59
bajarish uchun mavjud bo‘lgan pul massasi, eng avvalo, bank sektori
tomonidan taklif qilinadigan pulga va pulga bo‘lgan talabga, ya’ni no-
bank sektorning o‘z ixtiyorida muayyan pul massasining bo‘lishiga
intilishi yoki talab qilib olinuvchi omonatlarga bog‘liq (11-chizma).
Ko‘rib turibmizki, pul massasi oddiy tushuncha emas va u umumiy
qabul qilingan tasavvurga mos kelmaydi. Odatda, kishilar pulni avvalo
naqd mablag‘ – qog‘oz kupyuralar va mayda chaqa tangalar deb hisoblash-
ga o‘rganishgan. Aslida esa naqd pullarning umumiy pul massasidagi
ulushi juda kam bo‘lib, korxonalar orasidagi, chakana savdodagi bitimlar-
ning asosiy qismi rivojlangan bozor iqtisodiyoti sharoitida bank hisobva-
raqlaridan foydalanish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Mamlakatda rivojlanish va pul muomalasi barqarorligi darajasi
bilan pul massasidagi naqd pul ulushini bir-biriga bevosita bog‘liq deb
hisoblash mumkin. Masalan, AQSh va boshqa rivojlangan mamla-
katlarda bu ko‘rsatkich «VISA» kabi ilg‘or tizimlar qanchalik keng
tarqalganiga qarab 5-10 foizdan oshmaydi. MDH davlatlarida va bizning
respublikamizda, xususan, bu ulush darajasi 30 foizdan oshib, pul tizi-
mini moslashuvchanlikdan mahrum etgan va xilma-xil suiiste’mol-
liklarga nisbatan ta’sirchan qilib qo‘ygan.
[45]
. Har bir pul tizimining asosiy tarkibiy qismlari tarixan shakl-
langan va tegishli mamlakatlarning qonun hujjatlarida rasmiy mustah-
kamlangan. Pul massasi tarkibi aktiv va passiv qismdan iborat (12-chiz-
ma).
Bulardan tashqari, pul massasi bevosita xarid yoki to‘lov vositasi
sifatida foydalanish mumkin bo‘lmagan tarkibiy qismlarni ham qamrab
oladi. Bularga:
– muddatli hisobvaraqlardagi, jamg‘arma omonatlardagi va tijorat
banklaridagi depozit sertifikatlar
Dostları ilə paylaş: