti [1]. «Bank ishi» mustaqil fandir. Chunki u o‘zining mustaqil pred-
meti, obyekti va metodiga ega. U:
bank faoliyatining huquqiy asoslari;
banklarni tashkil etish va ularning faoliyatini tugatish tartibi;
bank faoliyatini tartibga solish;
banklarning huquq va majburiyatlari;
banklarga vasiylik qilish tartibi;
banklarning moliyaviy ahvoli;
bank operatsiyalarini amalga oshirish tartiblari;
pul tizimi hamda pul muomalasini tashkil etish qoidalari;
valutani tartibga solish va xalqaro rezervlarni boshqarish;
banklarni nazorat qilish;
banklarda hisob yuritish va hisobot;
bank menejmenti;
bankning rivojlanish tarixi kabi masalalarni o‘rganuvchi fandir.
Aynan shu jarayondagi munosabatlar «Bank ishi» fanining
predme- ti hisoblanadi. Bank va uning turli ko‘rinishlari «Bank ishi» fanining
o‘rganish
obyekti hisoblanadi (1-jadval).
[2]. Har qanday fan o‘z obyektini ma’lum usullarni qo‘llash yor-
damida o‘rganadi. Bank faoliyati, undagi sir-sinoatlarni ilmiy asosda
o‘rganish, tahlil qilishda «Bank ishi» fani quyidagi
usullardan foyda-
lanadi (2-jadval).
Ilmiy jihatdan asoslangan tahlil qayd qilingan usullarni chambar-
chas ravishda bog‘lab olib borilishini taqozo etadi.
[3]. «Bank» so‘zi italyancha
«Banca» so‘zidan olingan bo‘lib,
«stol» , aniqrog‘i
«pulli stol» degan ma’noni anglatadi. XII asrlarda Ge-
nuyada pul almashtiruvchilarni «
Bancherii» deb atashgan. Agar puldor-
lardan birortasi ishonchni oqlamasa va o‘z ishiga mas’uliyatsizlik qilsa,
u o‘tirgan stolni sindirib tashlashgan va uni